Sana: Mavzu: Alining kundaligi. D. Rajab Maqsad



Download 65,95 Kb.
bet2/2
Sana31.12.2021
Hajmi65,95 Kb.
#256655
1   2
Bog'liq
4 mavzu masal

Darsning borishi:

T/R

Bo’limlar

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O`tgan mavzuni mustahkamlash

5 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

15 daqiqa

4

Yangi mavzuni mustahkamlash

10 daqiqa

5

O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.

10 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

Jami

45 daqiqa


I Tashkiliy qism:

a) Salomlashish, davomotni aniqlash, tozalikni tekshirish.

b) Manaviyat daqiqasini o’tkazish Kun yangiligi.

d) ingliz tili daqiqasi ; window - oyna, down – pastga.


II O’tgan mavzuni mustahkamlash

1. Qurbon aka bolalarning urush to‘g‘risidagi savollariga nima uchun «so‘ramanglar» deb qo‘yadi?

2. Qurbon akaning Sarvi xola bilan yolg‘iz qolishganida yig‘lashining sababi nimada deb o‘ylaysiz?

III. Yangi mavzu bayoni:


Muallif haqida:

Dilshod Rajab 1964 yilning 7 dekabrida Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida ziyoli oilasida tugʻildi. 1982 yil Navoiy nomidagi 4-oʻrta maktabni oltin medal bilan bitirib, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika instituti (hozirgi universitet) ning oʻzbek tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirdi. 1983–1985 yillar harbiy xizmatda boʻlib qaytgach, tahsilni davom ettirdi. 1989 yil oliy dargoh tahsilini tugatib, oʻzi oʻqigan 4-oʻrta maktabda oʻqituvchi boʻlib ishladi. 1990–1993 yillar Nizomiy nomidagi TDPI aspiranturasida oʻqib, “80-yillar oʻzbek bolalar sheʼriyatida poetik mahoratning ayrim m asalalari” mavzusida nomzodlik ishini himoya qildi.



ALINING KUNDALIGI
Dilshod Rajab
Alining yosh bo‘lsa ham yaxshi odati bor. Har kuni taassurotlarini kundalik daftariga yozib boradi. Bugun u bobosi bilan Xotira maydoniga bordi. O‘rtada Motamsa- ro ona haykali, poyida Mangu olov yonmoqda. Bobosi

maydon ayvonidagi temir kitoblardan birini uzoq varaq- ladi. Bir sahifasiga barmog‘ini qo‘ydi. So‘ngra ko‘zoyna- gini taqib, bir nimani pichirlab o‘qidi. Yonidagi o‘rindiq- qa Alini ham o‘tqazib, duoga qo‘l ochdi.

Ali bobosini kuzatib, jim turardi. Bobosi birdan ma’yus tortib, chuqur xo‘rsindi. Ko‘zlarida yosh g‘iltilla- di. Keyin unga yuzlanib: «Urushdan mening otam bilan akam qaytib kelmadi», — dedi. Ali bu holdan g‘alati bo‘lib ketdi. Bobosi uning ahvolini sezib: «Yurt uchun janglarda qurbon bo‘lganlarni eslab, yodini e’zozlash biz tiriklarning burchimiz», — deb qo‘ydi.

Keyin bobo-nabira orqaga qaytishdi. Endi Mustaqillik maydoni boshlanib, chiroyli manzaralar, favvoralar kishi- ga xush kayfiyat bag‘ishlardi. Ayniqsa, Ezgulik arkasi- ga, ko‘kka intilayotgan oppoq laylaklarga qarab ikkovi- ning ham yuzida quvonch porladi.

Qanday yaxshi-ya, — dedi bobosi mamnun en- tikib. — Tinchligimiz, ozodligimiz ramzi bu. Tinchlikning qadriga yetish kerak.

Ular yaxshi kayfiyatda qaytishdi. O‘tgan-ketganlar bo- boga hurmat bilan salom berishdi. Hatto bir notanish yi- git ularni katta yo‘ldan o‘tkazib ham qo‘ydi. Avtobusda bir qiz: «Keling, bobojon», — deb joy bo‘shatdi. Ali ham bobosi kabi bu munosabatlardan juda xursand bo‘ldi.

Uyga kelishgach, bir shodliklariga o‘n shodlik qo‘shildi. Bugungi Xotira va Qadrlash kuni bayrami bi- lan boboni qutlash uchun qarindosh-urug‘lar kelishgan. Ular bir hovli bo‘lib o‘tirishgan ekan. Ko‘p o‘tmay, Ali o‘qiydigan maktabning ham bir guruh bolalari ustozlari boshchiligida sovg‘alar ko‘tarib kelishdi. Alilarning hovli- si to‘yxonaga aylandi go‘yo.

Insonlar bir-birini hurmat-e’zoz qilib, mehr ko‘rsat- sa, qanday soz bo‘larkan. Ali kechki payt odatiga ko‘ra kundaligiga bugungi xulosalarini yozib qo‘ydi: «O‘tmishni, o‘tganlarni xotirlash, tinchlikni, tiriklarni qadrlash kerak».



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

1. Alining bobosi Xotira maydonidagi temir kitoblarni varaq- lab turib, nima uchun xomush bo‘lib qoladi?

2. Alining bobosi oq laylaklarni nimaga o‘xshatadi?

3. Ali kundalik daftariga nima deb yozib qo‘ydi?



V. Darsga yakun yasash va o’quvchilarni baholash: Dars yakunida umumiy ballar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.

VI.Uyga vazifa berish. Ifodali o’qish va mazmunini so’zlash uyga vazifa qilib beriladi.
O‘TIBDO‘______ _________________
Download 65,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish