Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
Rim davlatida ta'limning qaysi turlari mavjud bo’lgan, nima-larni o’qitishgan?
Milodiy IV asrdagi Rim me'morchiliginlng xususiyatlarini ay-ting.
Milodiy IV asrda Rimdagi eng katta inshoot nomini ayting.
Rim Panteoni haqida nimalarni bilasiz?
Iso payg’ambar kim? Xristianlik haqida nimalarnl bilasiz?
Qadim zamonlarda rimliklar turmushi o`ta oddiyligi bilan alohida ajralib turgan. Rimlik zodagonlar bo`lmish patritsiylar bir qavatli oddiy uylarda yashardilar, xo`jalikda qullar ham unchalik ko`p emasdi. Milodiy I asrga kelib rimliklar turmushida keskin o`zgarishlar ro`y berdi. Badavlat kishilar yashaydigan tepaliklar bag`rida tomoshabog`lar va chorbog`lar ko`p, havo esa tep-tekis joylardagiga qaraganda sog`lomroq va tozaroq bo`lgan. Imperatorning yaqin kishilari muhtasham koshonalarga egalik qilar edilar. Badavlat bo`lmagan rimliklar tepaliklar o`rtasidagi tekis joylarda yashar edilar. Bu yerlarda ko`chalar tor va iflos bo`lgan: axlatni ham to`g`ri ko`chaga tashlashgan. Ustiga-ustak Rim aholisi soni ham muntazam ortib bordi, chunki Italiyaning to`rt tomonidan xonavayron bo`lgan dehqonlar poytaxtga ko`chib kelardilar. Ishi yurishgan kishi bir burchakni yoki xonani ijaraga olardi, sayoqlar va gadoylar zinapoyalar tagida, zax va nimqorong`i yerto`lalarda yoki ochiqdan ochiq shahar ko`chalarida tunar edilar. Rimlik qashshoqlar mehrini qozonishga intilgan imperatorlar poytaxt aholisi uchun "termlar" deb atalgan ko`rkam hammomlar qurdirgan edilar (yunoncha "issiq" so`zidan, "termos" so`zi ham shundan kelib chiqqan). Arzimas to`lov evaziga har bir rimlik termlarga tushish imkoniyatiga ega bo`lgan. Bu yerda suzish uchun basseynlar, boks, kurash, qilichbozlik koptok o`yini bilan shug`ullanish imkoniyati bo`lgan sport zallari mavjud edi. Yozuvni o`rganayotgan bolalar stil degan metall ruchka bilan harflarni mum qoplangan taxtachalarga qitirlatib o`yib yozardilar. Yozuvni o`rganganlaridan so`ngra xat yozish uchun Misr papirusidan foydalanib, suv va qurum aralashmasi bilan yozar edilar. O`qish, yozish va hisoblashni o`rganganidan keyin ko`pchilik ta'lim olishni yakunlar edi. Ayrimlar grammatikada (o`rta maktabda) tahsilni davom ettirgan.Tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya o`qitilardi. Yunon tilini o`rganishga alohida e'tibor qaratilgan, chunki fanning turli tarmoqlariga oid kitoblarning aksariyati yunon tilida yozilgan edi. Siyosiy arbob bo`lishni istagan har bir kishi notiqlik va ritorikani - chiroyli so`zlasni o`zlashtirgan. Me`morchilik va haykaltaroshlik. Rim imperiyasida qurilish ishlari ayniqsa taraqqiy etgandi. Amfiteatrlar, sirklar, teatrlar, ibodatxonalar, saroylar, triumfal arklar va ko`p qavatli uylar barpo etildi. Shaharni baland devorlar o`rab turardi. Rim me'morchiligi yunon me'morchiligidan imoratlar rang-barangligi va muhtashamligi bilan farqlangan. Milodiy I asrda Rim eng yirik va aholisi ko`p shahar edi. o`sha kezlarda hatto shunday bir maqol to`qilgandi: "Barcha yo`llar Rimga boradi". Minglab qullar o`rmonlar, tog`lar va botqoqlar orqali yo`llar o`tkazdilar. Yo`llar bilan bir qatorda Rim vodoprovod - suv quvurlari qoldiqlari ham hozirga qadar saqlanib qolgan. Vodoprovodlar nishablik asosida qurilgan bo`lib, tog`dagi buloqlardan suvning o`zi oqib kelar edi. Vodoprovod quvurlarini jarlar, daralar va vodiylardan o`tkazish uchun akveduklar - yuqori qismidan anhorlar o`tkazilgan ko`priklar qurilgan. Ulkan ko`priklarni butunlay toshdan qurish qimmatga tushar va uzoq davom etar edi. Rimliklar yangi qurilish materiali bo`lmish betonni ixtiro qilishadi. Quruvchilar g`ishtdan ikkita ingichka devor tiklashgan, ular o`rtasidagi bo`shliqni esa be`ton bilan to`ldirishgan. Qotganidan keyin u toshdan ham mustahkam bo`lib qolgan. Be`ton ishlatilishi rimliklarga tez va pishiq inshootlar qurishga imkon berdi. O`n minglab tomoshabinlarni sig`diradigan Amfiteatr Rimdagi eng katta inshoot bo`lgan. Bu yerda gladiatorlar olishuvi va harbiy kemalar jangi uyushtirilardi. Yer ostida chuqur bir joyda sahnani suvga to`ldirish imkonini beruvchi moslama qurilgan. Rimning eng katta amfiteatri bo`lmish Kolizey o`tmishdagi ulug`vorlik guvohi sifatida hozirgacha saqlangan. Beton ixtiro etilganidan keyin shiftlar gumbaz shaklida ustunlarsiz quriladigan bo`ldi. Rimdagi Panteon shu taxlitda qurilgan (yunonchadan "barcha xudolar ibodatxonasi" ma'nosini anglatadi). Rim imperiyasida yashayotgan har bir kishi Panteonga kelib o`zi e'tiqod qo`ygan xudoga sig`inish imkoniga ega bo`lgan: misrlik - Osirisga, yunon - Zevsga, rimlik - Yupiterga ibodat qilar edi. Buyuk g`alabalarni nishonlash uchun muhtasham triumfal arklar barpo etilgan. Xristianlikning vujudga kelishi. Ikki ming yil muqaddam Rim hokimiyati ostida bo`lgan Kichik Qsiyo va Falastin yerlarida Nazaret shahrida duradgor Iosif va rafiqasi Mariya xonadonida "Xudoning o`g`li" nomini olmish Iisus (Iso) tug`ilgani haqida rivoyatlar tarqala boshladi. 30 yoshida Iisus sahroda yashovchi voiz Cho`qintiruvchi Ioann qo`lida Iordan daryosida cho`qintiriladi. Yovuzlikni sodir etganlar Ioannga tavba qilish uchun kelishardi. Iisus Xristos begunoh bo`lsa-da, Yaratganga yo`l poklovchi tavba-tazarrudan boshlanishini ko`rsatib berish uchun cho`qinadi. O`n ikki nafar havoriylari bilan Falastin bo`ylab sayohat qilib, Xudo oyatlari haqida hikoya qilib beradi, turli mo`jizalar ko`rsatadi - o`liklarni tiriltiradi, yashashdan umidini uzgan tuzalmas xastalarni sog`aytiradi. Yahudiy ruhoniylari Iso payg`ambarni mavjud diniy haqiqatlarni buzib talqin etishda ayblab, uni o`lim jazosiga mahkum etadilar. Rim noyibi Pontiy Pilat bu hukmni tasdiqlashi shart edi. Avvaliga Pontiy Pilat bu ishni qilishdan bosh tortgan, ammo ruhoniylar tazyiqi ostida rozilik beradi. Iisusni Golgof tog`ida xochga tortadilar, bu yerda, rivoyatda aytilishicha, Yer yuzidagi ilk inson - Odam ato dafn etilgan.
V.Mustahkamlash
Rim davlatida ta'limning qaysi turlari mavjud bo’lgan, nima-larni o’qitishgan?
Milodiy IV asrdagi Rim me'morchiliginlng xususiyatlarini ay-ting.
Milodiy IV asrda Rimdagi eng katta inshoot nomini ayting.
Rim Panteoni haqida nimalarni bilasiz?
Iso payg’ambar kim? Xristianlik haqida nimalarnl bilasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |