Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
1.Italiyaga odamlar ko’chib kelib joylashishi qachon ro’y ber-gan? Uning aholisi qanday atalgan?
2."Italiya" so’zi qay tariqa vujudga kelgan? Bu so’z qanday ma'noni anglatadi?
3.Nega Ona bo’ri Rimning timsoli hisoblanadi?
4.Qadimgi Rimda boshqaruv qay tarzda amalga oshirilgan?
Apennin yarimorolida iqlim iliq bo`lib, yil bo`yi yomg`ir kam yog`ar edi. Yarimorolni to`liq egallagan Italiya mamlakatida qurg`oqchilik ham, qattiq sovuq ham bo`lmasdi. Yegulik mahsulotlar mo`l-ko`lligi va tuproq unumdorligi tufayli ko`p asrlar davomida Qadimgi Italiya aholisining asosiy mashg`uloti dehqonchilik va chorvachilik bo`lgan. Tog`lar mamlakat o`lkalarini bir-biridan ajratmas, shuning uchun ham Italiyada joylashgan turli-tuman qabilalar birga yashashar edi. "Italiya" so`zining o`zi esa yunonchadan "buzoqchalar o`lkasi" tarzida tarjima qilinadi. Koloniya qurgan yunonlar bu mamlakatda sigirlarni o`tlatish uchun ajoyib o`tloqlarni birinchi bo`lib topgan edilar. Apennin yarimorolining eng yirik oqar suv manbayi Po daryosidir. Yarimorolning barcha qabilalari italiklar deb nomlangan. Ular orasida lotinlar, samniylar va sabiniylar ko`pchilikni tashkil etgan. Kelib chiqishi borasida ular yunonlarga yaqin qarindosh bo`lishgan. Italiyaning g`arbiy qismida Kichik Osiyodan bu mamlakatga ko`chib kelgan etrusklar yashagan. Ularning asosiy mashg`uloti dehqonchilik bo`lgan. Mil. avv. VIII asrga kelib etrusklar Italiyada 12 ta shahar-davlat tuzishadi. Mil. avv. VII asrda Sharq mamlakatlari bilan erkin savdo-sotiq qilish uchun yunon koloniyalari bilan kurash boshladilar. Karfagen mamlakati ham ularga qo`shildi. Avvaliga karfagenlar va etrusklar g`alaba qozonishdi, ammo ko`p o`tmay yunon qo`shinlari ularni quruqlik va dengizda tor-mor qildi. Shunday qilib, Italiya hududida mavjud bo`lgan etrusk sivilizatsiyasi zavolga yuz tutdi, ammo uning ko`plab yutuqlariga Rim aholisi munosib voris bo`ldi. Rimga asos solinishi. Rim shahri Tibr daryosi bo`yidagi shinamgina dehqonchilik manzilgohlaridan boshlangan. Tibr bo`ylab joylashgan kichik manzilgohlar birlashib, katta shaharga aylandi. Rim yettita tepalikda joylashgan. Tibr toshgan kezlarda tepaliklar o`rtasidagi vodiy odam o`tolmaydigan botqoqlikka aylanib qolar edi. Shahar joylashishi harbiy nuqtayi nazardan juda ham qulay bo`lgan. Daryo va botqoqlik lotinlarni qo`shni qabilalar hujum laridan himoya qilar edi. Rivoyatga qaraganda, miloddan avvalgi 753-yilda Rim shahriga aka-uka Romul va Rem tomonidan asos solingan. Dunyoga kelganlaridan so`ngra chaqaloqlarni Tibr daryosi bo`yida o`lsin deb tashlab ketishadi. Daryo bo`yida ularni Ona bo`ri topib oladi, bir cho`pon kelib olib ketmaguncha aka-ukalarni emizadi va boqadi. Voyaga yetganlarida esa Tibr bo`yida shahar barpo etishga ahd qilishadi. Aka-ukalar janjal lashib qolib, Romul o`z inisini o`ldirib qo`yadi, shaharga esa o`z nomini beradi. Bugun ham, afsonada aytilganidek, egizaklarni emizgan Ona bo`ri Rimning timsoli hisoblanadi. Miloddan avvalgi VI asrda Rim aholisi ko`p shaharga aylanadi. Kapitoliy tepali gida esa dushmanlardan himoyalanish uchun qal'a bunyod etiladi. Qadimgi Rimda boshqaruv. Ilgari rimliklar o`z hukmdorlarini saylashardi. Hukmdorlar ham harbiy boshliq, ham sudya, ham kohin bo`lishgan. Miloddan avvalgi 509-yilga qadar shu taxlit davom etdi, laqabi "Mag`rur" bo`lgan Tarkviniy degan kishi saylab qo`yilgan hukmdorni o`ldirib hokimiyatni egallab oldi. Darg`azab bo`lgan aholi qo`zg`olon ko`tarib, Tarkviniyni shahardan haydab yubordi. Shahar ahli butun hokimiyat bir kishi qo`lida jamla nishiga yo`l qo`ymaydigan boshqaruv shakliga o`tishga qaror qilishdi. Podsho hokimiyatining ag`darilishi Rim respublikasi asosini yaratdi.
V.Mustahkamlash
1.Italiyaga odamlar ko’chib kelib joylashishi qachon ro’y ber-gan? Uning aholisi qanday atalgan?
2."Italiya" so’zi qay tariqa vujudga kelgan? Bu so’z qanday ma'noni anglatadi?
3.Nega Ona bo’ri Rimning timsoli hisoblanadi?
4.Qadimgi Rimda boshqaruv qay tarzda amalga oshirilgan?
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |