II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja: Triumf nima? Qaysi hollarda triumf nishonlangan?
Rim qo’shinlah kimlardan tashkil topgan edi?
Rim qo’shinlari karfagenliklarnikidan nimasi bilan farqlanar edi?
Puni urushlahning asosiy sababini ayting.
Respublikani tashqi dushmanlardan himoya qilish zarur edi. Armiyada 17 yoshdan 46 yoshgacha bo`lgan erkak fuqarolar xizmat qila olar edi. 80 kishidan iborat bo`lgan jangchilar guruhi senturiylar deb yuritilgan. Bir necha senturiylar kogortani, 10 ta kogorta legionni tashkil etardi. Jangchilarning ko`pchiligi yaxshi ta'lim olgan askarlar bo`lib, ular uchun armiyada xizmat qilish bir umrlik ishga aylangan edi. Xizmat muddati 25 yil bo`lgan. Shuncha muddatdagi xizmati evaziga legioner uy-joy, durustgina oylik maosh olish va boshqa o`lkalarni ko`rish imkoniyatlariga ham ega bo`lar edi. Rimliklar o`ziga xos jang olib borish taktikasini ishlab chiqishgan: avvaliga shahar qurshab olinar, so`ngra esa katapulta degan qamal qurolidan foydalanib devorlarni teshishar va shaharga bostirib kirar edilar. Pishiq metall taxtachalardan tiklangan uzun qamal ko`tarma minoralari yordamida baland devorlardan oshib o`tardilar. Harbiy guruhlar imperiya hududi bo`ylab tezroq harakatlanishi uchun mamlakatda sozgina yo`llar tarmog`i barpo etilgan edi. Bu yo`llar bilan imperiyaning har qanday o`lkasiga yetib borsa bo`lar edi. Imperiya chegaralarida esa tosh qal'alar qurilgan edi. G`alabadan keyin Senat qaroriga ko`ra Rim qo`shinlari triumfni tantanali nishonlar edi. Qo`shinlar oldida to`rtta oq arg`umoq qo`shilgan aravada boshiga lavr gulchambari qadab olgan g`olib sarkarda borar edi. Sarkardaning izidan o`ljalarni olib borishardi. Kapitoliy tepaligida qo`lga kiritilgan g`alaba uchun minnatdorlik tariqasida xudolarga qurbonliklar bag`ishlanar edi. Puni urushlari.Rim davlatining hududi tinimsiz kengayib boraverdi. Mil. avv. III asr o`rtalariga kelib Rim sarkardalari mamlakatning Shimoliy qismidan tashqari butun Italiyani zabt etishga erishdilar. Tez orada ularning istilochilik rejalari chegaradosh hududlarga ham yoyila boshladi. Bu paytda Sitsiliyaorolining g`arbiy qismini bosqinchilik yo`li bilan o`z hududlarini kengaytirib borayotgan boshqa bir qudratli davlat - Karfagen quldorlari egallab olgan edilar. Aynan Sitsiliya masalasi Rim va Karfagen o`rtasidagi urushlar sababiga aylanib ketdi. Harbiy jihatdan Karfagenning katta va kuchli floti bo`lgani bois Rimga qaraganda ustun likka ega edi. Ammo Karfagen qo`shinlarining zaif tomoni unda yollanma askarlar xizmat qilishi edi. Yollanma askarlarning birdan bir maqsadi harbiy o`lja bo`lib, o`zlari uchun qulay bo`lgan istalgan paytda dushman tarafiga o`tib ketar edilar. Rimliklar Karfagen bilan uch marotaba urushdilar. Bu urushlar tarixga Puni urushlari nomi bilan kirgan, negaki rimliklar Karfagenni Puna deb atashardi. Birinchi urush da rimliklar g`alaba qozondilar, Sitsiliyani bosib olib, karfagenliklarni o`zlariga xiroj to`lashga majbur qildilar. Ikki yildan keyin rimliklar Korsika va Sardiniya orollarini bosib oldilar. Rim o`rtayer dengizi mintaqasida eng kuchli davlatga aylandi. Biroq Karfagen O`rtayer
dengizidagi orollar ustidagi urushda Rimning xavfli raqibi bo`lib qolaver di. Sitsiyaliyadagi yo`qotishlar uchun o`zlarini taqdirlash va qanoat lantirish uchun Karfagen quldorlari Ispaniyaning katta qismini bosib oldilar. Karfagen armiyasiga tajribali sarkarda Gannibalboshchilik qilardi. Ispaniyada yollanma qo`shinlarga qo`mondonlik qilganida Gannibal biror marta ham mag`lubiyatga uchramadi.Katapulta (manjanaq). Karfagenning vayron etilishi. G`arbiy o`rtayer dengizida yagona xo`jayinga aylanish uchun rimliklar Karfagen bilan janglarga tayyorgarlik ko`ra boshladilar. Rimliklar karfagenliklarga ikki tomondan zarba berishga qaror qilishdi. Bitta armiya Ispaniyada Gannibal armiyasini tor-mor etishi, boshqasi esa Karfagenni bosib olishi kerak edi. Biroq Gannibal barcha rejalarni chalkashtirib yubordi. O`tib bo`lmasdek tuyulgan tog`lardan oshgan Gannibal Italiya hududiga bostirib kirdi va miloddan avvalgi 216-yilda Kann yaqinidagi jangda rimliklar armiyasini tor-mor etib tashladi. Bu jangda 70 ming rimlik legioner halok bo`ldi. Mag`lubiyatdan keyin rimliklar hal qiluvchi janglardan o`zini tiya boshladi. Italiya aholisi Gannibalni qo`llab-quvvatlamadi, chunki Karfagan yollanma qo`shinlari mamlakatni talon-taroj qilib tashlagan edi. Urush 15 yilga yaqin davom etdi, rimlik sarkarda Ssipion kutilmaganda qo`shinlari bilan Afrika qirg`og`iga kelib tushganda Gannibal Karfagenni himoya qilishga oshiqdi, ammo mil. avv. 202-yilda uning lashkari rimliklar tomonidan tor-mor etildi. Mil. avv. 183-yilda uzoq surgunda yurganida, rimliklarga topshirish uchun qo`lga olishga urinishganida Gannibal zahar ichadi. Rim G`arbiy o`rtayer dengizida mutlaq hokimga aylanadi. Suriya va Makedoniyani bosib olgandan keyin rimliklar Karfagenni ham bosib olishga qaror qiladilar. Miloddanavvalgi II asr o`rtalarida uchinchi Puni urushi bo`ldi. Rimliklar Karfagenni qamal qildilar, ammo aholi uning himoyasiga qo`zg`aldi. Karfagen shahri aholisi ikki yil o`z shahrini mudofaa qildi, shaharda ochlik boshlandi. Rimlik legionerlar bir hamla bilan uylarni birma-bir bosib olishar, yo`lda uchragan narsani talashar va o`t qo`yishar edi. Karfagen o`n yetti kun o`t-olov girdobida qoldi. Xalq tajribalari va donishmandligini asrab kelgan xonadonlar va kutubxonalar kuli ko`kka sovurildi. Karfagen bunyod etilgan joy esa Senat qaroriga ko`ra qarg`ish tekkan maskan deb e'lon qilindi. Bu yerda uy-joy qurish va dehqonchilik bilan shug`ullanish taqiqlangan edi.
V.Mustahkamlash Triumf nima? Qaysi hollarda triumf nishonlangan?
Rim qo’shinlah kimlardan tashkil topgan edi?
Rim qo’shinlari karfagenliklarnikidan nimasi bilan farqlanar edi?