Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
1.Fors podsholigi qachon tashkil topgan?
2. Qaysi sulola hukmdorlari Fors podsholigiga asos solgan?
3. Elam davlati qachon vujudga kelgan?
4. Kir II qaysi davlatlarni bosib oldi?
Qadimgi Eron aholisi. Mil. avv. VI asrda hozirgi Eron hududida Ahamoniylar sulolasiga mansub shohlar asos solgan Fors podsholigi vujudga keldi. Ahamoniylar podsholigi jahondagi eng yirik davlatlardan biri bo`lgan. Eron hududida qadim zamonlarda kassiylar, elamiylar singari turli qabilalar yashab kelgan. Mil. avv. IX asrda bu mamlakatga midiyaliklar va forslar ko`chib o`rnashadi. Eron o`zida katta yassitog`likni mujassam etgan mamlakatdir. Mamlakat hududi deyarli hamma tomonidan o`rmon bilan qoplangan tog`lar bilan qurshalgan. Tog`oldi vodiylarda aholi dehqonchilik bilan shug`ullangan, jazirama cho`l mintaqalarida chorvadorlar mehnat qilgan va kun kechirgan. Eron ham Kichik Osiyo, Mesopotamiya, Kavkazorti, O`rta Osiyo va Hindiston mamlakatlarini bog`lab turgan karvon yo`llari chorrahasida joylashgan edi. Qadimgi davlatlar. Mil. avv. III mingyillikda Eronning g`arbiy qismida Mesopotamiya bilan chegarada Elam davlati vujudga keldi. Bu davlatning poytaxti Suza shahri bo`lgan. Elamda jahondagi eng qadimiy yozuvlardan biri yaratilgan edi. Mil. avv. IX asrda Kaspiy dengizidan janubi g`arbda joylashgan Midiya podsholigi vujudga keldi. Mil. avv. VII asrda podsho Kiaksar hukmronligi davrida Midiya qudratli davlatga aylandi. Mil. avv. 612-605-yillarda Midiya davlati Bobil bilan ittifoq bo`lib Ossuriyani bosib oldi. Fors podsholigining vujudga kelishi. Eron janubida, Fors ko`rfaziga tutashib ketgan yerlarda Fors viloyati- qadimgi forslar o`rnashgan o`lka joylashgan edi. Mil. avv. 558-yilda Ahamoniylar sulolasidan bo`lmish podsho Kir II barcha forslarni o`z hokimiyati ostida birlashtirdi. Midiya podsholigini bo`ysundirganidan so`ngra Kir II ulkan lashkar tuzdi va bosqinchilik yurishlarini davom ettirdi. Armaniston, Midiya va Bobil zabt etildi (mil. avv. 539-yil). Eronliklar o`rtayer dengizi sohiliga chiqdilar, Falastin va Finikiyani itoatga kirgazdilar. Kir II ning O`rta Osiyoga, saklar va massagetlar ustiga yurishi muvaffaqiyatsiz tugadi. Kir II ning istilochilik siyosatini vorislari Kambiz va Dorol ham davom ettirdilar. Kambiz Misrni zabt etishi bilan Eron davlati hududini nihoyatda kengaytirdi. Doro I ning islohotlari. Miloddan avvalgi 522-yilda shoh Doro I (mil. avv. 522-486-yillarda hukmdor) Qadimgi Eron davlati taxtiga chiqdi. Bu paytda bosib olingan barcha mamlakatlarda qo`zg`olonlar alangalanib ketdi. Ahamoniylar vakili zabardast Doro I ularni bostirishga kirishdi.
V.Mustahkamlash:
Fors podsholigi qachon tashkil topgan?
1.Fors podsholigi qachon tashkil topgan?
2. Qaysi sulola hukmdorlari Fors podsholigiga asos solgan?
3. Elam davlati qachon vujudga kelgan?
4. Kir II qaysi davlatlarni bosib oldi?
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |