Sana: Fan: Tarix Sinfi: 6



Download 1,24 Mb.
bet18/193
Sana23.01.2022
Hajmi1,24 Mb.
#404800
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   193
Bog'liq
6 тарих

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning bilimlari sinab ko`riladi.

Faol o`quvchilar baholanadi.



III.Yangi mavzu bayoni: Reja:

  1. Rimda qullar soni kimlarnjng hisobiga ko’paydi?

  2. Qullar, kolonlar va "kulbali qullar"ning mavqeyi bir-biridan qanday farqlanar edi?

  3. Rimliklar qullarga nisbatan qanday munosabatda bo’lishgan?

  4. Spartak boshchiligida qo’zg'alon ko’targan qullarning qo’z-g'alon joylari va yo’nalishlarini xaritada ko’rsating.

  5. Qo’zg'alon ko’targan qullar nega g’alaba qozonolmadi?

Zafarli yurishlar natijasida Rimda qullar soni ko`payib ketdi. Misrda ham, Yunonistonda ham, qullarning soni Rimdagichalik ko`p emasdi. Bosib olingan mamlakatlar talon-taroj etilishini rimliklar oldindan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq amalga oshirishgan: shahar bosib olinganidan keyin birovlari aholini talardi, boshqalari esa talovchilarni va talab tortib olingan narsalarni qo`riqlab turar edi. Erkin rimliklar tasavvuricha, qul butunlay quldorning ixtiyorida bo`lgan bir buyumdek edi. Qullarning qadri bo`lmagan, negaki ular judayam arzon turardi. Bosib olingan mamlakatlardagi urushlar va qarzdorlik sababli qullik tufayli Rimda qullar shu qadar ko`p bo`lganki, rimliklar har doim ham ulardan xo`jalik ishlarida to`g`ri foydalanishni bilmay boshlari qotib qolar edi. Badavlat rimliklarning bo`sh vaqti ko`p bo`lgan, chunki hamma ishlarni qullar bajarar edi. Kolonlar va "kulbali qullar". Rim davlatidagi qullarda mehnatdan manfaatdorlik hissi mutlaqo bo`lmagan. Savalash va qattiqqo`l muomala bilan ularni durust ishlashga, xo`jalik mollari va mehnat mahsulotlarini asrashga undashning ham iloji yo`q edi. Milodiy I-II asrlarda qullar mehnati quldorlar uchun foydali emasligi ma'lum bo`ldi. Ko`plab quldorlar qullarni yer ijarachilariga aylantira boshlashadi. Qullar qo`zg`olonidan qo`rqqan, hosildorlikni oshirishga intilgan zamindorlar o`z yerlarini kichik-kichik mulklarga bo`lib tashladilar, erkin kambag`allarga ijaraga tarqatib bera boshladilar. Ana shu yerlarda ijarachilar dehqonchilik bilan shug`ullandilar. Ular yerga qancha yaxshi ishlov bersalar, hosilning shuncha ko`p ulushi o`zlariga nasib etardi. Mayda yer ijarachilari kolonlar deb atalgan. Yerdan foydalanganlik uchun ular yer egasiga o`zlari yetishtirgan mahsulotlar bilan to`lov berishardi. Bora-bora mutlaq qaram qullarning soni kamaydi. Ayrim yer egalari xo`jaliklarni yuritish uchun qullarga kichik yerlarni mustaqil yuritishga mehnat qurollari, urug`lik va oilasi bilan birga yashashga ruxsat berishardi. Bunday qullar "kulbali qullar", ya'ni uy-joyli qullar deb nomlangan. Ular ham yerdan foydalanganlik uchun haq to`lashardi, ammo o`zlarining taqdiri xo`jayinlarning qo`lida bo`lgan. Qullar va kolonlar Rim imperiyasining eng mazlum aholisi bo`lib qolaverishdi, ular birgalikda quldorlarga qarshi kurash boshladilar. Gladiatorlar janglari. Rimliklarning sevimli tomoshalaridan biri gladiatorlar jangi bo`lgan. Aksariyat gladiatorlar qullar yoki jinoyatchilar bo`lishgan. Ularga maxsus yopiq maktablarda ta'lim berishar, so`ngra bir-birlari bilan olishishga, tomoshabinlar ko`nglini xushlashga majbur qilishar edi. Har bir gladiatorning hayot-mamoti tomoshabinlar xohish-istagiga bog`liq edi. Har bir jang so`ngida tomoshabinlar yengilgan gladiator tirik qolish-qolmasligini hal qilishardi. Agar tomoshabinlarning ko`pchiligi o`ng qo`lining bosh barmog`ini yuqoriga ko`tarsa - yengilgan gladiator tirik qolgan, aksincha, pastga qaratishsa - uni tomoshabinlar ko`z o`ngida o`ldirib tashlashardi. Janglar ulkan tosh stadionlar yoki amfiteatrlarda bo`lib o`tardi. 50 ming tomoshabin sig`adigan Kolizey eng katta amfiteatr bo`lgan. Ba'zida gladiatorlar katta-katta guruhlarda jang qilishgan, shunda sahna jang maydoniga o`xshab qolar edi: yodgorlik. o`ldirilgan, yaralangan va jon berayotgan gladiatorlar hammayoqda ag`anab sochilib yotardi. Yanada qiziqarliroq bo`lishi uchun gladiatorlar janglari kuchi teng raqiblar o`rtasida o`tkazilgan. Birovida faqat qilich va qalqon bo`lsa, boshqasida to`r va changak (uch ayrili nayza) bo`lgan. To`r va changak bilan qurollangan gladiator o`zini hech narsa bilan himoya qila olmasa ham, u raqibini to`r bilan o`rab tashlashi va changak bilan o`ldirishi mumkin edi. Gladiatorlarning yovvoyi arslonlar, qoplonlar, darg`azab ho`kizlar bilan janglari ham o`tkazilgan. Spartak qo`zg`oloni. Mazlum qullar o`z zolim ezuvchilaridan nafratlanar, turli yo`llar bilan ularga ziyon-zahmat yetkazishga intilar edi. Rimlik quldorlar behudaga: "Qullar qancha bo`lsa, dushmanlar shunchadir", deyishmagan. Spartak boshchiligidagi qullar qo`zg`oloni qadimgi dunyoda eng ommaviy va uyushgan qo`zg`olonlardan biri bo`lgan. Rim armiyasidagi a'lo xizmatlari uchun Kapya shahridagi gladiatorlik maktabiga sotib yuborilgan frakiyalik qul Spartak mil. avv. 74-yilda boshlangan qo`zg`olonga rahbarlik qildi. U qullarni qo`zg`olon ko`tarishga tayyorladi. Ammo kimdir bu haqda rimliklarga xabar yetkazadi. Shunda Spartak va uning 200 ga yaqin tarafdorlari qorovullarga hujum qiladilar va turmadan qochib chiqib ketadilar. Shaharda yashirinish imkoniyati bo`lmagani sababli ular Vezuviy tog`idagi qoyalarga chiqib oladilar. Asta-sekin egasidan qochgan boshqa qullar ularga kelib qo`shila boshladi, qo`zg`olon ko`targanlar safi kengaydi. Ko`p o`tmay ular 10 ming kishiga yetdi. Qo`zg`olon ko`targan qullarni tor-mor etishga jo`natilgan uch ming askarlik qo`shin Vezuviy tog`lari yaqinida harbiy lager tikladi. Qamal boshlandi. Ammo Spartak kutilmagan va dadil rejani amalga oshirdi. Qullar uzum novdalaridan narvon to`qib, ko`rinmaydigan tarafdan cho`qqidan pastga tushib oldilar. Rimliklar guruhining orqasidan zarba bergan Spartak ularni tor-mor etdi. Qo`zg`olon ko`targanlar orasida ixtilof paydo bo`ldi. Ko`pgina qullar mamlakatdan chiqib ketmaslikka, Rimni tor-mor etishga va quldorlardan qasos olishga ahd qilishdi. Spartakka qarshi tajribali sarkarda Mark Krass boshchiligida ko`p ming sonli qo`shin jo`natildi. Miloddan avvalgi 71-yilning bahorida ro`y bergan hal qiluvchi jangda Spartak lashkari tor-mor etildi, uning o`zi esa ana shu jangda halok bo`ldi. Bir necha ming asirlar xochlarga mixlab osib o`ldirib tashlandi. Qo`zg`olon ko`targanlarning alohida to`dalari esa tag`in 10 yil kurashni davom ettirdilar.
V.Mustahkamlash

  1. Qullar, kolonlar va "kulbali qullar"ning mavqeyi bir-biridan qanday farqlanar edi?

  2. Rimliklar qullarga nisbatan qanday munosabatda bo’lishgan?

  3. Spartak boshchiligida qo’zg'alon ko’targan qullarning qo’z-g'alon joylari va yo’nalishlarini xaritada ko’rsating.

  4. Qo’zg'alon ko’targan qullar nega g’alaba qozonolmadi?



Download 1,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish