Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning 5-sinfda olgan bilimlari sinab ko`riladi.
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
Eneolit davrining neolit davridan asosiy farqlarini ayting.
Sizningcha, misning kashf etilishi qanday ro'y bergan?
Mis bronzadan nimasi bilan farq qiladi?
Nega matriarxatdan patriarxatga o'tish jarayoni sodir bo'ldi?
Mayda va yirik chorva mollari qachon xonakilashtirilgan?
Neolit davri oxirida odamlar ix.tiro va kashfi.yotlar orasida eng buyuklaridan birini yaratishga muyassar bo'ldilar: birinchi metall-misdan foydala- nishga, undan mehnat qurollari va qurol-yaroqlar yasashga o'tildi.
Misdan yasalgan qurollar toshdan yasalganlari bilan barobar ishlatilish davri eneolit — mis-tosh asri deb ataladi. Bu davr miloddan avvalgi 4-3- mingyil- likning o'rtalariga to'g'ri keladi.
Tosh qurollarga nisbatan afzalliklariga qaramas- dan, mis qurollar unchalik keng tarqalmadi. Odamlar misni qalayi, qo'rg'oshin yoki rux bilan qo'shib, bronza olishni o'rganganlaridan keyin metall toshlarni siqib chiqara boshladi. So'ngra misga nisbatan mustahkam sun'iy metall keng tarqaldi.
Metallurgiya rivoji kishilarning moddiy va ma'naviy madaniyatiga katta ta'sir ko'rsatdi. Mil. aw. 4- mingyil- likda qadimgi Sharqda ilk shaharlar va davlatlar vu- judga kela boshladi. O'rta Osiyo janubida sug'orma dehqonchilik vujudga keldi, xom g'ishtdan ko'p xonali uylar qurila boshlandi, idishlarni pishirish uchun kulolchilik xumdonlaridan foydalanishga kirishildi. Sopol idishlar hayvonlar, qushlar va o'simliksimon naqshlar (yaproqlar, gullar) bilan bezatiladigan bo'ldi. Bronza misga qaraganda ancha qattiqligi tufayli miloddan avvalgi 3- mingyillik o'rtalaridan boshlab asta-sekin mehnat qurollari, qurol-yaroq'lar va zeb- ziynatlar tayyorlashda ishlatiluvchi asosiy materialga avlanib qoldi. Bronza mehnat qurollariga еда bo'lgan odamlar endi dalalarga ancha durust ishlov berish va ekin may- donlarini kengaytirish imkonini qo'lga kiritdi. Natijada ular ixtiyorida ortiqcha qishloq xo'jalik mahsulotlari vu-judga keldi. Chorvachilik asta-sekin dehqonchilikdan ajralib chiqa boshladi. Odamlar termachilik va ovchi- likdan dehqonchilik va chorvachilikka o'tdilar. Ayol kishi urug'ni oziq-ovqat bi|an ta'minlashda 1yetakchilik qilar ekan, matriarxat davom etib keldi. Yer haydab ziroatchilik qilish, chorvachilik, hu- narmandchilikning vujudga kelishi bilan urug'ni yetarli mahsulotlar bilan ta'minlash erkaklar qo'liga o'tdi. Ayollar uy xo'jaligi xususida g'amxo'rlik qila boshladi- lar. Endi urug'chilik oilasida erkaklar muhim o'rin tuta boshladi. Oila qurishda ayol erkak kishi oilasi urug'i ixtiyoriga o'tadi. Qarindoshchilik erkak nomi bilan belgilanadigan bo'ladi. Mil. avv. 3- mingyillikka kelib, patriarxat davri boshlandi. Ota urug'iga o'tilishi pat- riarxal oila shakllanishi bilan barobar kechdi. Bunday oila ota tomonidan yaqin qarindoshlarning bir necha avlodlaridan tashkil topgan edi.
Dehqonlarning qadimgi manzil gohlaridan biri Zarafshon darasidagi Zamonbobo ko'li yaqinidan topilgan. Qadimgi dehqonchilik manzilgohlari Xorazm hududida ham topilgan. Surxondaryo vodiysida, Sherobod yaqinidan arxeologlar qadimgi ziroatchilar manzilgohlaridan biri bo'lgan Sopollitepani topishdi. Qazishmalar davomida bu yerdan uy-joy, maishiy va xo'jalikbop xonalardan tarkib topgan paxsa imorat, sopol buyumlar, bronzadan yasalgan mehnat qurollari va zeb-ziynatlar yasalgan ustaxona qoldiqlari, shu- ningdek, yirik-yirik xumlarda saqlangan bug'doy va arpa doni topilgan.
Bundan uch yarim ming yil muqaddam Surxon vo- hasida hozirgi Sheroboddan uncha uzoq bo'lmagan joyda Jarqo'ton manziigohi vujudga kelgan edi. Jarqo'ton manziigohi qurilishi tarxida shaharning ilk alomatlari ko'zga tashlanadi. Jarqo'ton ikki qismga ajratilgan edi: qasr (hukmdor qarorgohi) va jamoa a'zolari, hunarmandlar va savdogarlarning arkni qur- shab turgan uylari. Qasr ichida ibodatxona (ilk ibo- datxona) bo'lgan. Bu davrga oid manzilgohlar Xorazm vohasida ham topilgan va o'rganilgan.
Bronza davri manzilgohlari aholisi har xil hunar- mandchiliklar, to'quvchilik, kulolchilikni rivoj topti- rishda, zeb-ziynat buyumlari yasash, qurilish soha- sida katta yutuqlarga erishgan edi. Bronza davrida odamlar kulolchilik charxi va g'ildirakrW kashf etdilar. Shu tariqa harakatlantirish vositalari ham vujudga keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |