Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.”Axborot vaqti”siyosiy va dunyodagi bo`lib turgan voqealar bilan tanishtirish
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilar o`tilgan mavzu bo`yicha savollarga javob beradilar.
Turkiston ASSR, BXSR, XXSRlarning milliy-hududiy chegaralanishga muno- sabatlarini jadval asosida to‘ldiring.
III.Yangi mavzu bayoni: 1925-yil 13-fevralda Buxoroda maxsus qurilgan Xalq uyida Butu- no‘zbek (O‘zbekiston SSR) Sovetlarining I ta’sis qurul- toyi ochildi. Qurultoy faoliyatida Moskvadan maxsus kel- gan Butunittifoq (SSSR) Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi Mixail Kalinin qatnashdi va nutq so‘zladi. Qurultoy qa- tnashchilari tomonidan 17-fevralda “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish to‘g‘risida Dekla- ratsiya” qabul qilindi. Deklaratsiyada yangi tashkil topgan O‘zbekiston SSR tarkibiga Toshkent, Samarqand, Farg‘ona,
Qashqadaryo, Zarafshon (Buxoro), Surxondaryo, Xorazm viloyatlari va Tojikiston ASSR kirganligi alohida ta’kidlandi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari: O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi (O‘zSSR MIK) va O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (O‘zSSR XKS) tuzilgan. Taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo‘jayev O‘zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi, “Qo‘shchi” uyushmasi faoli Yo‘ldosh Oxunbobo- yev O‘zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi lavozimlariga saylan- ishdi. Bu paytda O‘zbekiston SSR hududi 312 394 km2, aholisi 3 963 285 kishi bo‘lgan (unga Tojikiston ASSR va Qoraqalpog‘iston avtonom viloyatining hududi va aholisi kirmaydi). 1924-yil oxirida O‘rta Osiyo respublikalarida hammasi bo‘lib 8 131 062 kishi yashagan bo‘lib, ularning qariyb yarmisi O‘zbekistonda istiqomat qilgan. O‘zbekiston SSR tashkil topgan paytda qisqa muddat (1925-yil fevral - aprel) davomida Buxoro shahri poytaxt bo‘ldi. So‘ngra 1925-yil apreldan 1930-yil sentya- brgacha Samarqand shahri O‘zbekiston SSR poytaxti sanalgan. Samarqand respublikaning markazida joylashgan bo‘lib, bu holat yangi tashkil qilingan O‘zbekiston SSR hududining barcha qism- larini amalda bir butun qilib birlashtirishga hamda sovet tashkilotlari ishini jonlantirishga yordam berdi..
1926-yil 29-sentyabrda O‘zbekiston SSR Sovetlari Markaziy Ijroiya Qo‘mi- tasi V sessiyasining rayonlashtirish to‘g‘risida qarori qabul qilindi. Unga mu- vofiq O‘zbekiston SSRda mavjud bo‘lgan 7 ta viloyat, 23 ta uyezd, 241 ta vo- lost va 1163 ta qishloq jamoasi o‘rniga yangi ma’muriy bo‘linish o‘tkazilib, 10 ta okrug (Xorazm, Buxoro, O‘rta Zarafshon, Samarqand, Toshkent, Xo‘jand, Qo‘qon, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo), alohida qozoq-qoraqalpoq Konimex tumani, 87 ta tuman va 1720 ta qishloq sho‘rosi tuzildi.
OzSSR tuzi- lishi arafasida, 1925-yil 6 - 12 fevralda eski Buxoro shahrida O‘zbekiston Kommunistik partiyasining I ta’sis syezdi ham bo‘lib o‘tdi. Syezd ishida SSSR Markaziy Ijroiya Qo‘mitasi raisi M.I.Kalinin qatnashdi va ma’ruza qildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |