Darsning blok sxemasi:
№
|
Darsning qismlari
|
Belgilangan vaqt.
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.”Axborot vaqti”siyosiy va dunyodagi bo`lib turgan voqealar bilan tanishtirish
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: Har bir sohada amalga oshirilgan tadbirlarning o‘z davri va bugungi kun uchun salbiy va ijobiy tomonlarini ajratishga harakat qiling.
Soha
|
Iobiy
|
Salbiy
|
Og‘ir sanoatga e’tibor
|
|
|
Kimyo zavodlari
|
|
|
Kadrlar yetishtirish
|
|
|
Faol o`quvchilar baholanadi
III.Yangi mavzu bayoni: O‘sha davrda sovet jamiyatining siyosiy tizimiga partiya, turli darajadagi Sovet organlari, kasa- ba uyushmalari, komsomol (yoshlar tashkilotlari) kirardi. Tizimning asosiy ustuni partiya hisoblangan. U o‘zini rahbarlik qiluvchi va yo‘naltiruvchi kuch hisoblab, Sovetlar va jamoat tashkilotlariga o‘z iroda- sini amalda zo‘rlik bilan o‘tkazib kelardi. 1959-yil 15-martda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinchi sekretari lavozimiga Sharof Rashidov (1917 - 1983) saylandi. U bu lavozimda umrining oxirigacha samarali faoliyat ko‘rsatdi.
Sharof Rashidov atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi hamda mashhur yozuvchi bo‘lgan. 1917-yil 7-noyabrda Jizzaxda tug‘ilgan. U 1950 - 1959-yillarda O‘zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumining raisi sifatida o‘zidan yaxshi taassurot qoldirdi. U iste’dodli tashkilotchi va mohir rahbar edi. Sh.Rashidov rahbarligida O‘zbekiston iqtisodiyoti va madaniyatini rivojlantirishda muayyan muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. Xonadonlarda televizor, muzlatkich, kir yuvish mashinalari hamda yengil avtomobillar paydo bo‘lgan. Yashash zerikarli bo‘lmay, hayotdan zavqlanish va lazzat olish paydo bo‘ldi. O‘zbek xalqining to‘y-hashamlari ham dabdabali o‘ta boshladi. Biroq bu davrda ham ma’naviyatga kuchli zarar yetkazilgan. Ayniqsa, O‘zbekiston iqtisodiyoti Markaz manfaatlariga to‘la bo‘ysundirilgan.
Bu davrda O‘zbekistonda turli sanoat korxonalari qurilgan, yangi shahar va posyolkalarga asos solingan. Mirzacho‘l, Surxon-Sherobod va Qarshi cho‘li- ning o‘zlashtirilishi natijasida ekin maydonlari kengaygan. Sovet jamiyatida davlat boshqaruvi organlari turli darajadagi Sovetlar bo‘lgan. Oliy Sovetdan boshlab qishloq sovetlarigacha bo‘lgan organlar mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilishlari kerak edi. Aslida esa bunday bo‘lmagan.
1977-yil 7-oktyabrda qabul qilingan SSSRning yangi Konstitutsiyasi milliy respublikalar huquqini rasmiy chekladi va Markazga keng vakolatlar olib ber- di. Bu konstitutsiya KPSS MK Bosh sekretari va SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi Leonid Ilich Brejnev (1906 - 1982) rahbarligida tayyorlandi va mam- lakatda rivojlangan sotsialistik jamiyat qurish nazariyasini ilgari surdi. Ozbeki- stonda ham xuddi butun Ittifoqda bo‘lgani singari mehnatkashlar deputatlari tuman, shahar, viloyat Sovetlari hamda respublika Oliy Soveti ikkinchi darajali masalalarni ham partiya komitetlaridan ruxsat olmasdan hal qila olmas edi. Xo‘jalik rahbarlari o‘z muammolari bilan Sovetlarning ijroiya komitetlarini chetlab o‘tib partiya organlariga murojaat qilar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |