VI. Uyga vazifa.Mavzuga doir misollar berish
Maktab MMIBDO’______________________ ____________________ sana______ _______ 20__yil
Fan: Matematika
Sana:
23-Mavzu:Ikki xonali sonlar tarkibi.
Mashg’ulotning maqsadi.: O`quvchilarning bir va ikki xonalai sonlar haqida egallagan bilimlarini boyitib borish, 10, 11,12 sonlarining tarkibi haqida tushuncha berish, ikki xonali sonlarni xona birliklariga ajrata olish. O`quvchilarga mashg’ulot jarayonida hamjihatlik, birodarlik tuyg`ularini singdirish.O‘quvchilarning matematik nutq va xotirani rivojlantirish
TK: O’z –o’zini rivojlantirish komp-si: o’qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqtiran olish Mashg’ulot turi: Aralash
Mashg’ulot metodlar: Suhbat, savol-javob, mustaqil ish, didaktik o`yin
Mashg’ulot jihozlari: Mashg’ulotlik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar, AKT
Mashg’ulotning borishi:
I.Tashkiliy qism:
O`quvchilarning mashg’ulotga tayyorgarligini ta`minlash
O`quvchilarning diqqatini mashg’ulotga jalb etish.
II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Uy vazifasi turli xil usullardan foydalangan holda tekshiriladi.
O`tilgan mavzu ekranda berilgan “Tipratikan” nomli trenajyor mashqi orqali mustahkamlanadi. Bu trenajyordan foydalanish qoidalari avvalgi mashg’ulotlarda keltirilgan. Unga ko`ra 10 ichida qo`shish va ayirishga oid misollarni yechish kerak.
“Quvnoq vagonlar’ o`yini o`ynatiladi. Bunda 11 dan 20 gacha bo`lgan sonlar sinf doskasiga ilinbgan bo`lib vagonlarda tartibsiz joylashtirilgan bo`ladi. O`quvchilar vagonlar ustidagi sonlarni o`zaro qoshadilar va har bir vagonni o`z o`rniga qo`yadilar. Vagonlar o`yini davom etadi. O`quvchilar navbatdagi vagonlarni ham o`z o`rniga qo`yadilar.
III.Mustahkamlash.:
O`qituvchi o`rganilgan mavzuni o`quvchilarga ekran orqali yoki ko`rgazmalar orqali tushuntirib beradi. O`nta birlik bitta o`nlik bo`lishi ekranda sanoq cho`plar orqali tushuntiriladi. Agar o`quvchilarning o`zlarida sanoq cho`plari bo`lsa, har biri o`zining partasida bajarib ko`rishlari mumkin. Ikkita o`nlikning hosil bo`lishi ekran orqali tushuntiriladi. Unda ikkita o`nlik va no`lta birlik borligi tushuntiriladi.
Mashg’ulotlikadi 1-topshiriqlar og`zaki savol-javob orqali bajariladi. Bu topshiriqda 10 sonining hosil bo`lishi tushuntiriladi, so`ng 11 va 12 sonlarining hosil bo`lishi va tarkibi haqida tushuncha berib o`tiladi.
O`tilgan mavzularni mustahkamlash uchun “Tipratikan’ trenajyori beriladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun mashg’ulotlikdagi misol va masalalar bajariladi.
1-misol.
6+1=10 8+2=10 7+3=10 6+4=10 5+5=10 8+1+1=10 7+2+1=10 6+1+3=10 5+1+4=10 4+1+5=10
2-misol 9+1+1=11 8+2+1=11
3-misol 10+2=12
4-misol doskada va daftarda bajariladi.
9+1+1=11 8+2+1=11 5+5+2=12 4+6+2=12
5-masalaning sharti o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi, qisqa shart tuzdiriladi va mazmuni tushuntirladi. Masal ishlash orqali o`quvchilarga hamjihatlik, nehr-nurivvat kabi tushunchalar singdiriladi.
Qizil- 7 ta
Ko`k- ?, 3 ta ko`p
Yechish: 7+3=10 (ta)
Javob: Archaga 10 ta ko`k o`yinchoq osishgan
Dam olish daqiqasi o`tkaziladi. Bunda o`quvchilar “Bulbulcha” bollar ansamblining “Chillak” qo`shig`ini tomosha qiladilar va tinglaydilar.
So`ng “Uycha” trenajyori orqali o`tilgan mavzu mustahkamlanadi.
O’quvchilarni mashg’ulotga ishtirokiga qarab rag’batlantiraman.Faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi. Mashg’ulot haqidagi fikrlari so’raladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |