III. Yangi mavzuning bayoni
Bilim va fazilatda benazir insonlarning qadami tekkan ,muborak izlari qolgan yoki ular mangu orom topgan, odamlar azi va muqaddas deb biladigan joylarni qutlug` qadamjolar deymizHar bir qarich tuprog`i tabarruk bo`lgan yurtimizda bunday maskanlar ko`pligini yaxshi bilasiz. Poytaxtimiz Toshkent shahrining Olmazor tumanida , Qorasaroy ko`chasining Hastimom dahasi hududida joylashgan Hazrati Imom majmuasi mamlakatimizdagi buyuk qadamjolardanb biridir.Agar siz,Toshkentning Eski shahar qismiga qarab borsangiz, uzoq-uzoqlardan salobatli va baland qo`sh minoraga ko`zingiz tushadi. Ular ana shu majmua tarkibidagi Hazrati Imom jome masjidining minoralaridir, Ushbu masjid Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligida 2007-yili bunyod etilgan. 1 Quruvchilarning aytishicha, masjid minoralarining balandligi 52 metr ekan . Shunisi e`tiborliki, masjidning o`ng tarafidagi minora Xorazmlik Ibrohim va Erkin usta boshchiligida 26 kunda, uning chap tomonidagi minora esa samarqandlik Sharif usta rahbarligida 28 kunda qurib bitkazilgan. Bu obida mamlakatimizdagi eng katta va noyob masjid hisoblanadi. Ushbu masjidning shimoli-g`arb tarafida Mo`yi muborak deb ataladigan mad rasa joylashgan. Tarixiy kitoblarda yozilishicha, bu madrasa ilk bor XV asrda qurilib, keyinchalikbuzilib ketgan, 1856—1857-yillarda qqayta tiklangan ekan. 2007-yili madrasa to`liq qayta ta`mirlanib, yangicha qiyofaga ega bo`ldi. Hozirgi kunda bu yerda muqaddas Qur`on kitobining eng qadimiy asl nusxasi saqlanadi. Hazrati Imom majmuasida yana Tilla Shayx jome masjidi, Baroqxon madrasasi, Qaffol Shoshiy maqbarasi, Namozgoh masjidi kabi,tarixiy yodgorliklar bo`lib, ular ham tubdan ta`mirlangan.Toshkent shahridagi buyuk qadamjolar haqida gapirganda, 1999-yili barpo etilgan Xotira maydonini tilga olish ham o`rinli bo`lad i, Masalan, Xotira maydonidagi bir-biriga qaratib qurilgan naqshinkor ustunli ayvonlarga o`rnatilgan sahifalarga Ikkinchi jahon urushi janggohlarida mardlarcha halok bo`lgan 450 ming nafar yurtdoshimizning ismi sharifi zarhal harflar bilan yozib qo`yilgan. Bu yerdan tun-u kun ziyoratchilaming qadami arimaydi. Har bir ziyoratchi awalo bu ycrdagi Motamsaro ona haykali qoshiga borib, o`z farzandlariga iulizor bo`lib o`tgan ming-minglab munis va mo`tabar onalarning limsoli bo`lgan ushbu ulug` zotga ta`zim bajo keltiradi. Keyin ayvonlar sahni bo`ylab yurib, o`z viloyati uchun ajratilgan sahifalar oldida to`xtaydi. Dastlab 1997-Yilning dekabr oyida Prezidentimiz Islom Karimov huzurida Imom Buxoriy majmuasining yangi loyihasi muhokama qilinadi. Ana shu yig`ilishda Yurtboshimiz bu majmuaning ichki va tashqi ko`rinishi,bu yerda barpo etiladigan har bir bino, ularning gumbazlari, darvozalar, hatto ustunlaming qanday bo`lishigacha quruvchi va mutaxassislarga tushuntirib bcradi.1998-yil oktabr oyida majmua qurib bitkaziladi. U 23-oktabr kuni Imom Buxoriyning 1225 yillik tavallud to`yi sharafiga tantanali ravishda ochiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |