Buni bilib oling!
Dunyoda o`ziga xos qadriyatlari bo`lmagan xalq yo`q. Milliy qadriyatlar ular mansub bo`lgan xalqning tarixi, yashash tarzi, tili, urf-odatlari, ma`naviyati hamda mada-niyati bilan uzviy bog`liq holda namoyon bo`ladi.
Bizning milliy g`oyamiz milliy an`ana va qadriyatlarimizni o`zida aks ettiradi, rivojlanib, takomillashib boradigan tizim sifa-lida, hayot taqozosiga ko`ra, ularni boyitish va rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda u jamiyatimizning pirovard maqsadla-rini inobatga oladi va quyidagi milliy xususiyatlami nazarda tutadi:
xalqimiz hayotida qadim-qadimdan jamoa bo`lib yashash ruhining ustunligi;
jamoa timsoli bo`lgan oila, mahalla, el-yurt tushunchalarining muqaddasligi;
ota-ona, mahalla-ko`y, umuman, jamoatga yuksak hurmat-e`tibor;
millatning o`lmas ruhi bo`lgan ona tiliga muhabbat;
kattaga hurmat va kichikka izzat;
mehr-muhabbat, go`zallik va nafosat, hayot abadiyligining ramzi - ayol zotiga ehtirom;
sabr-bardosh va mehnatsevarlik;
halollik, mehr-oqibat va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |