Markazlashtirish yakunlari. Qirolning mustaqil gersog va graflarga qarshi kurashi yanada kuchayadi. Xususan, Burgundiya gersoglari qirol vassallari hisoblansa-da, amalda mustaqil siyosat olib borganlar.
Karl VII o'limidan so'ng taxtga o'tirgan o'g'li Lyudovik XI (1461-1483) o'z siyosatini Bretan va Anju gersoglarini bo'ysun- dirishdan boshlaydi. Bunga javoban 1465-yili yirik feodallar "Jamiyat baxt-saodati ittifoqi"ni tuzadilar. Uning rahbari Karl Burgundskiyga qarshi Lyudovik Lotaringiya gersogi va shveysariyalik yolianma qo'shinni jalb etadi. Karl Jasur 1477-yilda shveysariyaliklar bilan jangda halok bo'lgach, Burgundiyaning g'arbiy qismi Fransiyaga qo'shib olingan.
Fransiyaning janubidagi Provans viloyati Marsel porti bilan 1481- yili qirol hukmiga o'tadi. Lyudovikning vorisi Karl VIII ning 1491-yili Bretan gersogining qizi Annaga uylanishi bilan Fransiyaning markaz- lashuvi yakunlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |