Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7



Download 1,68 Mb.
bet84/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,68 Mb.
#257044
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   222
Bog'liq
7 жаҳон тарихи конспект

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.

Faol o`quvchilar baholanadi.



III.Yangi mavzu bayoni: Reja:

  1. Rusda mo'g'ullar istilosi va uning oqibatlari haqida so'zlab bering.

  2. Qaysi yillarda Botuxon Rus yerlarini bosib oladi?

  3. Nima uchun Vladimir-Suzdal knyazi Yaroslav Botuxon huzu- riga o'z hududlarini boshqarish huquqini beruvchi yorliq olishga jo'nashga majbur bo'ladi?

  4. Mixail Vsevolodovich xatti-harakatiga baho bering.

  5. Novgorod knyazi Aleksandr Yaroslavich kimlarga qarshi jang olib boradi?


Chingizxon O'rta Osiyo va Eronning shimolini istilo qilganidan so'ng 1223-yili mo'g'ul qo'shinlari rus yerlariga ham bostirib kiradi.

Mo'g'ullar harbiy hiyla ishlatib rus askarlarini otliq qo'shin harakati uchun qulay maydonga chiqarib, so'ng hujumda tor-mor qiladi.

Chingizxonning nabirasi Botuxon 1237— 1242-yillari Sharqiy Yevropada istilochilik urushlari olib boradi. Uning qo'shinlari avval Rus knyazliklarini, keyinchalik Polsha, qisman Serbiya va Bolgariyani istilo qilishadi.

Rusdagi feodal tarqoqlik mo'g'ullarga qo'l keladi, uzoq qamaldan so'ng, 1240-yili Kiyev olinadi. Botuxon yangi bosib olingan hududlarda Oltin O'rda xonligini tuzadi. Uning poytaxti Saroy Botu (keyinchalik Saroy Berka) Volga daryosining quyi oqimida, hozirgi Astraxan shahri yaqinida bo'lgan. Botuxon bo'ysundirilgan aholidan soliq va to'lovlarni tezroq to'lay boshlashi uchun, rus knyazlariga nisbatan himmat ko'rsatadi. Yaroslav "knyazlar oqsoqoli" deb tan olinib, Vladimir knyazligini boshqarishga yorliq oladi. Knyazlardan bosqinchilar talabini qabul qilishni istamaganlari, ular­ning joriy etgan tartiblarini bajarishdan bosh tortganlari ham uchragan. Jumladan, O'rdada Chernigov knyazi Mixail Vsevolodovich bilan bog'liq fojia ma'lum. U mo'g'ullarning gulxanlar orasidan o'tib tozala- nish va sanamlarga ta'zim etish udumlarini bajarishdan bosh tortadi. Bunga javoban mo'g'ullar knyazni kaltaklab o'ldirishadi. Keyinchalik, pravoslav cherkovi Mixailni avliyo deb e'lon qilib, uning hokini Moskva Kremlidagi Arxangelsk ibodatxonasida dafn etadi. Mo'g'ullar istilosi rus davlatining iqtisodiy va madaniy yuksalishiga salbiy ta'sir o'tkazib, uning taraqqiyotini susaytirdi. Nemis feodallari XIII asrning boshlarida Boltiqbo'yida yashovchi est va liv qabilalariga qarshi urush olib boradi. Rim papasi salib yurishlari deb e'lon qilgan bu urushlardan maqsad mahalliy aholini katolik diniga o'tkazish ham edi. Livoniya ordeni ritsarlari estlar yerlarini egallaganidan so'ng, Novgorod-Pskov chegaralariga yaqinlashadi. Nemis ritsarlaridan so'ng shved feodallari ham faollashadi. Ular 1240-yili Neva daryosi bo'ylab Novgorod yerlariga bostirib kiradilar. Ushbu sharoitda Novgorod knyazi Aleksandr Yaroslavich 1240-yil- ning 15-iyulida Neva daryosi sohilidagi jangda shvedlar ustidan g'alaba qozonadi. Bu g'alaba sharafiga knyaz Aleksandrga Nevskiy nomi beriladi.

Novgorod-Pskov knyazligining mo'g'ullar istilo qilmagan boy yer- lari nemis ritsarlarini ham o'ziga jalb etadi. Nemislar qo'shini 1240-yili Pskov yaqinidagi Izborsk qal'asini egallaydi.

Shahar hokimi Tverdilaning xoinligi tufayli Pskov ham nemislarga o'tadi. O'sha yilning qishida nemis ritsarlari Novgorod chegaralariga yaqinlashadi. Bu sharoitda Novgorod himoyasiga yana Aleksandr Nevskiy boshchilik qiladi. Knyaz Suzdal qo'shinlari ko'magida Pskov va uning atrofidagi yerlarni ozod qiladi. Hal qiluvchi jang 1242-yilning 5- aprelida Chud ko'lida bo'lib, Aleksandr Nevskiy boshchiligidagi rus qo'shinlari nemis ritsarlari ustidan porloq g'alabaga erishadi. Bu jang Rus tarixida "Muz ustida jang" nomi bilan ataladi.







Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish