Sohibqiron Amir Temurning Oltin O'rda ustidan 1391-yili Qunduzcha, 1395-yili Tarak daryosi bo'yidagi janglarda g'alabalari Rus yer- lari va Sharqiy Yevropa xalqlarining mo'g'ullar zulmidan ozod etilishida hal qiluvchi omillardan bo'ladi.
Nihoyat, 1480-yili knyaz Ivan III davrida Moskva Oltin O'rdaga boj-yasoq to'lashdan bosh tortadi. Shu tariqa Rus yerlarida, deyarlik 250 yil davom etgan mo'g'ullar hukmronligi tugaydi.
IV.Mustahkamlash:
Qaysi shaharlar XIV asrning boshlarida rus yerlarining yangi markazlari sifatida yuksala boshlaydi?
Moskva knyazligida Oltin O'rdaga qarshi kurashish uchun qanday qulay vaziyat vujudga keladi?
Kulikovo jangining ahamiyati nimada edi?
Amir Temurning rus yerlarini mo'g'ullar zulmidan ozod bo'lishiga qo'shgan hissasi haqida gapirib bering.
V.Baholash: Darsda faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |