Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.
1.Yevropada asosiy savdo yo'llari haqida nimalarni eslab qoldingiz?
2. Bozor va yarmarkalar o'rta asr shaharlari uchun qanday ahamiyatga ega bo'lgan?
3. Birjalar nima, ular qanday vujudga kelgan?
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Reja:
1.Xitoy shaharlari haqida nimalarni eslab qoldingiz?
Yaponiya va Eron shaharlari haqida gapirib bering.
Shaharlarda hunarmandchilikning qaysi turlari yuksak rivojlangan?
Siz Sharq mamlakatlari bozorlari va savdosi haqida nimalarni bilib oldingiz?
5. Yurtimiz hunarmandlari o'rta asrlarda qanday soliqlar to'laganligini bilasizmi?
Sharq mamlakatlarida o'rta asrlarning rivojlangan davriga turli paytda: Xitoy, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada — VIII asrning ikkinchi yarmida, Yaponiyada IX—X asrlarda, Hindistonda XI—XIII asrlarda o'tganlar. Bu hoi har bir mamlakatda ishlab chiqarish ta- raqqiyoti turli darajada bo'lgani bilan izohlanadi.
Dastlab ma'muriy markaz yoki harbiy qal'alar sifatida tashkil topgan o'rta asr shaharlari, hunarmandchilik va savdoning yuksala borishi bilan juda tez rivojlangan.
Osiyoning eng yirik shaharlari: Chanyan, Loyan, Xanchjou, Kamakura, Kioto, Osaka, Dehli, Bag'dod, Buxoro va Samarqand edi. Ularda maktablar, kutubxonalar tashkil qilingan, olimlar, shoirlar, rassomlar, musiqachilar yashab ijod qilganlar. Osiyo shaharlari davlat yerlarida vujudga kelganidan Yevropa shaharlaridan farqliroq yirik za- mindorlarga qarshi kurash olib bormaganlar. Osiyoning yirik davlatlaridan biri Xitoyda o'rta asr shaharlarining vujudga kelishi va rivojlanishi IX—XI11 asrlarga to'g'ri keladi. Shaharlar Xitoyda imperatorga bo'ysungan.
Shaharlarning taraqqiyotiga istilochilik urushlari to'sqinlik qiladi. Jumladan, Hindiston va uning shaharlari o'rta asrlarda juda ko'p marotaba chet bosqinchilar hujumlariga uchragan. Xususan, Pratijar rojasi qo'shinlari 1018-yili Mahmud G'aznaviy qo'shinidan mag'lub bo'lganida, poytaxt Kanuja talanib, vayron qilinadi. Tinimsiz urushlar Hindiston shaharlarini yuksalishiga to'sqinlik qiladi.
Yaponiyaning o'rta asr shaharlari turli joylarda: Nara, Xeyyan — budda ibodatxonalari atrofida; Otsu — aloqa bekati va yo'l ustida; Xyogo, Sakai dengiz bo'yida; Nagoya - qal'a atrofida vujudga keladi. Xeyyan shahri 1177-yili yong'in natijasida vayron bo'ladi. Bu shahar qayta tiklanganidan so'ng Kioto nomini olib mamlakat poytaxtiga aylanadi. Kioto ko'p asrlar davomida Yaponiyaning iqtisodiy, diniy va madaniy markazi bo'lib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |