Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 7



Download 1,68 Mb.
bet10/222
Sana31.12.2021
Hajmi1,68 Mb.
#257044
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   222
Bog'liq
7 жаҳон тарихи конспект

Belgilangan vaqt.

1.

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2.

O`tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3.

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4.

Mustahkamlash

12 daqiqa

5.

Baholash

2 daqiqa

6.

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish.

II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilarning o’tgan darsda olgan bilimlari sinab ko`riladi.

Faol o`quvchilar baholanadi.



III.Yangi mavzu bayoni: Reja:

  1. Afrikada o'rta asrlarda yashagan xalqlar va qabilalarni sanab o'ting.

  2. Afrika aholisining xo'jaligi qanday rivojlangan?

  3. Gana, Mali va Songai tarixidan nimalarni eslab qoldingiz?

Aholining aksari qismi I ming yillik oxiriga qadar tashqi dunyo- dan ajralgan holda yashagan. Qit'aning tropik o'rmonlarida, sahrolarda ovchi va terimchi qabilalar joylashgan. Afrikaning Misrdan bosh­qa hududlarida yashagan ba'zi dehqonlar il- dizmevali ekinlarni yetishtirganlar. Savanna hududlarida yerga unumdor tuprog'i bo'lgan joylarga moslashgan temir tishli chopqilar bilan ishlov berilgan. Sahroi Kabirning atrof- larida ko'chmanchi, yarim ko'chmanchi va o'troq qabilalar ham aksari chorvachilik bilan shug'ullanganlar. Sahroning janubida barbar va tuareglar, G'arbiy Afrikada fulbe, Sharqda chorvachilik bilan shug'ullanganlar. Afrikaning Sharqida Misr, Arabiston va Hindistonlar bilan savdo aloqalari ta'sirida qadim zamon- lardan Nubiya va Aksum (hozirgi Efiopiya) davlatlari tashkil topgan edi. Arab savdogarlari VII asrdan G'arbiy Sudan yerlariga, O'rta dengiz sohillaridan Afrikaga yuksak qadrlanuvchi tuz va boshqa mollami keltir- ganlar. Savdo yo'llari kesishgan joylarda yirik qasaba — qo'rg'onlar: Aukar, Gana, Tombuktu, Gao, Mali vujudga kelgan. Qo'rg'onlarda asosan musulmon savdogarlaridan tashqari mahalliy zodagonlar ham yashaganlar. Ular keyinchalik vujudga kelgan davlatlardagi boshqaruvni qo'lga oladilar. O'rta asrlarda Niger va Senegal daryolari havzasida dastlabki davlatlar: Gana, Mali, Songailar tashkil topadi. Ularning dastlabkisi G'arbiy Sudandagi Gana bo'lgan. U VIII asrda vujudga kelib X asrda o'z taraqqiyotining cho'qqisiga erishadi. Gananing daromad manbalaridan biri savdodan keladigan boj to'lovlari edi. Bojning asosiy qismini chetdan keladigan savdogarlar: arablar, barbarlar, yahudiylar to'laganlar. Lekin mamlakatning katta boyligi oltin bo'lgan. Gana podshosi va zodagonlari oltin va tuz savdosidan katta foyda olgan.



Podshoning kuchli qo'shini bo'lib undagi 200 ming askarning de­yarli 40 mingini kamonchilar, ma'lum qismini esa otliq jangchilar tashkil etgan. O'tmishda arab savdogarlari va Gana podshosining katta xazinasi haqida ko'plab afsonalar yaratilgan. Bu esa qo'shni jangari qabilalar diqqatini tortar edi. Marokash sultoni Abu Bakr 1076-yili katta qo'shin bilan Ganani istilo qilib, uni talagan. Bu voqealardan so'ng Gana podshosi Marokashga qaram bo'lib, boj-yasoq to'lashdan tashqari, o'z zodagonlari bilan islom dinini qabul qilishga ham majbur bo'Iadi. 1087-yilgi xalq qo'zg'oloni marokashliklar hukmronligiga chek qo'ysa-da Gana parchalanib ketadi. Ko'p o'tmay uning o'rnidagi Mali davlati yuksaladi.

Mali davlati. Mali davlat sifatida VIII—IX asrlardayoq vujudga keladi. Gana davlatining qudrati uning keyingi rivojlanishiga to'sqinlik qilgan. XI asrdan Mali aholisi islomni qabul qiladi. Bu esa mamlakatga musul­mon savdogarlarining ko'chib kelishini tezlashtiradi. Xo'jalikda hunar­mandchilik va savdo-sotiqni rivojlanishi natijasida XIII asrda Mali o'z taraqqiyotining cho'qqisiga erishadi. Uning hukmdori Sundiata Keyt (1230-1255) ko'p sonli kuchli qo'shin tuzadi. Bu qo'shin yordamida Sundiata karvon yo'llari o'tadigan hududlarni, oltin konlarini, qolaversa qadimgi Gana yerlarini bosib oladi. Mali hukmdori istilo etilgan viloyatlar noibligiga o'z qarindoshlari va yaqinlarini tayinlaydi. Noiblar esa o'z navbatida lashkarboshi, amaldorlariga yer-mulklar in'om etish- gan. Mahalliy aholidan soliqlar undirish ham noibning zimmasiga tush- gan. Ko'p o'tmay Mali butun arab dunyosida mashhur bo'lib ketadi. Uning hukmdori Muso I 1324-yilda Makkaga haj safari uyushtiradi. Muso I o'zi bilan safarga ko'p oltin olib yo'lda ularni sahiylik bilan tarqatib boradi. Hukmdorga 8 ming jangchi va 500 ta qui hamroh bo'lib, bu katta karvon 10—12 tonna oltinni o'zi bilan olib ketgani ehtimol qilinadi. Bu voqeadan so'ng uzoq yillar davomida arab dun­yosida oltinning narxi past bo'lgan. Mali poytaxti Niara va boshqa shaharlarda hashamatli saroylar, masjidlar quriladi, hunarmandchilik va savdo rivojlanadi. Biroq ijtimoiy hayotda qabila zodagonlari mavqeyi saqlanib qoladi. Mali hukmdorlari o'z yaqinlarining toj-u taxtga tajovuzidan cho'chib, ko pincha saroy amaldorlarini, lashkarboshilari va hatto jangchilarni ham qo'shni qabilalar vakillaridan olishgan. Hukmdorning shaxsiy gvardiyasi esa qullardan tuzilgan. Mali aholisining asosiy qismi qishloqlarda yashab jamoalardan, jamoalar o'z navbatida yirik patriarxal oilalardan tashkil topgan. Jamiyatda qullarga munosabat o'ziga xos bo'lib, xorijdan keltirilgan qullar xo'jaliklarda oila a'zolaridek yashaganlar. Bu qullarning farzandlari esa erkin kishilarga aylangan. Feodal tarqoqlik, sulolaviy nizolar XIV asr oxiridan Malining zaiflashishiga sabab bo'ladi. Mali XV asrda butunlay inqirozga uchrab parchalanib ketadi.

Songai davlati. Songai qabilalari Gana va Malining shimoliy-shar- qida yirik savdo markazlaridan biri Gao atroflarida yashagan. Dastlab 1 ming yillik boshlarida Songailar tuzgan davlat birlashmasi Mali ta'sirida bo'ladi. Malining zaiflashuvi esa islomni qabul qilgan Songailar hukmdori Almiga XIV asr oxirida ularni yengib, poytaxti Gao bo'lgan mustaqil davlatini tuzish imkonini beradi. Songai XIV-XV asr chegaralarida kuchaygan. U Niger daryosi havzasida o'z hukmronligini to'liq o'rnatadi. Mamlakat viloyatlarga boiinib, ularni hukmdorning yaqin kishilari boshqargan. Songaining asosiy daromad manbayi tranzit savdosi va oltin konlari edi. Aholidan undirilgan soliqlar ham muntazam oshib borgan va xazinani to'ldirish omillaridan biri bo'lgan. Amaldorlarga taqdim etilgan katta yer-mulklarda qullar ishlagan. Davrlar o'tishi bilan qullar qaram dehqonlarga aylanib boradi. Ularning avlodlari esa kichik yer- mulkning erkin egalariga aylanib, davlatga faqat soliq to'laganlar, xolos. Songaida maxsus yollanma qo'shin ham tuzilgan edi Hozirgi Efiopiyaning shimolida qadimdan Aksuin davlati vujudga kelib, uning yuksalishi IV—V asrlarga to'g'ri keladi. Aksum hukmdorlari karvon yo'llari joylashgan Arabistonning janubiy sohillarini, Sharqiy Sudanning bir qismini egallaydilar. Bu davlat Rim imperiyasi, ke­yinchalik Vizantiya bilan yaqin iqtisodiy va madaniy aloqada bo'lgan. Shu sababdan Aksum hukmdori va uning a'yonlari xris­tian dinini qabul qiladilar.

VII asrda Aksum qo'shinini Arab xalifaligi lashkari mag'lubiyatga uchratib, Arabiston yarim orolining janubidagi yer- laridan mahrum qilgan. Aksumdagi vaziyat murakkablashib, X asrdan hokimiyat yangi sulola qo'liga o'tadi.



Efioplarning xristian davlati XII asrda qayta tiklanib, XIII asrdan taxtga kelgan Solomonlar sulolasi 1974-yilga qadar Efiopiyada im­perator bo'lib qoladi. Rivoyatlarga ko'ra, Aksumning birinchi hukm­dori Manelik — podsho Sulaymonning Arabiston malikasidan tug'ilgan o'g'li bo'lgan. Bu Aksumning Arabiston bilan aloqalari qadimdan yaxshi bo'lganini, sulolaning nomi tarixiy asosga ega ekan- ligini ko'rsatadi.


Download 1,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   222




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish