Vengerlar bilan kurash. Genrix I ning o'g'li Otton I (936-973) davrida kuchli ne- mis otliq qo'shini vujudga keldi. Yevropaning boshqa mamlakatlaridagi kabi uning asosini og'ir qurollangan ritsarlar otliq qo'shini tashkil etgan. Bitta otliq jangchini qurol-aslaha bilan ta'minlash uchun bir necha dehqon, ba'zida hatto bir necha qishloq ishlashiga to'g'ri kelgan.
Burglarga tayangan yangi otliq qo'shin ko'magida Otton I vengerlar bilan hal qiluv- chi jangga shaylanadi. 955-yilda Bavariyaning Lex daryosi bo'yida bo'lib o'tgan og'ir jang- da vengerlar mag'lub etiladi. Shundan so'ng ularning Germaniyaga bosqinlari to'xtaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |