Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish,siyosiy yangiliklar bilan tanishtirish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilar Jadvalni to`ldiradilar.Doskada to`ldirsa ham bo`ladi.
Turkiyaning siyosiy ahvoli
|
Tashqi siyosati
|
Urushdan keyingi ahvoli
|
|
|
|
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Misr. 1922-yili Buyuk Britaniya Misr ustidan o‘z protektoratini bekor qilib, uning to‘liq mustaqilligini tan oldi. 1923-yili qabul qilingan konstitutsiyaga ko‘ra, Misr monarxiya deb e’lon qilindi.
1941-yili Misr hududiga Germaniya va Italiya qo‘shinlari kiritildi.
Jazoir, Tunis va Marokash Fransiyaning mustamlakalari bo‘lib, Birinchi jahon urushidan keyin ham shu holat saqlanib qoldi. Ja- hon urushlari oralig‘ida Jazoirda — Farhod Abbos, Tunisda — Habib Burg‘iba, Marokashda — Abdul Karim boshchiligida milliy-ozodlik harakatlari avj oldi. Bu harakatlar g‘alaba qozonmagan bo‘lsa-da, mintaqadagi arab xalqlari milliy va siyosiy ongining o‘sishida katta rol o‘ynadi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘plab musulmonlar Fransiyani qo‘llab-quvvatladi, fransuz armiyasi safiga kirdi. 1940-yili Fransiya mag‘lubiyatga uchragandan so‘ng Jazoir va Tunis Germaniya va Itali- yaning xomashyo bazasiga aylantirildi.
Liviya. Birinchi jahon urushidan keyin Italiya Liviyaga ko‘p ming kishilik qo‘shin kiritdi. Liviya qarshilik harakati otryadlari Italiya qo‘shinlariga qarshi kurash olib bordi. 1931-yili qarshilik harakati bostirilib, uning rahbarlari qatl qilindi. Liviya Italiyaning mustamla-
kasiga aylantirildi.
Birinchi jahon urushidan so‘ng Afrikaning janubiy va markaziy qismida joylashgan hududlar Buyuk Britaniyaga qarashli bo‘lib, uning mustamlakalarida Afrika umumiy aholisining katta qismi istiqomat qilardi.
Fransiya Afrika qit’asining katta hududini egallab olgan bo‘lsa- da, Fransiya mustamlakalarining asosiy qismi G‘arbiy va Ekvatorial Afrikada joylashgan va ancha qismi Sahroyi Kabirga to‘g‘ri kelardi.
Qolgan hududlarni Belgiya, Portugaliya, Ispaniya va Italiya o‘zaro bo‘lishib olgandilar.
Afrikada metropoliyalar siyosatining o‘ziga xos tomonlari.
Birinchi jahon urushidan so‘ng Afrikada infratuzilma obyektlari: temiryo‘llar, bandargohlar, aloqa tizimi, shuningdek, Yevropa tipidagi ma’muriy tashkilotlar, maktablar, kasalxonalar qurildi. Missionerlik faoliyati orqali xristian dini tarqaldi. Natijada Afrikani modernizatsiya- lash uchun intilishlar paydo bo‘ldi, an’anaviy jamiyatga yevropacha unsurlar kirib bordi.
Iqtisodda aholining katta qismi avvalgiday an’anaviy usulda kun kechirish bilan band edi, qishloq xo‘jaligi ibtidoiy usulda olib borilardi, bir qism aholi hunarmandchilik, ovchilik bilan band bo‘lib, muntazam mehnat qilish malakasiga ega emasdi.
Ijtimoiy sohada eski tuzum (katta oila, urug‘, jamoa, qabila), qa- bila va jamoa boshliqlarining avvalgi Iyerarxiyasi, urug‘lar va qabi- lalar o‘rtasidagi munosabatlarning murakkab tizimi, qulchilik saqlanib qoldi. Jamiyatda mahalliy tabib va kohinlarning obro‘si hali ham juda yuqori edi.
Siyosiy sohada, hatto, yangi siyosiy institutlar paydo bo‘lgan joy- larda ham ular eski siyosiy tizim asosiga qurildi, ularda qabila boshliqlari, kohinlar va shu kabilar asosiy rol o‘ynadi.
Madaniy sohadagi muvaffaqiyatlar ko‘pincha faqat tashqi ko‘rinish edi, xolos: xristianlik rasmiyat uchun qabul qilindi, mahalliy aholining ongi va xulqida avvalgiday an’anaviy madaniyat va ibtidoiy tasavvurlar hukmron bo‘lib qolaverdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |