Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish,siyosiy yangiliklar bilan tanishtirish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilar Jadvalni to`ldiradilar.Doskada to`ldirsa ham bo`ladi.
Lotin Amerikasining siyosiy ahvoli
|
Tashqi siyosati
|
Urushdan keyingi ahvoli
|
|
|
|
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni Xitoy. Birinchi jahon urushi yillarida Xitoy amalda Yaponiyaga to‘liq qaram bo‘lib qoldi.
1919-yil Parij konferensiyasida Xitoy o‘z talablari bilan ishtirok etdi. Bu talablar yapon qo‘shinlari tomonidan Xitoy hududini bosib olishni to‘xtatish, Shandun orolini ozod qilish, Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olishdan iborat edi. Talablar Xitoy ilgari G‘arb davlatlari bilan imzolashga majbur bo‘lgan shartnomalarning ham bekor qilinishini nazarda tutardi. G‘arb davlatlari bunga rozi bo‘lmadi va Xitoyga rasman rad javobi berildi.
Bundan g‘azablangan xitoylik talabalar 1919-yil 4-may kuni Pe- kinda namoyish boshladilar. 1920-yil iyulda Pekindagi hukumat ag‘da- rilib, hokimiyatga Buyuk Britaniya va AQSH tomonidan qo‘llab-quvvatlangan U Peyfu keldi. Natijada, 1921 — 1922-yillari Vashingtonda bo‘lib o‘tgan konferensiyada barcha ishtirokchi dav- latlar Xitoyning suvereniteti va hududiy yaxlit- ligini kafolatladi.
Xitoy inqilobini tashkil qilishda Sun Yatsenning roli beqiyos.
yili u Xitoy Respublikasi prezidenti lavozimiga saylandi. Biroq mamlakat shimoli va chet el davlatlari Sun Yatsenning hukumatini tan olmadilar. 1925-yil martda Sun Yatsen vafot etgandan so‘ng mamlakatni tinch yo‘l bilan birlashtirish imkoniyati yo‘qqa chiqdi.
1925-yil bahorda shanxaylik burjuaziya, ta- labalar va ishchilar vakillari mamlakatdagi inglizlarga qarshi harakat boshladi. Hara- katga talabalarning tinch namoyishi ingliz politsiyachilari tomonidan o‘qqa tutilishi sa- bab bo‘ldi. Bu vatanparvarlik harakati «30- may harakati» nomini oldi va Xitoyning suverenitetini tiklash shiori ostida o‘tdi. In- qilobga Gomindan partiyasi (Milliy parti- ya) rahbarlik qildi. 1926-yili general Chan Kayshi boshchiligidagi Gomindan milliy hu- kumati Milliy inqilobiy armiyaning Shimol- ga yurishini boshladi. Bu yurish davrida Markaziy Xitoyning ko‘plab provinsiyalari, jumladan, Uxan, Nankin, Nanchan, Shanxay kabi yirik shaharlari gomindanchilar qo‘liga o‘tdi.
Shu davrda gomindanchilar bilan kommunistlar o‘rtasida ajra- lish yuz berdi. Mamlakatda real hokimiyatni qo‘lga olgan gomin- danchilar inqilobni yakunlangan deb hisobladi, kommunistlar esa Xitoyda sotsializm qurish rejasini ilgari surdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |