Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish,siyosiy yangiliklar bilan tanishtirish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilar Jadvalni to`ldiradilar.Doskada to`ldirsa ham bo`ladi.
Ispaniyaning siyosiy ahvoli
|
Tashqi siyosati
|
Urushdan keyingi ahvoli
|
|
|
|
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Janubiy Amerikada va Shimoliy Amerikaning janubiy qismida joylashgan davlatlar, shuningdek, Karib dengizidagi orollar Lotin Amerikasi mamlakatlari deb ataladi. Bu nom yevropaliklar bosqini- dan keyin mahalliy aholi lotin tilidan kelib chiqqan ispan, portugal, fransuz tillarida so‘zlasha boshlaganlari uchun berilgan. Birinchi jahon urushi Lotin Amerikasi mamlakatlarida kapitalizm rivojlanishi jarayonini yanada jadallashtirdi.
Yevropadan keladigan tovarlar va kapital oqimi vaqtincha kamaydi. Ja- hon bozorida mintaqa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan oziq-ovqat va xom ashyo mahsulotlarining narxi, xususan, Kuba shakarining narxi 11 marta osh- di. Bu kapitalning jamg‘arilishi, ma- halliy ishlab chiqarishning rivojlanishi, iqtisodning nisbatan barqaror sur’atlar bilan o‘sishi uchun imkoniyat yaratdi. Agroeksport, tog‘-kon va yengil sanoat tarmoqlari jadal rivojlandi. Ammo Lotin Amerikasi mamlakatlari. 1920-yillar oxiriga kelib ekstensiv asosda iqtisodni samarali rivojlan- tirishning imkoniyatlari tugadi.
1920-yillarda Lotin Amerikasi mamlakatlari siyosiy jihatdan faqat nomigagina respublika edi. Aholining katta, ayniqsa, yirik iqtisodiy va madaniy markazlardan uzoqda joylashgan ko‘pchilik qismi savod- siz yoki kamsavod bo‘lib, saylovlarda qatnashmasdi va demokratik tuzum uchun ijtimoiy asos bo‘la olmasdi.
1920-yillardagi liberal islohotchilik Lotin Amerikasida ancha oyoqqa turgan mahalliy burjuaziyaning, shuningdek, aholining keng qatlami manfaatlarini aks ettirardi. Shu sa- babli islohotchi hukumatlar ijtimoiy siyosat- ga katta ahamiyat qaratdi. Argentinada Ipo- lito Irigoyen hukumatining faoliyati bu davr liberal-islohotchilik siyosatiga yorqin misol bo‘lishi mumkin. Uning hukumati milliy sa- noatning rivojlanishini rag‘batlantirdi, davlat neft sanoatini shakllantirdi. 1929—1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi Lotin Amerikasi mamlakatlarida qaror topgan ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning salbiy tomonlarini, iqtisodning tashqi bozorga haddan tashqari qaramligi- ning og‘ir oqibatlarini ochib tashladi. Inqiroz yillari Lotin Amerikasi mamlakatlarining an’anaviy mahsulotlariga jahon bozorida talab ka- mayib ketdi. Minglab plantatsiyalar, zavod va fabrikalar to‘xtab qoldi. O‘z xaridorini topmagan millionlab tonna qahva, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik mahsulotlari yo‘q qilindi. Ko‘plab ishlab chiqaruvchilar xonavayron bo‘ldi. Yuz minglab kishilar ishsiz qoldi. Meh- natkashlar, aholi o‘rta qatlamining umumiy yashash darajasi yomon- lashdi. Iqtisodiy inqiroz mintaqadagi hukmron rejimlarni jamiyatdagi tayanchidan mahrum qildi, ijtimoiy beqarorlikning o‘sishiga, jiddiy siyosiy o‘zgarishlarga olib keldi. Ayni paytda, har bir mamlakatda voqealar turlicha rivojlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |