Ispaniya fashizmi. Italiya fashist- laridan namuna olgan o‘ng partiyalar 1933-yili ispan falangasini tashkil qildi. Shu davrdan boshlab bu falan- ga vujudga kelgan ispan fashizmining asosi bo‘ldi. 1934-yili fashistlarning bir necha vakillari hukumat tarkibiga kirdilar. Shunday sharoitda so‘l kuch- lar Xalq frontini tuzdi. Ular 1936- yili korteslarga (parlament) o‘tkazilgan saylovlarda g‘olib chiqdi. Mamlakat prezidenti va hukumat boshlig‘i shu front vakillaridan saylandi. Mamlakatda barcha siyosiy mahbuslar ozod qilindi, ilgari erishilgan barcha demokratik va ijtimoiy yutuq- lar tiklandi. Ammo o‘ng falanga xavfi bartaraf etilmadi. Ular dav- lat to‘ntarishiga tayyorlanib, bunda asosiy rolni armiya va generallar o‘ynadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |