Belgilangan vaqt.
1.
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2.
|
O`tilgan mavzuni takrorlash
|
12 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
14 daqiqa
|
4.
|
Mustahkamlash
|
12 daqiqa
|
5.
|
Baholash
|
2 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish,siyosiy yangiliklar bilan tanishtirish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilar Jadvalni to`ldiradilar.Doskada to`ldirsa ham bo`ladi.
Italiya ning siyosiy ahvoli
|
Tashqi siyosati
|
Urushdan keyingi ahvoli
|
|
|
|
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Italiya Birinchi jahon urushida uncha katta talafot ko‘rmadi. Aksin- cha u Avstriya-Vengriya yerlarining bir qismini egallab, o‘z hududini ancha kengaytirib oldi. Ammo shunga qaramasdan, urushdan so‘ng mamlakat ichki ziddiyatlar girdobida qoldi. Bu ziddiyatlarning asosini ko‘p sonli ishsizlar va iqtisodiy inqiroz tashkil qildi. O‘ta dolzarb is- lohotlarni amalga oshirish uchun hukumat yetarli kuchga ega emasdi.
Fashistlarning hokimiyatga kelishi. Umumiy inqiroz sharoitida Benito Mussolini boshchiligida 1919-yilning mart oyida tuzilgan fashistlar partiyasi faollashib ketdi. 1921-yili fashistlar harakati bir qadar rasmiy tus olib, davlatning siyosiy qudratini mustahkamlashga qaratilgan millatchilik tashviqotini olib bordi. Ularni mamlakatdagi jiddiy kuchlar qo‘llab-quvvatladi, aholining ham katta qismi xayrixoh- lik bildirdi.
Fashistlar 1921-yilgi parlament saylovlarida 36 ta o‘ringa ega bo‘ldi. 1922-yil oktabrda fashistik guruhlarning mashhur Rimga yurishidan so‘ng qirol Viktor Emmanuil III Mussolinini hukumat boshlig‘i etib tayinladi.
Fashistlar siyosati. Fashistlar hokimiyatda tur- gan dastlabki yillarda mamlakatda barqarorlashuv va iqtisodiy o‘sishni ta’minladi. Mussolini dast-
lab mavjud siyosiy partiyalar va kasaba uyush- malarini taqiqlamadi. Parlament faoliyat yuritdi,
partiyalarning gazetalari ham chiqib turdi. Iqti- sodiyotga to‘g‘ridan to‘g‘ri va har tomonlama aralashish yo‘li bilan Italiya fashistik davlati mamlakat rivojlanishi sur’atlarini keskin oshirish-
g
«Yosh fashistlar»
jurnalining muqovasi.
Italiya.
a erishdi. 1938-yili Mussolini irqiy qonunlar
chiqardi, 1939-yil boshida esa Deputatlar pala- tasini tarqatib yuborib, uning o‘rniga Katta fa- shistik kengash tuzdi.
Italyan fashizmi maxsus totalitar diktatura sifatida totalitar va avtoritarlik belgilariga ega edi. Uning mafkuraviy tizimi katolitsizm,
an’anaviylik, sotsializm g‘oyalari bilan to‘ldirilgan millatchilik poyde- voriga qurildi.
Fashistlar barcha totalitar tuzumlarga xos bo‘lgan tajovuzkor siyo- satni avj oldirdi. 1927-yilda Albaniya Italiyaning protektoratiga aylantirildi. 1939-yilda Mussolini Deputatlar palatasini tarqa- tib yuborib, uning o‘rniga Katta fashistik kengashtuzdi.
1940-yil 10-iyunda Fransiyaga urush e’lon qilgan Italiya Ikkinchi jahon urushiga kirishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |