I.Tashkiliy qism: Salomlashish,davomatni aniqlash,sinf tozaligini kuzatish,siyosiy yangiliklar bilan tanishtirish.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash: O`quvchilar Jadvalni to`ldiradilar.Doskada to`ldirsa ham bo`ladi.
Afrikaning siyosiy ahvoli
Tashqi siyosati
Urushdan keyingi ahvoli
Faol o`quvchilar baholanadi.
III.Yangi mavzu bayoni: Germaniyada fashistlarning hokimiyatga kelishi va xalqaro munosabatlar. 1933-yil yanvarda Germaniyada A. Gitler boshchiligi- dagi natsional-sotsialistik ishchi partiyasi hokimiyatga keldi. U Ger- maniyaning Birinchi jahon urushidagi mag‘lubiyati uchun o‘ch olishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan urush partiyasi edi. Ikkinchi jahon urushining boshlanishi. 1939-yil 1-sentabrkuni Germaniyaning Polshaga bostirib kirishi bilan Ikkinchi jahon urushi boshlandi va 1945-yil 2-sentabrgacha davom etdi. Polshaga yordam berishni va’da qilgan Buyuk Britaniya va Fransiya 3-sentabr kuni Germaniyaga urush e'lon qildi. S
Nemis bombardimonidan yashiringan sovet bola- lari. 1941-yil, iyul.
ovet rahbarlari paytdan foydalanib qoldi. 1939-yil 17-sentabr kuni Pol- shaga sovet qo‘shinlari kiritildi. Ger- maniya bilan SSSR o‘rtasida do‘stlik shartnomasi imzolanib, unda Polsha davlati siyosiy xaritadan butunlay o‘chirib tashlandi.
1940-yillarda sovet — fin uru- shi bo‘lib o‘tdi. Sovetlar juda katta yo‘qotishlar evaziga Kareliyani Viborg shahri bilan birga SSSR tarkibiga qo‘shib oldi. Ammo tezkor g‘alaba qi- lish va Finlandiyani qaram davlatga aylantirish rejasi amalga oshmadi. SSSR tajovuzkor davlat sifatida Millatlar Ligasi tarkibidan chiqarildi.
yil martda SSSR Finlandiya bilan sulh tuzishga majbur bo‘ldi. yil sentabrda Germaniya, Yaponiya va Italiya o‘rtasida harbiy hamkorlik to‘g‘risida kelishuv — Uchlar pakti imzolandi. Tez orada bu paktga Vengriya, Ruminiya, Slovakiya va Bolgariya ham qo‘shildi.
Germaniyaning SSSRga bostirib kirishi.Germaniya bilan SSSR o‘rtasidagi urush muqarrar bo‘lib, G‘arbiy Yevropaning egallanishini Gitler o‘zining asosiy rejasi — Sharqqa yurish uchun tayyorgarlik sifatida qarayotgan edi. Gitler SSSRni shiddat bilan tor-mor qilishni ko‘zda tutgan «Barbarossa» rejasini tasdiqladi. yili 22-iyunda Germaniya SSSRga bostirib kirdi. Germaniyaning hujumi SSSR uchun kutilmaganda yuz berganligi I. Stalinning eng yirik xato- laridan biri bo‘ldi.