1936-yil 18-iyul kuni falangachilar hamma joyda harbiy to‘ntarishni boshlab yubordi. Ularga qarshi Xalq fronti jangga ko‘tarildi. Shu tariqa Ispaniyada fuqarolar urushi boshlanib ketdi. Shunday sharoitda Fransiya, Buyuk Britaniya va yana ko‘plab davlatlar Ispaniyaga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi va o‘zlarining fuqarolar urushiga aralashmasliklarini e’lon qildi. Dastlab bu keli- shuvga qo‘shilgan SSSR keyin o‘z qarorini o‘zgartirib, respublika- chilarga yordam bera boshladi. Xuddi shunday Germaniya va Italiya falangachilarga yordam ko‘rsatdi. Ispaniyadagi fuqarolar urushi ikki yarim yil davom etdi. Unda deyarli 1 mln. ispanlar halok bo‘ldi. Falangachilar g‘olib chiqdi va 1939-yil 1-aprelda Ispaniyada general F. Franko diktaturasi batamom o‘rnatildi.
I
Do'stlaringiz bilan baham: |