Sana: Fan: Jahon tarixi Sinfi: 10 Mavzu



Download 1,01 Mb.
bet133/155
Sana01.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#421302
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   155
Bog'liq
10-sinf Jahon tarixi konspekt

III.Yangi mavzu bayoni: Ikkinchi jahon urushi tugashi bilan Hindistondagi hind va musul- mon diniy jamoalari o‘rtasida kelishmovchiliklar yanada keskinlashdi. Buning ustiga urushdan keyingi oziq-ovqat inqirozi Hindistonni deyar- li ocharchilik holatiga olib kelib, ahvolni juda murakkablashtirdi. Bu holat Buyuk Britaniyani tezroq Hindistonni tark etishga majbur qildi.
Hindistonni ikkita davlatga — Hindiston va Pokistonga bo‘lish rejasini ishlab chiqdi. Aholining hind va musulmon diniy jamoalariga mansubligi bo‘linish uchun asos qilib olindi.
1947-yil 15-avgust kuni ikkita mustaqildavlat — Hindiston va Pokiston tashkil topganligi e’lon qilindi. Hindiston hukumatini Java- harlal Neru, Pokistonnikini esa Liikat Alixon boshqardi.
Hidistonning bo‘linishi ko‘plab muammolarni keltirib chiqardi. Bo‘li- nish paytidagi mojarolarda odamlarning ommaviy o‘ldirilishi uzoq yil- larga Hindiston va Pokiston o‘rtasida o‘zaro dushmanlik hissini shakl- lantirdi. O‘z yurtini tashlab, boshqa hududlarga ko‘chish ham millionlab kishilar hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Musulmonlarni himoya qilgan- likda ayblangan Maxatma Gandi hind-mutaassibi tomonidan o‘ldirildi.
M. Gandining o‘limi hindlar uchun juda katta milliy fojia bo‘ldi. Bu fojia jazavaga tushgan olomonni biroz jilovladi, o‘ylab ko‘rishga, qon to‘kishni to‘xtatishga majbur qildi. Eng katta islohot agrar sohada o‘tkazildi. Yer unda mehnat qiladigan dehqonlarga tarqatildi. Yerni ijaraga berib, undan foyda olishga asos- langan tizim bekor qilindi. Biroq mehnat unumdorligi o‘smadi, hosildorlik juda sekin o‘sdi, oziq-ovqat muammosi yana uzoq vaqt saqlanib qoldi.
1950-yillarning ikkinchi yarmi — 1960-yillar Hindistonda jadal industrlashtirish boshlandi. Davlatga qarashli yirik sanoat korxonalari qurildi. Ammo iqtisodiy o‘sish natijalari aholining o‘sish sur’atlari oldida juda past bo‘lib, yalpi milliy mahsulotning yarmidan ko‘pi ichki iste’molga sarf qilinar edi. Natijada 1960-yillarda sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan va madaniyat sohalarida erishilgan muvaffaqi- yatlarga, iqtisodiyotdagi o‘zgarishlarga qaramasdan, aholining yashash darajasi, turmush madaniyati pastligicha qolaverdi.
Zamonaviy siyosiy tizimning shakllanishi. XX asrda mustaqillik- ka erishgan Osiyo va Afrika mamlakatlari ichida Hindiston muqim parlament demokratiyasini shakllantira olgan yagona davlat bo‘ldi. 1949-yili Hindistonning yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Kons- titutsiya asosiy demokratik erkinliklar, inson huquqlari, kastalar tengligini, hokimiyatning bo‘linishi prinsipini e’lon qildi.
1960— 1970-yillardagi inqiroz. 1965-yil Hindiston bilan Pokis- ton o‘rtasida boshlangan urush Hindistonda ichki siyosiy barqaror- likka ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Urushni to‘xtatish uchun 1966-yili Toshkentda Hindiston va Pokiston o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlanib, Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
Shu davrda iqtisodiy qiyinchiliklar ham ortib bordi. 1966 — 1967-yil- larda iqtisodda turg‘unlik yuz berdi. Keyingi yillarda ham sanoat o‘sishi past darajada bo‘ldi. Mamlakatga ochlik doimiy xavf solib turdi. 1960-yillarda agrar islohot o‘tkazildi. Ammo u ahvolni sezilarli yaxshilamadi. Hind dehqonlari hali ham ochlik darajasida kun ke- chirardi.
Shunday holatda bosh vazir Indira Gandi 1970-yillarda bir qa- tor muhim islohotlarni amalga oshirdi. Ular, asosan, iqtisodga davlat aralashuvini kamaytirishga qaratilgan edi. Natijalar yomon bo‘lmadi. Ammo 1990-yillar boshida Hindistonning iqtisodiy ahvoli yana yomonlashdi. Iqtisodiy o‘sish deyarli to‘xtadi, inflatsiya kuchaydi, ish- sizlik oshdi.
Pokiston. Islom dini Pokiston uchun millatni jipslashtiruvchi omil bo‘lib keldi. Ammo mustaqillikdan so‘ng mamlakat murakkab siyosiy jarayonlarni boshidan kechirdi. Diniy va hududiy mojarolar barqa-
ror siyosiy tizimning shakllanishiga, iqtisodning rivojlanishiga xalaqit berdi. Pokistonda mehnatkashlarning ahvoli og‘irligicha qoldi.
1977-yili harbiy to‘ntarish ro‘y berdi — hokimiyatga general Ziyo ul- Haq keldi. U parlamentni tarqatib yubordi, premyer-ministrni vazifasi- dan ozod qildi va erkin saylovlar tayinladi. 1988-yilgi saylovlar nati- jasida hokimiyatga Benazir Bxutto boshchiligidagi Pokiston xalq par- tiyasi keldi. B. Bxutto mamlakatning bosh vaziri bo‘ldi. Ziyo ul-Haq
davrida qamoqqa olingan barcha siyosiy arboblarga amnistiya berildi.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish