rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;
FK2: talaffuz me’yorlariga, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.
Darsning turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi dars.
Darsning metodi: “Muzyorar”, “Savolning javobini top” ta’limiy o‘yinlari, suhbat.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
1 . Tashkiliy qism.
salomlashish
davomatni aniqlash
navbatchining axboroti
sinf tozaligini va o‘quvchilarni darsga tayyorgarligini nazorat qilish
2 O`tilgan darsni mustahkamlash.
Husnixat daqiqasi:
Vatani borning baxti bor
Mehnati borning taxti bor.
O’tgan dars yuzasidan savol javob o`tkazish.
O’qituvchi:
Nutq nima?
Gap nima?
So’z nima?
Uyga berilgan vazifani tekshirish.O'quvchilar daftarlarini ochiq qo’yadi. O’qituvchi uyga vazifani nazorat qilib chiqadi.
O’qituvchi: 4-mashq matnida nechta gap bor ekan?
O’quvchi:…..
O’quvchilar matnga qo’ygan sarlavhalarini o’qiydilar.
3.Yangi mavzu:
Sana , yangi mavzu sinf doskasiga yozib qo’yiladi. O’qituvchi yangi mavzuni e’lon qiladi va mashqlar asosida tushuntiradi. Yangi mavzu bayoni mashqlar bilan birgalikda tushuntirib boriladi.
Slay ko’rsatiladi.
Darslik bilan ishlash.
5-mashq .Matnda nechta gap borligini aniqlang
O'lkamizda yalpiz, isiriq, kiyiko't va boshqa o'simliklar o'sadi bu o'simliklarni dorivor o'simliklar deyishadi dorivor o'simliklar inson hayotida katta ahamiyatga ega ular yig'ilib, dori-darmon tayyorlash korxonasiga topshiriladi.
Ko'chiring. Gaplarni bosh harf bilan boshlab, oxiriga nuqta qo'yishni unutmang.
Gap qanday belgilarga ega?
Mashq sharti o’quvchilar bilan tahlil qilinadi.
Sinf doskasiga o’quvchilar navbati bilan chiqib mashqning bittadan gapini yozadilar.
O'lkamizda yalpiz, isiriq, kiyiko't va boshqa o'simliklar o'sadi. Bu o'simliklarni dorivor o'simliklar deyishadi. Dorivor o'simliklar inson hayotida katta ahamiyatga ega. Ular yig'ilib, dori-darmon tayyorlash korxonasiga topshiriladi.
6-mashq. O’qing
Maktabimizda bir nechta sport to'garaklari bor men shaxmat to'garagiga
qatnashaman to'garakda biz shaxmat sirlarini o'rganyapmiz sen qanday
to'garakka qatnashyapsan unda nimalar o'rgatiladi
Наг bir gapning tinish belgisini qo'yib, ko'chiring. Matnga sarlavha toping.
Do'stlaringiz bilan baham: |