rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish;
FK2: talaffuz me’yorlariga, bo‘g‘in ko‘chirish qoidasiga rioya qila oladi, mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda, o‘zlashtirilgan leksik birliklarni matnda qo‘llay olish.
Darsning turi: o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantiruvchi dars.
Darsning metodi: “Muzyorar”, “Savolning javobini top” ta’limiy o‘yinlari, suhbat.
Darsning jihozi: mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi.
T/R
|
Bo’limlar
|
Vaqti
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O`tgan mavzuni mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5
|
O`quvchilarni rag`batlantirish. Darsni yakunlash.
|
10 daqiqa
|
6
|
Uyga vazifa
|
2 daqiqa
|
Jami
|
45 daqiqa
|
1-bosqich. Tashkiliy qism
1. Salomlashish.
2. Navbatchi bilan suhbat.
O`qituvchi: Bugun kim navbatchi?
Navbatchi: Bugun sinfda men navbatchiman. Darsga hamma o`quvchi qatnashayapdi. Hozir diyorimizda oltin kuz fasli. Bugun havo iliq.
Dars qoidasi bilan tanishtirish.
1. Vaqtdan unumli foydalanish.
2. O`ng qo`l qoidasi.
3. O`zaro hurmat
4. Intizom.
5. Faol ishtirok etish.
M’anaviyat daqiqasi.
O`qituvchi: Bolajonlar,
-Esonmisiz ,omonmisiz
Bugun darsga tayyormisiz?
O`quvchilar xor bo‘lib:
Rahmat ustoz omonmiz
Bugun darsga tayyormiz.
O`qituvchi: Vatan nima?
O`quvchi: Vatan bu biz tug`ilib o`sgan uyimiz, mahallamiz, shahrimiz, tumanimiz ona diyorimiz.
O`qituvchi: Siz qaysi Respublikada yashaysiz?
O`quvchi: O`zbekiston Respublikasida yashaymiz.
O`qituvchi: O`zbekiston Respublikasi qachon mustaqillik erishdi ?
O`quvchi: -1991 yil 31-avgustda. Har yili 1-sentabrda mustaqilligimizni nishonlaymiz.
O`qituvchi:-Bu yil mustaqilligimizga necha yil to`ldi ?
O`quvchi: -28 yil.
O`qituvchi:- O`zbekiston Respublikasining poytaxti qaysi shahar ?
O`quvchi:-Toshkent shahri.
O`qituvchi:-O`zbekistonda qancha millat yashaydi?
O`quvchi:-130 dan ortiq millat yashaydi.
O`qituvchi:-O`zbekistonda nechta viloyat bor ?
O`quvchi: -12 ta.Toshkent, Namangan , Samarqand, Buxoro, Andijon, Farg`ona, Xorazm, Sirdaryo , Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax , Navoiy.
O`qituvchi:-Biz qaysi viloyatda yashaymiz ?
O`quvchi:-Samarqand viloyatida.
O`qituvchi:-O`zbekistonda kimlar yashaydi ?
O`quvchi:-Ko`proq o`zbeklar yashaydi. Shuning uchun O`zbekiston deyiladi.
bosqich. O`tgan mavzuni mustahkamlash
1-topshiriq.“Bingo o`yini”
Shaxs va narsa nomini bildirgan so`zlar.
|
Ona
|
qalam
|
Shaxs va narsa belgisini bildirgan so`zlar.
|
Daftar
|
qog‘oz
|
Shaxs va narsa harakatini bildirgan so’zlar
|
Pishdi
|
keldi
|
Shaxs va narsa sonini bildirgan so`zlar
|
Ikkita
|
beshinchi
|
Kishilar ismini bildirgan so`zlar
|
Nilufar
|
Sobirjon
|
Shaharlar nomini bildirgan so`zlar
|
Buxoro
|
Yangiyo`l
|
Har bir guruh a’zosiga Bingo varaqlari beriladi. O`qituvchi so`zlarni aytadi. Qaysi guruh a’zosi birinchi bo`lib so`zni qaysi turkumga kirishini aytsa o`sha o`quvchiga so`z beriladi. O`yin shu tariqa davom ettiriladi. Kimning varaqasi birinchi bo`lib to`ldirilsa „Bingo“ so`zini aytadi va g`olib bo`ladi.
Darsllik bilan ishlash.
14-mashq,Rasmni kuzating.Unda yilning qaysi fasli tasvirlanganini yozing.Hikoyangizda ma'nosiga ko'ra qanday so'zlardan foydalandingiz?
Har bir guruh rasm asosida gaplar tuzadilar. Tuzilgan gaplar izohlanadi. Savollar
1. Og‘zaki nutqda bir gap boshqasidan qanday ajratiladi? Yozma nutqda-chi?
15-mashq.Guruh o`quvchilari mashq sharti asosida har bir ustunga so`zlarni yozadilar.
Shaxs narsa nomini bildirgan so`zlar
|
Shaxs narsa belgisini bildirgan so`zlar
|
Shaxs narsa harakatini
bildirgan so`zlar
|
Maktab
|
Yashil
|
Boshlayapti
|
Ishchi
|
Keng
|
Yozdi
|
Soat
|
Kichik
|
o`qiyapti
|
Gulzor
|
Chiroyli
|
Chizadi
|
Xirmon
|
|
Ishlaydi
|
DIQQAT QOIDA!!!Gap tugallangan mazmunni bildiradi.Gaplar so`zlardan tuziladi.So`zlar kim? nima? qanday? qanaqa? qima qildi? qima qiladi? kabi so`roqlarga javob bo`ladi.
5-bosqich. Yangi mavzuni mustahkamlash.
„Klaster“ metodi
1-guruh Kim so`rog`iga javob bo`ladigan so`zlarga misollar topadi.
6-bosqich. Darsning yakuni.
Dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilarni rag`batlantirish. Guruhlar ballarini hisoblash. O`quvchilar ballarini e’lon qilish.
O‘qituvchi:
Mana bolajonlarim,
Darsimiz bo`ldi tamom.
Ammo mening sabog`im,
Etadi hali davom.
Uyga vazifa:16 –mashq
16- mashq. So‘roq so'zlarning o'rniga berilgan so'zlardan mosini qo‘yib o'qing. Ular nimani ifodalashini ayting.
(Kim?) o'qidi, (nima?) gumburladi, (qanday?) shahar, (qanaqa?) yo‘l, kitobni (nima qilmoqchi?), xatni (nima qilyapti?), musobaqaga (nima qildi?).
Foydalanish uchun so‘zlar: kuchli, o'quvchi, qatnashdi, o'qimoqchi, sho'x, yozyapti, katta, momaqaldiroq, tekis.
O`IBDO`:_______________________________
3 -sinflar uchun Ona tili fanidan 2020-2021 o`quv yili 1-chorakka mo`ljallangan Respublika ta`lim markazi rejasi asosidagi
QISQARTIRILGAN DARS SOATLARIGA MOS
36-soatlik mavzularni o`z ichiga olgan ishlanma.Barchasi yangi yilgi nashrdagi kitobdan tayyorlangan hech qanday kamchiliklari yo`q nazorat ishi va uyga vazifalar to`liq berilgan boshqa konspektlarga aldanib qolmang ularning namunasining o`zidayoq kamchiliklari namoyon bo`lib turibdi. Eng ishonchli variantdagi konspektni to`liq hajmda yuklab olish uchun
Bizda boshqa boshlang`ich sinf va fanlardan ham konspektlar mavjud
https://t.me/sayyodfazliddinov
ga murojaat qiling yoki
+99899 815 54 25
raqami qo`ng`iroq qiling
Telegram kanalimiz: https://t.me/konspekt_2020
Fayl bahosi:8000 so`m
To`lov turi:
Do'stlaringiz bilan baham: |