DARS JARAYONI VA UNING BOSQICHLARI:
1.Tashkiliy qism (3 daqiqa)
2. O’tgan darsni takrorlash (12 daqiqa)
3.Yangi dars mavzusini ro’yobga chiqarish ustida ishlash (14 daqiqa).
4.O’tilgan mavzuni mustahkamlash (12 daqiqa)
5. Dars yakunlarini chiqarish (2 daqiqa).
6.Uyga vazifa (2 daqiqa).
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism (2 daqiqa).
Darsga kirish. O’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, sinf ozodaligini tekshirish, yangi dars mavzusini e’lon qilish.
II. O’tgan darsni takrorlash (12 daqiqa).
O’tgan mavzuni takrorlash , va savollarga javob berish .
Quyidagi atamalar savol sifatida yo’llaniladi:
III. Yangi dars mavzusini ro’yobga chiqarish ustida ishlash (14 daqiqa).
Firma - (lotincha Firmus - kuchli, ishonchli; inglizcha firm; italyancha firma )
1) fuqarolik huquqida yuridik shaxs huquqlariga ega bo'lgan tashkilot yoki yakka tadbirkorning firma nomi;
2) "tijorat tashkiloti" tushunchasining sinonimi
Firma ochish uchun quyidagi amallarni amalga oshirish lozim bo'ladi. eng avvalo, firma ochish bilan bog'liq hujjatlar - firmaning nizomi va ta'sis shartnomasini tayyorlash zarur.
Firma nizomida firmaning nomi,manzili,firma ochishdan ko'zlangan maqsad, firmaning qanday faoliyat turlari bilan shug'ullanishi, firma kimlar - qaysi ta'sischilar tomonidan tashkil qilinayotganligi , firmaning tashkiliy shakli, firma faoliyatini yuritish uchun dastlab qancha miqdorda boshlang'ich mablag' - nizom jamg'armasi safarbar qilinayotgani , firma ta'sischilarining nizomjamg'armasiga qo'shgan hissasi, firma mol-mulkining tarkibi va uni hosil qilish tartiblari kabi ma'lumotlar o'z aksini topishi zarur.
Firmaning nizomida nazarda tutilgan har bir band tadbirkorlik to'g'risidagi amaldagi qonunlarga zid bo'lmasligi lozim. Firma nizomi,odatda, tadbirkorlikning shu firmaga xos yo'l-yo'riq va qonun-qoidalari majmuidan iborat bo'lib, kelajakda firma unga rioya qilgan holda faoliyat yuritishi shart bo'ladi.
Firmaning strategiyasini aniqlashda rahbariyat bozordagi firmaning holati bilan bog'liq bo'lgan 3 ta masalalarga duch keladi :
- qaysi biznesni tugatish ;
- qaysi biznesni davom ettirish ;
- qaysi biznesga o'tish.
Firma tamoyillari :
- o'zini-o'zi qoplash - daromadi xarajatlaridan ortiq bo'lishini ta'minlash ;
- o'zini-o'zi moliyalash, texnik va ijtimoiy taraqqiyotini o'zining daromadidan moliyalashni ta'minlash ;
- o'zini-o'zi boshqarish, boshqarishning ko'pgina qismini firma miqyosida yechish ;
- o'z-o'ziga mustaqillik - xomashyo yetkazib berish va mahsulotni sotish shartnomalarini tuzish.
Firmaning ta'sis shartnomasi- firma ta'sischilari ikki yoki undan ortiq shaxsdan iborat bo'lganda tuziladi. Firmaning ta'sis shartnomasida firmani tashkil qilish , faoliyat yurgazish, firmani boshqarish tamoyili va mexanizmlari, nizom jamg'armasining tarkibi va unga qo'shiladigan ulushlar, firma foydasini ta'sischilar o'rtasida teng taqsimlash qoidalari, Firmaning ichki boshqaruv tuzilmalari, firma maqomini o'zgartirish va uni tugatish bilan bog'liq bo'lgan yo'l-yo'riqlar va o'zaro kelishuvlar o'z aksini topgan bo'lishi kerak.
Bu hujjatlar tuman (shahar) hokimligiga firmani davlat ro'yxatiga olingani haqida qarorni qabul qiladi va maxsus guvohnoma beradi. bu qarorning chiqishi firma ochilganligidan dalolatdir. Endi bu qaror asosida 30 kun ichida firma biror bankda o'z hisob raqamini ochishi, hisob raqamiga nizom jamg'armasida ko'zda tutilgan mablag'ni qo'yib, o'z moliyaviy faoliyatini boshlashi mumkin. shu bilan bir qatorda, firmani soliq inspeksiyasi va kelajakdagi faoliyati bevosita bog'liq bo'lgan tashkilotlar o'z ro'yxatiga kiritishi kerak.
Firmaning taniqlilik belgilari :
Firmaning nomi, tamg'asi yoki tovar belgisi uning taniqlilik belgilari hisoblanadi.
Firmaning tamg'asi yoki tovar belgisi uning mahsulotlari boshqa firma mahsulotlaridan ajralib turishi uchun xizmat qiladi
Iste'molchilar peshtaxtalardan, reklama va e'lonlardan u yoki bu firmaning mahsulotlarini tovar belgilariga qarab tezda ajratib olishadi.
Firma o'z nomi va tovar belgisini ham belgilangan tartibda tegishli tashkilotlarda ro'yxatdan o'tkazishi lozim. Chunki, boshqa mavjud firmalarning nomini qo'yish, tovar belgilaridan foydalanish dunyo bo'yicha taqiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |