Dars tafsilotlari
Tashkiliy qism: o`quvchilar bilan salomlashish.
O`qituvchi:- Darsimiz?
O`quvchilar: - Algebradir darsimiz,
Hisob – kitob ishimiz.
Yozsin – chizsin qo’limiz,
Hisob bilsin boshimiz.
Navbatchi axboroti (ingliz tilida)ni tinglash orqali davomatni aniqlash, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish.
Mart oyining muhim sanalari bilan tanishish (3-slayd).
Harakatlar strategiyasi – O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning asosi (4-slayd).
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilgan muhim ishlardan biri “O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi to`g`risida” gi farmoni bo`ldi (o`quvchilar bilan qisqacha savol-javob o`tkaziladi).
“O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi to`g`risida” gi farmoni qachon qabul qilingan? (2017 yil, 7 fevral)
Harakatlar strategiyasi nechanchi yillarni o`z ichiga oladi va nechta ustuvor yo`nalishdan iborat? (2017-2021 yillarni, 5 ta ustuvor yo`nalishdan iborat )
Ta`lim va fan sohasini rivojlantirish strategiyaning nechanchi va qaysi yo`nalishida nazarda tutilgan? (4-yo`nalish, Ijtimoiy sohani rivojlantirish)
Bugungi darsda ishlatiladigan metodlar va baholash mezonlari bilan o`quvchilarni tanishtirish. Uy vazifasining to`g`ri bajarilganligi uchun “3 ball” beriladi (har bir to`g`ri yechilgan misol uchun “1 ball”), darsning qolgan bosqichlari uchun ishtiroklariga qarab baholanadilar. Mashqlarni doskada bajargan o`quvchilar og`zaki “Savol-javob”ga to`g`ri javob berishlari orqali qo`shimcha ball to`plash imkoniyatiga ega bo`ladilar.
O`quvchilar 4 guruhga bo`linadilar, guruh sardorlari tayinlanadi va guruhlarga nomlar beriladi. 1-guruh “Al-Xorazmiy”, 2-guruh “ Abu Rayhon Beruniy”, 3-guruh “Abu Ali ibn Sino”, 4-guruh “Al-Koshiy”. Shu bilan birga bugungi darsda o`quvchilar “Matematika saltanatining vorislari” nominatsiyasi va “Eng ilg`or o`quvchi “ tanlovi shartlari bo`yicha bellashadilar (5-slayd).
Mana sinf o`quvchilarini guruhlarga bo`lib oldik va ularga tabaqalashtirilgan topshiriqlar beriladi. Bundan ko`zlangan maqsad o`quvchilar o`rtasida do`stona, sog`lom raqobat muhitini shakllantirishdir.
Har bir guruhga quyidagi “Baholash jadvali” topshiriladi va guruh sardorlari olingan ballarni tushirib boradi, dars oxirida ham g`olib guruh, ham “Eng ilg`or o`quvchi“ aniqlanadi va rag`batlantiriladi. Guruh sardorlari a’zolarilarini tanishtiradilar (guruhning nechanchi a’zosi ekanligi emblema orqali ko`rsatiladi, guruh sardorlari
1-a’zo hisoblanadi) va qisqacha o`z guruhlariga nom berilgan buyuk alloma haqida ma’lumot beradilar. “Baholash jadvali”ni to'ldirish o'quvchilarga tushuntiriladi.
“Baholash jadvali”
Sana :_____________ Sinf : _____________
,,_______________________ ” guruhi, guruh sardori : _______________________
T/r
|
Guruh a’zolarining familiyasi va ismi
|
Olgan ballari
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |