Sana: 30-sentabr 2021-yil Mavzu: Suv –hayot manbai. Maqsad: Ta’limiy: O'quvchilarga suvning ahamiyati haqida bilim berish. Ichimlik va turli suvlar haqida ma'lumot berish. Suvsiz hayot yo'q tushunchasini singdirish.
Tarbiyaviy: Bolalarni tejamkorlilik ruhida tarbiyalash. Ichimlik suvidan tejab foydalanish va oqar suvlarni iflos qilmaslikni tushuntirish. Rivojlantiruvchi: O`quvchilar dunyoqarashini kengaytirish. Faol ishtirokchi bo'lishga undash.
Dars turi : Yangi bilim beruvchi Dars uslubi: Suhbat , savol-javob Dars jihozi: Mavzuga mos rasmlar, didaktik materiallar, ko'rgazmalar. Darsning borishi:
I.Salomlashish. Davomatni aniqlash. O`quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish. O'quvchilarni 3 guruhga bo'lish. 1- guruh " Bilimdonlar" guruhi.
2- guruh " Chaqqonlar" guruhi.
3-guruh " Epchillar" guruhi.
II.O`tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni bilimlarini savol-javob orqali so`rab bilish.
1. Ona zaminizmiz Yer qanday shaklda?
2. Yer osti suvlari qanday hosil bo'ladi?
3. Yer usti suvlari deb nimaga aytiladi?
4. Daryo va ko'l deb nimaga aytiladi?
5. Dengiz suvini nega ichib bo'lmaydi?
III.Yangi mavzu bayoni. Yer yuzida shunday katta cho'llar borki, ularning ayrim qismlarida yil bo'yi yomg'ir yog'maydi.
Bunday joylarda o'simliklar deyarli o'smaydi. Ayrim joylarda o'sadigan o'simliklar juda uzun ildizlari orqali yer ostidagi suvdan ichadi.
O'lkamizdagi Qizilqum cho'lining ayrim joyiarida bahorgi yomg'ir suvidan so'ng qumlar ostidan o'tlar o'sib chiqadi. Bu o'tlar jazirama yozda qurib qoladi, Shuning uchun cho'lda yoz oyiarida o'simliklar kam o'sadi .
Aholi kundalik ehtiyoji uchun vodoprovod suvidan ham foydalanadi. Vodoprovod suvi zararli mikrob-lardan tozalangan bo'ladi.
Ba'zi xonadonlarda vodoprovod suvi behudaga oqib yotadi. Vodoprovod suvini olib kelishda ko'plab ki-shilarning mehnati sarflangan. Shuning uchun vo-doprovoddan suv oqib turgan bo'lsa, jo'mragini burab, uni to'xtatib qo'yish zarur.
Suvni tejab ishlatish har birimizning burchimizdir.
Mustaqil ishlash maqsadida " Suvsiz hayot yo'q " mavzusida insho yozish. 5 daqiqa vaqtimizni ijod qilishga sarflaymiz va birinchi yozib bo'lgan 5 nafar o'quvchi a'lo baho bilan baholanadi.
Aqlni chrxlash maqsadida tabiat va tabiat hodisalariga oid topishmoqlar har bir guruhda tarqatiladi. Topishmoqlar quyidagicha:
1. Tog'dan kelar toshday
Arillagan otday (suv)
2. Kelar- ketar izi yo'q
Qaragali ko'zi yo'q ( shamol )
3. Ketaveradi, ketaveradi
Orqasiga qaramayd. ( Suv, ariq )
4. Qo'lim bilan ushlay olmayman
Cho'ntagimga sola olmayman. ( tuman )
IV.Mustahkamlash.
1.O`simliklar qaysi organizmi bilan suv ichadi? 2.Suvning inson va o`simliklar hayotidagi ahamiyati haqida gapirib bering. V. Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilarni baholayman. VI.Uyda o`qib kelish , rasm chizish.
Do'stlaringiz bilan baham: |