Sana: 24. 01. 2017 yil Sinf: 6a fan : tarix Mavzu



Download 29,13 Kb.
Sana07.11.2019
Hajmi29,13 Kb.
#25290
Bog'liq
Tarix Ochiq dars 5386365941

Sana: 24.01.2017 yil Sinf:6A

Fan : tarix

Mavzu : QADIMGI YUNONISTON MADANIYATI

Darsning maqsadi:

Ta’limiy- qadimgi yunon madaniyati, fuqarolar tarbiyasi, Olimpiya o‘yinlarining tashkil topishi, teatrning paydo bo‘lishi, haykaltaroshlik va me’morchilik, so‘qir qo‘shiqchi Gomer dostonlari haqida tushunchalar berish.

Tarbiyaviy- Qadimgi yunon madaniyatining taraqqiy topganligi, teatrning dastlab Yunonistonda paydo bo‘lganligi, Gomer dostonlarida qahramonlik, mardlikning ulug‘lanishi, ezgulikning yovuzlik ustidan g‘alaba qozonishi kabi axloqiy fazilatlarni o'quvchilar ongiga singdirish;

Rivojlantiruvchi- Mavzuga doir atamalarga izoh berish orqali o‘quvchilarning tushunchalarini kengaytirish, bilim, ko’nikma va malakasini rivojlantirish

Darsning vazifalari: 0‘quvchilarda jasurlik, ezgulik, vatanni sevish, uni himoya qilish tuyg‘ularini shakllantirish;

Darsning jihozlanishi:

Darslik, ko’rgazmali qurollar, «Haqiqat manzaralari» kitobi, Qadimgi dunyo xaritasi



Tarqatma materiallar: topshiriqlar yozilgan kartochkalar, rangli markerlar.

Dars turi: O’tgan mavzularni mustahkamlash, aralash, yangi bilimlarni o’zlashtirish,

Dars jarayonida qo‘llaniladigan metodlar: “Klaster” , “Tushunchalar tahlili” , “ Bingo mashqi ”, “ Test bilan ishlash ” , “5X5X5” metodlari.

Bilim : Qadimgi yunon madaniyati, fuqarolar tarbiyasi, Olimpiya o‘yinlarining tashkil topishi, teatrning paydo bo‘lishi, haykaltaroshlik va me’morchilik, Gomer dostonlari haqidagi bilimlarga ega bo’lish. Ko’nikma : Egallagan bilimlarini “Klaster” , “Tushunchalar tahlili” , “ Bingo mashqi ”, “ Test bilan ishlash ” , “5X5X5” metodlari asosida qo’llay olishi.

Malaka: Qadimgi Yunoniston madaniyati mavzusi yuzasidan olgan bilimlarini boshqa mavzular va geografiya,huquq, adabiyot, matematika, rasm kabi fanlar bilan bog’lay olishi va mustaqil yondosha olishi.

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI



Dars qismlari

Vaqti

1

I. Tashkiliy qism

6 daqiqa

2

II.Uyga vazifani mustahkamlash

12 daqiqa

3

III.Yangi mavzu ustida ishlash

12 daqiqa

4

IV.Mavzuni mustahkamlash

8 daqiqa

5

V.Dars yakunlarini chiqarish

5daqiqa

6

VI.Uyga vazifa

2 daqiqa

Darsning borishi:

I.Tashkiliy qism:

О ‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash, о ‘ quvchilar tomonidan tayyorlab kelingan jahonda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan yangiliklarni eshitish va ularning fikrlarini umumlashtirish. Darsning “Oltin qoidalari” va “Balli tizim” to’g’risida gapirish. Yangi dars mavzusini eslatib o’tish, “EGEY BOBO” haqidagi afsonani hikoya qilish. O’quvchilarga vazifa etib Podsho Minosning Labirintiga tushgan bahodir Teseyga yordam berish yuklanadi.

II.Uyga vazifani takrorlash:

1-guruh: «Olimpiya» “Klaster” usulida ishlaydi

Yunoniston madaniyati




2-guruh: «Gomer» “Bingo mashqi ” usulida ishlaydi

Mil.avv 490 –yil

Mil.avv 479 –yil




Mil.avv 480 –yil

Tireyalar




Mil.avv 480 –yil

Femistokl







  1. Marafon jangi….

  2. Fermopil jangi….

  3. Salamin jangi….

  4. Plateya jangi….

  5. Yunonlarning 200 ta harbiy kemalari….

  6. Yunonlarni makedonlarga qarshi kurashga chorlagan mashhur notiq….

  7. Urushdan so’ng O’rta Yer dengizi sohilidagi eng qudratli davlat…

  8. Tireyalar …. km soat tezlik bilan harakatlana olgan .

  9. Fermopil darasidagi jangda yunonlarning lashkarboshisi.

3-guruh: «Iliada» “ Tushunchalar tahlili” usulida ishlaydi

Tushunchalar

Mazmuni

Polis

Yunocha shahar. Yunonistonda shaharlarni polislar deb atashgan

Demokratiya

Yunoncha xalq xokimiyatchiligi

Beshyuzlar kengashi

Kundalik joriy masalalarni hal qiladigan organ

Strateg

Afina hukmdori

Agora

Afina shahrining bosh maydoni

Meteklar

Afinadagi ayollar va ajnabiylar

Filip II

Makedoniya hukmdori

Demosfen

Mashhur notiq


4-guruh: «Odissey» nomi bilan ishlaydi “Tarqatma savol kartochkalari” asosida ishlaydi

1.Marafoncha yugurish necha km dan iborat? Javob : 42 km

2.Hal qiluvchi jangda yunonlar g‘alabasining sababi nimada edi? Javob : Dengiz janglarida mohirliklari

3.Eng oxirgi hal qiluvchi jang qayerda bo‘lgan? Javob : Plateyada

4. Yunonlarni Makedonlarga qarshi kurashga chorlagan mashhur notiq kim? Javob : Demosfen

5.Forslar shohi Kserks qayerda ko‘prik qurishni buyurdi? Javob: Gellespont bo‘g‘ozida

6.Miloddan avvvalgi 337- yil Korinfda tuzilgan ittifoqda qaysi yunon shahar davlati qatnashmagan? Javob : Sparta shahar davlati

7. Filip II yunon shahar davlatlarini Eronga qarshi urush ochishlari uchun qanday bahona o’ylab topadi? Javob : Yuno- Fors urushida yetkazilgan zararni qoplash va Kserks tomonidan Eronga olib ketilgan yunon xudolarining haykallarini qaytarib kelish.

Guruhlar bajargan ishlarini sharhlab beradi va yo’l qo’yilgan kamchiliklar to’ldiriladi.

III.Yangi mavzu: «Qadimgi Yunoniston madaniyati».

«7X7X7» metodi yordamida yangi mavzuni o‘zlashtirish sinf o‘quvchilari 4 guruhga bo‘linadilar Mavzuning umumiy matni 4 qismga bo’linib, har bir guruhga beriladi va guruhlarga matnni o'rganib chiqish vazifa qilib topshiriladi.

O’qituvchining qisqa ma’ruzasi: Fuqarolar tarbiyasi

Fuqaro tarbiyasi

Bolalikdan yunonlar miyasiga jamoat ishlari shaxsiy yumushlardan ustuvor ekanligi to’g’risidagi dunyoqarash shakllantirilgan. Maktablar faol fuqarolar, davlat himoyachilarini tarbiyalashi lozim edi. Sportni rivojlantirilish va Olimpiya o’yinlariga yalpi qiziqish ham shunga xizmatqilgan. Bolalikdanoq o’g’il bolalarga she’riyat va musiqaga muhabbat hissi singdirilardi.



1-guruhga: «Olimpiya» Olimpiya o‘yinlari

Olimpiya o’yinlari

Miloddan avvalgi 776 - yilda ilk bor o’tkazilgan Olimpiya o’yinlari turli - tuman sport musobaqalari orasida eng asosiysi hisoblangan. Ana shu sanadan boshlab har to’rt yilda bir marta Olimp Tog’ida muqaddas olov Quyosh nurlaridan yondirilar, Yunonistonning to’rt tarafidan kelgan sportchilar beshkurashda bellashar edi. Beshkurash esa uzunlikka sakrash, disk uloqtirish, nayza uloqtirish, yugurish va kurashdan iborat bo’lgan. Otchoparda esa aravalarda va otlarda poyga uyushtirilar edi. Odamlar va sportchilar Olimpiyaga eson - omon yetib kelishlari uchun o’yinlar o’tkazilayotgan paytda urushlar to’xtatilgan.

Yunonistondagi Olimpiya o’yinlari Olimp xudosi Zevs sharafiga bag’ishlab o’tkazilgan. Afsonalarga ko’ra, Olimpiya o’yinlari asoschisi Gerakl hisoblangan. Olimpiya o’yinlarida faqat jinoyat sodir etmagan, sha’niga dog’ tushirmagan ozod yunon ishtirok etishi mumkin bo’lgan. Musobaqalarda uch karra g’alaba qozongan sportchi Olimp Tog’ida o’z haykalini o’rnattirishga haqli bo’lgan. Yunonlar yil hisobini ham Olimpiya o’yinlariga qarab yuritganlar.

G’oliblar muqaddas zaytun daraxti novdalaridan to’qilgan gulchambar bilan taqdirlangan. Ayollar Olimpiya o’yinlarida ishtirok eta olmasdi. Ayollar o’yinlar paytida hatto Olimp Tog’i yaqiniga ham kela olmasdilar. Ayollar uchun yugurish bo’yicha alohida musobaqalar o’tkazilgan.

Xristian dini tarqalishi natijasida xudo Zevs sharafiga bag’islangan Olimpiya o’yinlari man qilinadi. Milodiy 394 - yilda sodir bo’lgan zilzila oqibatida

Olimpiya o’yin maydoni vayron bo’lib, qadimgi Olimpiya o’yinlarinio’tkazishbutunlayto’xtab qoldi. Nihoyat, 1896 - yilda Olimpiya o’yinlari qayta tiklandi. Olimpiya o’yinlari ochiladigan kunda qadimgi mash’ala yoqish odati hozirgacha saqlanib qolgan. Quyosh nurlaridan yondirilgan mash’ala Olimpiya musobaqalari o’tkaziladigan joyga keltiriladi.



Eslab qoling!

Milodiy 394 - yilda qadimgi Olimpiya o’yinlarini o’tkazish butunlay to’xtab qoldi. Ni hoyat, 1896 - yilda Olimpiya o’yinlari qayta tiklandi.

Bokschi haykali. Olimpiya o’yinlari g’olibi
2-guruhga: «Gomer» Gomerning «Iliada», «Odisseya» dostonlari

Gomerning «Iliada»va «Odisseya» dostonlari

Miloddan avvalgi 1200 - yil da yunonlar Kichik Osiyoda joylashgan Troyaga yurish qilishgan. Ular mo’l - ko’l o’lja ilinjida urush boshlaganlar. Biroq yunon rivoyatlari boshqa bir sababni ham bayon qiladi. Eng chiroyli ayol Sparta podshosining rafiqasi Sohibjamol Yelena edi. Troy a podshosi o’g’li Paris Sparta podshosinikiga keladi va Sohibjamol Yelenani Troyaga o’g’irlab ketadi. Voqeadan xabar topgan Sparta podshosi Parisdan qasos olishga ahd qiladi va barcha spartaliklarni Troya bilan urushga chaqiradi. Yunonlar to’qqiz yil Troyani behudaga qamal qiladilar.



3-guruhga: «Iliada» Yunonistonda teatr

Yunon teatri

Bundan ikki yarim ming yil muqaddam Yunonistonda teatr dunyoga keldi. «Teatr» so’zini yunon chad an tarjima qilganda «tomoshalar uchun joy», «tomoshaxona» degan ma’nolarni anglatadi. Qadimgi yunon teatrlari maydoni o’lchamlari kattaligi bilan ajralib turgan. Afina teatri 17 ming tomoshabinga moljallangan edi. Tomoshalar faqat bayramlarda uyushtirilgan. Erta tongdan boshlangan tomoshalar kun bo’yi davom etardi. Tomoshabinlarga bir necha pyesalar namoyish etilar edi.

Teatrga kirish uchun arzimagan tomosha haqi yig’ilgan. Qashshoq fuqarolarga teatrga borishi uchun pul berilaredi. Oldingi qatorlardagi o’rinlartekin bo’lib, kohinlar, strateglar, davlatga muhim xizmatlar qilgan fuqarolar kabi faxrli tomoshabinlarga moljallangan.

Teatrlarda o’zaro kurash namoyish etilgan, odatda qatnashuvchi kishilar halok bo’lishi bilan tugaydigan pyesalar tragediya deyilgan. «Shoh Edip» va «Antigona» singari eng mashhur tragediyalarni Sofokl yozgan.



4-guruhga: «Odissey» Haykaltaroshlik va me’morchilik

Yunonlar nafaqat podsholar va zodagonlar uchun saroylar va maqbaralar balki jamoa foydalalanish uchun binolar ham barpo etishgan. Barcha zamonlarda olimlar ilmiy masala yechimini topgan yunon fizigi va matematigi Arximedning «Evrika!» («Topdim, topdim!») qiyqirig’ini takrorlab yurishadi. Ehtimol, bu bir afsonadir, ammo yunonlar tola ishonch bilan Arximed yoruglikni ko’zgu orqali jamlab, Sirakuza ustiga hujum qilib kelayotgan rimliklarning kemalarini yondirib yuborgani haqida hikoya qiladi. Arximed richag (dastak) qonunini ishlab chiqdi va mashhur bo’lib ketgan bir iborani aytdi: «Menga tayanch nuqtasini topib bering, Yerni o’z o’qidan chiqarib yuboraman!»

Rimliklar uning jonajon shahri Sirakuzani bosib olganlarida, Arximed matematikaga oid bir masalani yechishga urinib qumda chizmalar chizgancha o’tirgan. Rimlik askar unga nayza sanchayotganida «Mening chizmalarimga qo’l tekkizmagin!» deyishga ulgurgan, xolos.
Matn guruhlar tomonidan o‘rganilgandan so‘ng, guruhlar qayta tashkil etiladi (ushbu o‘rinda har bir guruhda avvalgi to‘rtta guruhning bir a’zosi bo‘lishi shart). Guruhlar qayta tashkil etilgandan so‘ng, har bir o‘quvchi o‘zi o‘zlashtirgan ma’lumotlarni qolgan o‘quvchilarga hikoya qilib beradi. Shu tarzda mavzu matni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtiriladi.

O’qituvchining so’zi : Aziz o’quvchilar biz Qadimgi Yunoniston madaniyati bilan tanishdik. Xo’sh bizning madaniy boyliklarimizdan bo’lgan “Do’ppi” raqsini tomosha qilamiz va madaniy hordiq chiqaramiz.



2 nafar o’quvchi qiz ijrosida “Do’ppi” raqsi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

Mavzuni mustahkamlash maqsadida yana bir topshiriq “ Test bilan ishlash” usulu amalga oshiriladi.

Quyidagi voqealarni ularning sanalari bilan to‘g‘ri joylashtiring:



1

Ilk marotaba Olimpiya o‘y inlari o'tkazilgan

A

Milodiy 394-yil

2

Olimpiya o‘yinlari to'xtatilgan

В

Milodiy 1870-yil

3

Olimpiya o‘yinlari qayta tiklangan

С

Mil.avv. 776-yil

4

Troya qoldiqlari topilgan

D

Milodiy 1896-yll


  1. ,2- ,3- ,4-

Quyidagi atamalami ulaming mazmuni bilan to‘g‘ri joylashtiring:

1

Gomer

A

Sport musobaqalari

2

Teatr

В

Afsonaviy qahramon

3

Olimpiya

С

«Iliada» va «Odisseya» dostonlarining muallifl

4

Gerakl

D

Tomoshalar joyi

1- ,2-,3- , 4- .

V.Yangi mavzuni umumlashtirish:

O’qituvchi “ Egey bobo” to’g’risidagi afsonaning yakunini aytib o’tadi.

0‘qituvchi o‘quvchilarning yangi o‘tilgan mavzu bo‘yicha berilgan javoblarini baholaydi. 0‘quvchilarda yangi mavzu bo‘yicha paydo bo‘lgan savollarga javob beradi. Dars davomida faol qatnashgan o’quvchilarni baholash, baholarni izohlash.

V.Uyga vazifa:

Yangi mavzuni darslik bo‘yicha o‘qib, matndagi atamalarni izohi bilan daftarga ko‘chirib yozish. Mavzu yuzasidan mustaqil ishlar tayyorlab kelish.


“ TASDIQLAYMAN ”

Maktab rahbari:

__________ Musayeva SH.I


Angren shahar

4- umumiy o’rta ta’lim

maktabi tarix fani o’qituvchisi

Boboxonov Jasurning 6A- sinfda o’tgan

“QADIMGI YUNONISTON MADANIYATI”

mavzusida bir soatlik

ochiq dars ishlanmasi



2016-2017 o’quv yili
Download 29,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish