3. Yangi mavzuni yoritish:
Romb
T a ' r i f . Tomonlari teng bo'Igan parallelogramm romb deyiladi (36- rasm).
Romb parallelogrammning umumiy xossalaridan tashqari quyidagi xossaga ega.
Rombning diagonallari o'zaro perpendikular va rombning burchaklarini teng ikkiga boiadi.
Isbot. ABCD romb berilgan bo'lsin (37- rasm). AC BD va har bir diagonal rombning mos burchaklarini teng ikkiga bo'lishini (masalan, BAC = DAC) isbotlaymiz.
Rombning ta'rifiga ko'ra AB = AD, shuning uchun BAD uchburchak teng yonli. Romb parallelogramm bo'lgani uchun, uning diagonallari kesishish nuqtasida teng ikkiga bo'linadi, ya'ni BO=OD. Demak, AO -teng yonli BAD uchburchakning medianasi. Teng yonli uchburchakning xossasiga ko'ra uning asosiga o'tkazilgan mediana ham bissektrisa, ham balandlik bo'ladi. Shuning uchun AC BD va BAC= DAC. Shuni isbotlash talab qilingan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |