Sana: «___» _____________ 201__ y.
Mavzu: O’NLI KASRLAR USTIDA TO’RT AMALGA DOIR MASHQLAR
Darsning maqsadi: O’quvchilarga o’nli kasrlar ustida to’rt amalga doir mashqlar yechishni o’rgatish, mavzuga doir misollar yechib ko’rsatish.
Darsning ko’rgazmali qurollari: ______________________________
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism – salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko’rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash;
2. O’tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik – yangi mavzu bilan bog’liq o’tilgan dars mavzularini takrorlash; o’quvchilarning yangi
mavzuni o’tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash
va yangi materialni o’zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish;
3. Yangi mavzuni yoritish:
Amallarni bajaring (216-217):
216. 1) 1,5:68:5+5,3-3,8 ; 3) 1,57:0,35+0,2-25,2 ;
2) (9:4,52,2+4,6):0,9 ; 4) 0,80,48:0,8+9,52-2,09
217. 1) 5,36+5,7:0,31,6-1,6:16; 3) 7,24,5+7,6-1,23:0,1
2) (49,2:1,2+9)0,9-1,84 ; 4) (0,82+ 0,36):0,5-1,031 .
218. Ikkita sonning yig’indisi 4,18 ga, ayirmasi esa 2,06 ga teng. Shu sonlarni toping.
219. Ikkita sonning yig’indisi 366,22 ga teng. Agar birinchi son 16,26 ga orttirilsa, u holda hosil bo’lgan bu son ikkinchi songa teng bo’ladi. Shu sonlarni toping.
220. O’nta sonning o’rta arifmetigi 13,66 ga teng. Bu sonlarga qanday son qo’shilsa, ularning o’rta arifmetigi 17,99 ga teng bo’ladi?
221. To’g’ri to’rtburchakning perimetri 29,8 dm, bo’yi enidan 3,1 dm uzun. Shu to’g’ri to’rtburchakning yuzini toping.
Tenglamani yeching (222-223):
222. 1) 24,95x-26,05=285,825; 2) 13,064x-11,449=648,283;
3) 26,16x+24,08=89,48; 4) 6x-16,99=29639*0,01;
223. 1) 2,14-0,3x)*1,3=11,44*0,1; 3) 2,42x-0,605=4,235:1,4;
2) (186,02-3,2x):0,01=4010; 4) 18,318:0,2=7,1x+17,04;
224. Oralaridagi masofa 34,3 kmga eng bo’lgan ikki qishloqdan ikki yo’lovchi bir-biriga qarab bir vaqtda yo’lga chiqdi. Birinchi yo’lovchining tezligi 5,6 km/soat, ikkinchisining tezligi esa uning 0,75 qismiga teng. Ular necha soatdan keyin uchrashadilar? 1,5 soatdan keyin ular orasidagi masofa qancha bo’ladi?
225. Uchta sondan biri 36,8 ga teng va u shu sonlar yig’indisining 0,16 qismini, ikkinchi son esa bu yig’indining 0,35 qismini tashkil qiladi. Ikkinchi va uchunchi sonlarni toping.
226. Velosipedchi butun yo’lning 0,28 qismini bosib o’tdi. Un yana o’tganiga qaraganda 8,8 km ko’p yo’l bosib o’tishi kerak. Velosipedchi qancha yo’lni bosib o’tishi kerak?
227. Sayyoh mo’ljallangan yo’lini 4,2 soatda bosib o’tdi. Bu vaqtning 2 soatini 5,23 km/soat tezlik bilan, qolgan vaqtini esa 4,6 km/soat tezlik bilan yurdi. Sayyohning o’rtacha tezligini toping.
228. To’g’ri to’rtburchakning perimetri 52,6 ga teng, eni esa bo’yidan 4,7 sm ga qisqa. Shu to’g’ri to’rtburchakning yuzini toping.
229. Zabiha bir son o’yladi. U o’ylagan sonni 13,14 ga kamaytirib, so’ngra natijani 24 marta orttirib, hosil bo’lgan ko’paytmaga 3,28 ni qo’shgan edi, 100 chiqdi. Zabiha o’ylagan sonni toping.
230. Marjonbuloq qishlog’i markazi va Toshkent shahridan bir vaqtda bir-biriga qarab ikki avtomobil yo’lga chiqdi va 1,6 soatdan so’ng uchrashdi. Marjonbuloqdan chiqqan avtomobilning tezliki 65 km/soat, Toshkentdan chiqqan avtomobilning tezligi esa undan 7,5 km ortiq. Marjonbuloq qishlog’i markazi va Toshkent shahri orasidagi masofani toping.
231. Amallarni bajaring:
1) 2,76:0,3+900,02-2,5 ; 3) (4,9+510,1-2,2):0,5 ;
2) 0,250,08:0,01-1,5 ; 4) (4,9-51)0,1-0,18:0,2 .
Do'stlaringiz bilan baham: |