Sana: 20-aprel 2011-yil



Download 122,15 Kb.
bet4/4
Sana13.07.2021
Hajmi122,15 Kb.
#118100
1   2   3   4
Bog'liq
Nyutonning ikkinchi qonuni

Dars uslubi: Ko`rgazmali-amaliy;

Dars usuli: Noan’anaviy (Komandada o`qitish, aqliy hujum, tezkor savol javoblar, didaktik mashqlar);

Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi;

Dars shakli: Individual.

Dars didaktikasi:

a) jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar yozilgan kartochkalar, o`quv qurollari;

b) texnik vositalari: kompyuter, videoproyektor, ekran
Darsning blok-sxemasi:

T/r

Darsning bosqichlari

Vaqt

1

Tashkiliy qism

2 daqiqa

2.

Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni so`rash

8 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

11 daqiqa

4

Amaliy mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash

20 daqiqa

5

Dars yakuni:

  1. G`olib guruhni aniqlash va o`quvchilarni baholash

2. Uyga vazifa


4 daqiqa

Darsning shiori:

“To`xtama, o`qi, o`rgan Koinot ilmin,

Zero, tinmay aylanar Kurrai-zamin”

Darsning borishi:

1. Tashkiliy qism:



a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, sinfning va o`quvchilarning darsga tayyorligini baholash, davomat, ob-havo, sanani aniqlash)

b) Darsning mavzusini va maqsadini e’lon qilish

d) O`rganiladigan BKM larni e’lon qilish:

1. Nyutonning ikkinchi qonuni.

2 Nyutonning ikkinchi qonuni formulasi birligi
e) O`quvchilarni guruhlarga ajratish, “Beruniy” va “Nyuton” nomlari bilan nomlash, guruh sardorlarini saylash;

j) “Oltin qoidalar” ni ishlab chiqish:

1. O`zaro hurmat

2. O`zgalar fikrini hurmat qilish

3. Erkin fikrlash

4. Intizomlilik

5. Topqirlik

6. Hozirjavoblik

i) Baholash mezonlari haqida tushuncha berish (“Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar);




Sinf chizmasi. Guruhlarning joylashish holati

O’tilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni baholash.

O`tilgan mavzu yuzasidan tayanch so`z va tushunchalar yozilgan kartochkalar guruhlarga tarqatiladi.



Nyuton” guruhiga:


  1. Tezlanishga ta`rif bering?

  2. Paskal qonuni?

  3. Massa deb ?

  4. Aylanish chastotasi?

  5. Og`irlik kuchi?

Beruniy” guruhiga:


  1. Tezlikka ta`rif bering?

  2. Nyutonning birinchi qonuni?

  3. Kuch deb ?

  4. Aylanish davri?

  5. Jism og`irligi?

O`quvchilarning kartochkalardagi savollarga qay darajada izoh berganliklariga qarab “Ofarin”, “Barakallo”, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllardan tegishlisi taqdim etiladi.

O`quvchilar bilan o`tgan mavzularni takrorlash maqsadida “Topqirlik” mashqi o`tkaziladi. Bunda o`quvchilar “Shatranj” taxtasiga yashiringan ma`lumotlarga to`g`ri javoblarni quyidagi davlatlardan qaysilariga tegishli ekanliklarini aniqlashlari kerak bo`ladi.


Shatranj” taxtasiga keltirilgan ma`lumotlardan namunalar:



  1. Mexanik harakat.

  2. Trayektoriya.

  3. Kuch.

  4. Ko`chish.

  5. Mexanik harakat .

  6. tezlik.

  7. Tezlanish .

  8. Zichlik.

Guruh o`quvchilari “Shatranj” taxtasidagi savollarga bergan javoblariga qarab rag`batlantiruvchi kartochkalar bilan taqdirlanadi.

O`qituvchi yangi mavzu bayonini o`quvchilarga tushuntirish jarayonida kompyuter, videoproyektor va ekrandan bevosita foydalangan holda Microsoft Office dasturi tarmog`iga kiruvchi Microsoft Office Power Point matn muharriri orqali ekranda mavzuga tegishli rasmlardan lavhalarni ham namoyish etib tushuntiradi.



Yangi mavzu bayoni:

Nyutonning birinchi qonunidan shunday xulosa kelib chiqadi: harakatlanayotgan jismga kuch ta’sir qilmasa, u o'zgarmas tezlik bilan o'z harakatini davom ettiradi. Agar jismga kuch ta'sir etsa, uning tezligi o'zgaradi, ya'ni tezlanishga ega bo'ladi. Tezlanishning ta'sir etuvchi kuchga qanday bog'liqligini aniqlash uchun quyidagi tajribani o'tkazaylik.

1-tajriba. Gorizontal stol ustidajuda oz ishqalanish bilan harakatlanadigan m massali aravacha olaylik. Aravachaga D dinamometr mahkamlangan bo'lib, dinamometrning ikkinchi uchiga g'altakdan o'tkazilgan ipning bir uchi boglangan. Ipning g’altakdan oshib tushgan ikkinchi uchiga esa pallacha osilgan. Aravachaga ta'sir etayotgan F kuchni dinamometrning ko'rsatishlariga qarab aniqlash mumkin.

Aravachani s masofadan qo'yib yuborsak, υ tezlanish bilan harakat qiladi. Aravachaning s yo'lni bosib o'tishiga ketgan t vaqtni sekundomer yordamida o'lchaymiz.

Qo'yilgan kuch ta'sirida aravachaning olgan tezlanishi quyidagi formuladan topiladi:

Tajriba natijalaridan ko'rinadiki, aravachaga ta'sir etayotgan F kuch qancha marta ortsa, uning olgan a tezlanishi ham shuncha marta ortadi.

1-xulosa: Jism massasi o'zgarmas bo'lganda uning tezlanishi ta'sir qiluvchi kuchga to'g’ri proporsional, ya'ni: a~F.

2-tajriba. Bu galgi tajribada aravachaga ta'sir etuvchi kuchni o'zgarmas qoldirib, aravachaning massasini o'zgartirib boraylik.

Tajriba natijalaridan ko'rinadiki, aravachaning massasi m qancha marta ortsa, uning olgan a tezlanishi ham shuncha marta kamayadi.

2-xulosa: O'zgarmas kuch ta'sirida jismning olgan tezlanishi jism massasiga teskari proporsional, ya'ni: a~1/m

O'tkazilgan tajribalarning natijalari a tezlanish, F kuch va m massa orasidagi bog’lanishni aniqlashga imkon beradi:

Bu — Nyutonning ikkinchi qonuni formulasi. U quyidagicha ta'riflanadi:

Jismning boshqa jismlar bilan o'zaro ta'sirlashishi natijasida olgan tezlanishi unga ta'sir qilayotgan kuchga to'g’ri proporsional va shu jismning massasiga teskari proporsionaldir.

Agar tezlanish yo'nalishi jismga ta'gir qilayotgan kuch yo'nalishi bilan mos tushsa, Nyutonning ikkinchi qonuni vektor ko'rinishi quyidagicha ifodalanadi:

Xalqaro birliklar sistemasida kuch birligi qilib 1 kg massali jismga 1 m/s2 tezlanish beradigan kuch qabul qilingan. Kuchning bu birligi nyuton (1 N) deb ataladi.
1.Aravachaning massasi 1 kg bo’lib, unga birinchi galda 0.1N, ikkinchi galda 0.2N, Uchinchi galda 0,3N kuch ta’sir etgan . Har qaysi kuch uchun aravachaning tezlanishlarining toping va xulosa chiqaring.
Berilgan formulasi yechilishi

m=1 kg 0,1m/s2

F1=0,1 N =0,2m/s2

F2=0,2 N

F3=0,3 =0,3m/s2

a1=? a2=?

a3=?

O`quvchilarni o`rganilgan mavzu bo`yicha BKMlarini sinash maqsadida “Beruniy” va “Nyuton” guruhlariga “Fizik talqinlar” tarqatiladi.

Beruniy” va “Nyuton” guruhlari uchun:
FIZIK TALQINLAR. (+, -)

Yangi mavzuga tegishli to`g`ri javoblarga (+) ishorasi, o`tgan mavzuga tegishli javoblarga (-) ishorasi qo`yiladi.



  1. Jismning boshqa jismlar bilan o'zaro ta'sirlashishi natijasida olgan tezlanishi unga ta'sir qilayotgan kuchga to'g’ri proporsional va shu jismning massasiga teskari proporsionaldir (___)

  2. Kuch (___)

  3. (___)

  4. Tezlik (___)

  5. m/s2 (___)

O`quvchilarning geografik talqinlarga bergan javoblariga qarab tegishli rag`batlantiruvchi kartochkalar bilan rag`batlantiriladi.



Dars so`ngida har ikkala guruhning kartochkalar soni va yig`gan bali hisoblanadi. G`olib guruh e`lon qillinib, dars davomida faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.

Dars yakunida o`quvchilarga uyga vazifa beriladi:
Download 122,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish