Dars tipi: Yangi bilimlar beruvchi;
Dars shakli: Individual.
Dars didaktikasi:
a) jihozi: Darslik, yozuv taxtasi, tarqatma materiallar, tezkor savollar yozilgan kartochkalar, o`quv qurollari;
b) texnik vositalari: kompyuter, videoproyektor, ekran
Darsning blok-sxemasi:
T/r
|
Darsning bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 daqiqa
|
2.
|
Guruhlarga topshiriq berish orqali o`tilgan mavzuni so`rash
|
8 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
11 daqiqa
|
4
|
Amaliy mashqlar bajarish orqali mavzuni mustahkamlash
|
20 daqiqa
|
5
|
Dars yakuni:
G`olib guruhni aniqlash va o`quvchilarni baholash
2. Uyga vazifa
|
4 daqiqa
|
Darsning shiori:
To`xtama, o`qi, o`rgan Koinot ilmin,
Zero, tinmay aylanar Kurrai-zamin
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism:
a) Psixologik iqlim yaratish (salomlashish, sinfning va o`quvchilarning darsga tayyorligini baholash, davomat, ob-havo, sanani aniqlash)
b) Darsning mavzusini va maqsadini elon qilish
d) O`rganiladigan BKM larni elon qilish:
1. Energiya
2. Ish.
3. Ish formulasi birligi
e) O`quvchilarni guruhlarga ajratish, Beruniy va Nyuton nomlari bilan nomlash, guruh sardorlarini saylash;
j) Oltin qoidalar ni ishlab chiqish:
1. O`zaro hurmat
2. O`zgalar fikrini hurmat qilish
3. Erkin fikrlash
4. Intizomlilik
5. Topqirlik
6. Hozirjavoblik
i) Baholash mezonlari haqida tushuncha berish (Ofarin, Barakallo, Harakat qil sozlari yozilgan shakllar);
S inf chizmasi. Guruhlarning joylashish holati
Otilgan mavzu yuzasidan o`quvchilarni baholash.
O`tilgan mavzu yuzasidan tayanch so`z va tushunchalar yozilgan kartochkalar guruhlarga tarqatiladi.
“Beruniy” guruhiga:
Tezlikka ta`rif bering?
Nyutonning birinchi qonuni?
Butun olam tortishish qonuni?
Aylanish davri?
Jism og`irligi?
“Nyuton” guruhiga:
Tezlanishga ta`rif bering?
Nyutonning ikkinchi qonuni?
Nyutonning uchinchi qonuni?
Aylanish chastotasi?
Og`irlik kuchi?
O`qituvchi yangi mavzu bayonini o`quvchilarga tushuntirish jarayonida kompyuter, videoproyektor va ekrandan bevosita foydalangan holda Microsoft Office dasturi tarmog`iga kiruvchi Microsoft Office Power Point matn muharriri orqali ekranda mavzuga tegishli rasmlardan lavhalarni ham namoyish etib tushuntiradi.
Yangi mavzu bayoni: ENERGIYA VA ISH. ENERGIYANING SAQLANISH QONUNI. JISMNING QIYA TEKISLIK BOYLAB HARAKATLANISHIDA BAJARILGAN ISH .
Mexanik ish
Agar jismga kuch tasir qilib, u kuch tasiri yonalishida harakatlansa
A=F·S
Energiya turli shakldagi harakatlar va ozaro tasirlarning miqdoriy olchovidir (u grekcha energeia tasir sozidan olingan). Energiya tabiatdagi harakatlarning shakliga qarab, turlicha boladi. Masalan, mexanik, issiqlik, elektromagnit, yadro energiyalari va hokazolar. Ozaro tasir natijasida bir turdagi energiya boshqasiga aylanadi. Lekin bu jarayonlarning barchasida, birinchi jismdan ikkinchisiga berilgan energiya (qanday shaklda bolishidan qatiy nazar) ikkinchi jism birinchisidan olgan energiyaga teng boladi.
Nyutonning ikkinchi qonunidan malumki, jismning mexanik harakatini ozgartirish uchun unga boshqa jismlar tomonidan ta’sir bo‘lmog‘i kerak. Boshqacha aytganda, bu jismlar o‘rtasida energiyalar almashuvi ro‘y beradi. Mexanikada ana shunday energiya almashuvini tavsiflash uchun mexanik ish tushunchasi kiritilgan va u fizikada A harfi bilan belgilanadi. Mexanik ish. Kuchning shu kuch ta’siri yo‘nalishida ro‘y bergan ko‘chishga skalyar ko‘paytmasiga teng bo‘lgan kattalik mexanik ish deyiladi, ya’ni
Do'stlaringiz bilan baham: |