III.Yangi mavzu bayoni:
Yerning paydo bo‘lishi haqidagi hozirgi zamon nazariyalariga ko‘ra,
Yer murakkab taraqqiyot bosqichlarini o‘z boshidan kechirgan. So‘nggi
yillardagi ma’lumotlarda keltirilishicha, Yer taraqqiyotining astronomik,
geologik, biologik va antropogen bosqichlarini ajratish mumkin.
Astronomik bosqich 5–4,6 mlrd yillar oralig‘ini o‘z ichiga oladi. Bundan
5 mlrd yil oldin koinotdagi disksimon gaz va chang massasining
gravitatsion mexanik quyuqlashuvi oqibatida Quyosh sistemasidagi boshqa
sayyoralar singari Yer ham sharsimon shaklga ega bo‘lgan. Yer tarkib
topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida
ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga, uning ichki qismi asta-sekin
qizib, moddalarning saralanishiga olib kelgan. Oqibatda Yerning turli
qatlamlari hosil bo‘la boshlagan, vulqonlar harakatlanishi kuzatilgan.
Vulqon va tektonik harakatlarning boshlanish paytidan Yerning
geologik bosqichi boshlangan. Yer po‘sti yuzlab million yillar davomida
doimiy ravishda o‘zgarib turgan, materiklar goh shakllanib, goh
parchalangan. Materiklar doimiy harakatda bo‘lgan va ba’zida birlashib
yirik materiklarni hosil qilgan.
Yerda 3,8 mlrd yil avval hayot paydo bo‘lishi bilan Yer taraqqiyotining
biologik bosqichi boshlangan. Yerda dastlabki odamlarning paydo
bo‘lishi (3–1,5 mln yil) antropogen bosqichni boshlab bergan.
Yerning geologik taraqqiyot tarixi, uning rivojlanish davrlari va rivojlanish
bosqichlariga ajratish bilan ko‘plab geologlar shug‘ullanganlar.
Natijada geoxronologiya paydo bo‘lgan.
Geoxronologiya (geologik yilnoma) – yer po‘stidagi tog‘ jinslarining
hosil bo‘lish ketma-ketligi va yoshi haqidagi ta’limot. Geoxronologiya
mutlaq va nisbiy geoxronologiyaga bo‘linadi. Mutlaq geoxronologiyada
Yerning yoshi yillar bilan ifodalanadi. Nisbiy geoxronologiyada esa,
tog‘ jinslarining ketma-ket qatlamlanib joylanishiga asoslaniladi. Bunga
ko‘ra, ustida yotgan qatlam (cho‘kindi jinslar qatlamlarining dastlabki
holati buzilmaganda) ostidagidan yosh bo‘ladi. Tog‘ jinslarining yoshini aniqlashda
paleontologik metod ham ishlatiladi. Bu
metod hayvon va o‘simliklarning tog‘
jinslaridagi toshqotgan qoldiqlarini o‘rganishga
asoslangan. Har qaysi davr uchun
o‘ziga xos hayvon va o‘simliklarning
toshqotgan qoldiqlari mavjud (2-rasm).
Geologlar ko‘p yillik tadqiqotlar
natijalarini umumlashtirib, yer po‘stida
qat lamlar yo‘nalishining umumiy ketma-
ketligini aniqlaganlar. Keyinchalik
bu stratigrafi ya shkalasi nomini oldi.
Stratigrafi k shkala geoxronologiya shkalasini tuzish uchun asos hisoblanadi.
Geoxronologik shkala – geoxronologik bo‘limlarning iye rarxiya
(quyi bo‘limlarning yuqori bo‘limlarga bosqichma-bosqich bo‘ysinish)
tizimi. Shkalada eng yirik birlik supereon bo‘lib, ular 2 ta: tokembriy
va fanerozoy. Tokembriy supereoni xades, arxey (yoki arxeozoy)
va proterozoy eonlariga bo‘lingan, fanerozoy supereoni esa shu nomdagi
bitta eondan iborat. Eonlar, o‘z navbatida, bir nechta eralarni
birlashtiradi. Masalan, fanerozoy eoni paleozoy, mezozoy va kaynozoy
eralariga ajratilgan. Eralar davrlarga, davrlar zamonlarga, zamonlar esa
asrlarga bo‘lingan. Shkalaning yuqori qismi, ya’ni fanerozoy paleontologik
metod asosida puxta tuzilgan, pastki qismi bo‘lgan tokembriy
toshqotgan qoldiqlarning yaxshi saqlanmaganligi sababli paleontologik
metod cheklangan bo‘lib, natijada bo‘limlarga unchalik mukammal
ajratilmagan.
Stratigrafi k va unga moslashgan geoxronologiya shkalasi 1881-yilda
Italiyaning Bolonya shahrida ikkinchi xalqaro geologlar kongressida
tasdiqlangan va o‘sha vaqtdan boshlab jahonda umumiy hisoblanadi.
O‘tgan vaqt mobaynida paleontologik metodning takomillashishi natijasida
olingan yangi ma’lumotlar asosida geoxronologiya shkalasiga
aniqliklar kiritilib, o‘zgartirib borilmoqda. Shuning uchun turli yillarda
nashr etilgan adabiyotlarda geoxronologiya jadvalida keltirilgan
ma’lumotlar mos kelmaslik hollari uchraydi. Quyida keltirilgan Xalqaro
geoxronologik jadvalda berilgan ma’lumotlar Xalqaro stratigrafi ya
komissiyasining 2016-yil ma’lumotlari asosida tuzildi (3-jadval).
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash:
Mavzuni mustahkamlashda “B.B.B jadvali” foydalaniladi.
“B.B.B” jadvali
V. Darsni yakunlash va baholash. Dars yakunida guruhlar to’plagan ballari hisoblanadi, eng faol guruh hamda eng faol o’quvchi aniqlanadi va rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganish va test savollari tuzib kelish.
Do'stlaringiz bilan baham: |