buzilganligidan xabardor bo‗lgan shaxslar bu haqda bola ayni paytda yashab turgan joydagi vasiylik va homiylik organiga
ma‘lum qilishi shart. Shunday ma‘lumotlarni olgach, vasiylik va homiylik organi bolaning huquqi va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish yuzasidan zarur choralar ko‗rishi shart bo‗ladi. Ota-ona o‗z bolalarining qonuniy vakillari hisoblanadilar
hamda har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo‗ladigan munosabatlarda, shu jumladan, sudda alohida vakolatlarsiz
ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.Oilada voyaga yetmagan bolaning manfaatlariga taalluqli har qanday
masala hal qilinayotganda bola o‗z fikrini ifoda qilishga, shuningdek, har qanday sud muhokamasi yoki ma‘muriy
muhokama davrida so‗zlashga haqlidir.Har qanday ota-ona o‗z farzandlariga o‗zaro kelishib, yoki yaqin qarindosh-urug‗lari
maslahati bilan ota-onasining ismiga ko‗ra, yoki o‗zlari xohlagan ismni qo‗yishlari mumkin. Odatda, bolaning familiyasi
ota-onaning familiyasiga qarab belgilanadi. Agar ota-ona turli familiyalarda bo‗lsa, ularning kelishuviga binoan bolaga
otasining yoki onasining familiyasi berilishi mumkin. Ota-onaning xohishiga ko‗ra, bolaga milliy an‘analarga ko‗ra ota yoki
ona tomonidan boboning ismi bo‗yicha familiya berilishi mumkin.―Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‗z ota-
onalari haqida g‗amxo‗rlik qilishga majburdirlar‖.
O„zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 66-modda.
1.
Konstitutsiyaning ushbu moddasining talablari bo„yicha fikringizni bildiring.
2.
Bu modda talablari bizning milliy qadriyatlarimizga, urf-odatlarga nechog„li mos tushishi bo„yicha o„z fikringizni
bildiring.
3.
Ushbu modda talablarini 64-modda talablari bilan taqqoslang.
O‗n olti yoshga to‗lguncha, voyaga yetmagan bolaning familiyasi ma‘lum maqsadda ota-onasi birgalikda qabul qilgan qarori
bilan o‗zgartirilishi mumkin. Agar u o‗n olti yoshga to‗lgan bo‗lsa, uning ismi yoki familiyasini o‗zgartirish faqat uning
roziligi bilan amalga oshiriladi.Ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo‗lish huquqiga ega
emas.Shuningdek, ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarning mol-mulkiga egalik qilish huquqiga ega emas. Voyaga
yetmagan bola o‗z ota-onasidan yoki boshqa insonlardan qonun doirasida ta‘minot olishga haqli. Bunda bolaga tegishli har
qanday mablag‗, xoh u pensiya bo‗lsin, xoh boshqa turdagi nafaqa bo‗lsin, uning ota yoki onasi tomonidan uning ta‘minoti,
ta‘lim-tarbiya olishi uchungina sarflanishi kerak bo‗ladi.Qolaversa, ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo‗lishi
ham mumkin. Birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va ulardan
foydalanishlari mumkin.Va, nihoyat voyaga yetmagan bolalar qonunda belgilangan tartibda hadya, meros tariqasida olgan
mol-mulki, shuningdek, shaxsiy mehnati va tadbirkorlik faoliyati natijasida orttirgan mol-mulki ularning xususiy mulki
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: