Sizning munosabatingiz. Korxona rahbari to„g„ri yo„l tutdimi? Shuningdek, o‗qishdan bo‗sh vaqtlarida ishlayotgan o‗quvchilarning ish vaqti muddati o‗n olti yoshdan o‗n sakkiz
yoshgacha bo‗lgan bolalar ish vaqti eng ko‗p muddatining yarmidan ortib ketishi mumkin emas. Qolaversa, bolalar tungi
ishlarga, ish vaqtdan tashqari ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilinmasligi lozim.Bundan tashqari, ishni
o‗qishlari bilan birga olib borayotgan voyaga yetmaganlarga ish beruvchilar zarur shart-sharoitlarni yaratib berishi kerak
bo‗ladi.Shu o‗rinda, ham o‗qib ham mehnat qilishni xohlovchi voyaga yetmagan bolalarga mamlakatimizning mehnat
qonunchiligida bir qancha imtiyozlar berilganligini aytib o‗tish lozim. Bulardan, qo‗shimcha ta‘tilga chiqish, qisqartirilgan
ish haftasi kabilarni misol qilish mumkin.Agar umumta‘lim maktablarida o‗qiyotgan bolalar haftasiga olti kun ishlasalar,
ularga o‗quv yili davomida kamida o‗ttiz olti ish kuni miqdorida ta‘til berilishi kerak bo‗ladi.Ishdan ozod qilingan vaqt
uchun o‗quvchilarga ish joyida oladigan o‗rtacha oylik ish haqining kamida ellik foizidan kam bo‗lmagan miqdorda haq
to‗lanadi.O‗quvchilari uchun ish haqi saqlangan holda kasb-hunar kollejlarida davlat imtihonlarini topshirish paytida
yigirma ish kunidan kam bo‗lmagan ta‘til beriladi.Ustaxona ma‘muriyati o‗n besh yarim yoshli o‗smirni gaz payvandchisi
shogirdi qilib mustaqil ravishda qabul qiladi. Meditsina tekshiruvida vrach (kasbni ko‗rsatmagan holda) ushbu o‗smir ishlab
chiqarish amaliyotini o‗tishi mumkin degan ma‘lumotnoma beradi. Uning uchun 6 soatli ish kuni belgilanadi (maxsus
qo‗shimcha to‗lovsiz). Biroz muddatdan keyin prokuror yordamchisi mehnat qonunchiligiga rioya qilinishini umumiy
nazorat qilish tartibida tekshirish o‗tkazib, tuman prokuraturasi orqali ustaxona mudiriga yozma bayonnoma yuboradi va
unda shogirdini boshqa ishga o‗tkazishni hamda o‗smirlar mehnatini muhofaza qilish bo‗yicha qonunchilikning bir qator
buzilish hollarini tugatishni talab qiladi.
1.
Prokurorning talabi asoslimi? 2.
Ustaxona ma‟muriyati tomonldan mehnat qonunchiligi buzilishining qanday hollari sodir bo„ldi? 3.
Shunga o„xshash holatlarda qonunchiligimizda sud tomonidan huquqiy javobgarlikning qanday turlari ko„zda tutilgan? Maktabning sinfdan sinfga ko‗chirish imtihonlarini topshirish vaqtida o‗rtacha ish haqi saqlangan holda to‗rt kundan olti
kungacha ishdan ozod qilish belgilab qo‗yilishi mumkin.