Siz bahorni sog`inmadingizmi ?
Ayni vaqtda go`zal va farovon yurtimizda kumush qish oxirlab kelinchak bahor asta – sekin o`zining sepini yoyish arafasida. Bundan ko`ngillar shod. Zero, har bir bahorning kelishi qalbimizda kelajakka ishonch, hayotga oshiqish, mas`uliyat hislarini olib kiradi.
Siz bilasiz. Shu kunlarda bobomiz A.Navoiy va Bobur tavallud to`yi yurtimizda keng nishonlanmoqda. Navoiy bobomiz inson yoshini fasllar bilan ataganlar. Qani, ayting – chi, bobomiz o`z devonlarini inson yoshi bilan bog`lab qanday nomlaganlar.
O`quvchilar “Xazoyin ul – maoniy” kulliyoti tarkibiga kiruvchi devonlarni sanaydilar. Bobomiz umrining o`tkinchiligini, biz esa bu vaqtda ilm olib, komillik kasb etib, bu dunyodan poklanib o`tishimizni o`z ash`orlari orqali avlodlarga yozib qoldirganlar.
Kamol et kasbkim, olam uyidin
Senga farz o`lmag`ay g`amnok chiqmoq
Jahondin notamom o`tmak biaynih
Erur hammomdin nopok chiqmoq
O`tilgan mavzuni so`rash 8 minut
Biz o`tgan ona tili darsida qaysi mavzu bilan tanishgan edik? Demak, sodda yoyiq va sodda yig`iq gaplar degan mavzuni o`tgan edik.
Mana siz guruhlarga bo`lingansiz. Dars davomida jamoa bo`lib harakat qilasiz. Qaysi guruh faol ishtirok etishiga ko`ra baholanasiz.
Guruh nomlarini insoniy fazilatlardan kelib chiqib “Mehr”, “Sadoqat”, “Vatanparvar”, “Ziyo” deb nomladik.
Hayotda atrofimizdagilarga mehr ko`rsatib, ota – ona, el - u yurt do`stga sadoqat ila ilm – u ziyoga intilib vatanparvar bo`lib yashamoq lozim
O`tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida har bir guruh “Hasharchilar” o`yini asosida sodda yoyiq va sodda yig`iq gapga rasmlar orqali gap tuzadilar.
Biz bilamiz, hashar arabcha so`z bo`lib “Ko`pchilik”, “Jamoa”, “Guruh” ma`nolarini anglatadi. Kop`chilik bo`lib biror yumushni bajarish, ezgulik va mehr – muruvvatga boy qadriyat hashar deyiladi. Hasharning ahamiyati nimada deb o`ylaysiz?
Gaplarni eshitamiz. Har bir guruh 1 ta sodda yoyiq, 1 ta sodda yig`iq gap tuzadi. Demak, sodda yoyiq va sodda yig`iq gaplarning farqi nimada?
Bosh bo`laklarga nima kiradi ?
Qaysi gap bo`lagi biror bo`lakka bog`lanmaydi, tobelanmaydi ?
Ikkinchi darajali bo`laklarga nimalar kiradi ?
Gapning kengaytiruvchilari qaysi bo`laklar ?
Uyga vazifalar ko`riladi
Yangi mavzu bayoni 20 minut
Bugun biz darsimizda ikkinchi darajali bo`laklardan biri hol gap bo`lagi haqida bilim olamiz. Hol so`zi ingliz tilida qanday ataladi ? Siz 5 – sinfda hol mavzusini o`tgansiz Holning shartli belgisi qanday ?
Induktiv metod asosida mavzuni o`zlashtiramiz
169-mashqni bajaramiz va shu mashq orqali mavzuni o’rganamiz
4 guruhdan bittadan o’quvchi chiqib doskaga gaplarni tahlil qiladi
Nodonga yuz aytsang ham, befoyda. Ushbu gap egasi umumlashgan gap. Aytsang ham, befoyda so`zlari kesim vazifasida kelgan.
Hol qaysi so`z turkumi bilan ifodalangan ? Hol son so`z turkumi bilan ifodalangan.
Qaysi gap bo`lagiga tobelangan ? Kesimga tobelangan
Kechqurun salqin bo`ldi, ertalab shudring tushdi. Hol ravish bilan ifodalangan payt holi. To`g`ri yursang, murodingga oson yetarsan. Hol sifat bilan ifodalangan
Shamol g`ir – g`ir esadi. Hol taqlid so`z bilan ifodalangan tarz holi
Bunda bor harorat, muhabbat, shafqat. Hol olmosh bilan ifodalangan o`rin holi
Bu qaysi she`rdan ?
Hozir maktab o`quvchisiman, kelasi yil talaba bo`laman Bunda hol ravish ifodalangan
Gaplar tahlil qilinib bo`lingach, o`quvchilar topshiriqni to`g`ri bajarganliklarini tekshirish maqsadida ushbu mashq slayd asosida ko`rsatiladi
Guruh a`zolaridan holga ta`rif so`raladi. Hol ko`proq gap markazi kesimga bog`lanib, undan anglashilgan ish – harakatning o`rnini, paytini, holatini bajarilish sababi, maqsadini daraja – miqdorini bildiradigan ikkinchi darajali bo`lak.
Slayddagi hol turlari jadvali ko`rsatiladi.
Hollar tuzilishiga ko`ra sodda va murakkab bo`ladi.
175 – mashqdagi hollar jadvalga joylashtiriladi. Guruh ishlari tekshiriladi
Takror so`zlar: dona – dona, takror – takror, hovuch – hovuch, qonib – qonib
So`z birikmasi: bir – bir bosib
Ibora bilan: ko`zi ochiq ko`zi tinib
Kengaygan birikma: sochlari parishon, oyoqlari yalang, yoqasi ochiq, urush boshlanganda, Sharifa bilan Nasiba arazlashganda.
Slaydda ushbu mashqni to`g`ri bajarilgan holati ko`rsatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |