Sana: 12,13,14,15 sentyabr 2011yil



Download 0,78 Mb.
bet33/118
Sana30.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#169762
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118
Bog'liq
8-SINF HUQUQ

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.

b) davomatni aniqlash.


II. Yangi mavzuning bayoni

Fuqaro va fuqarolik haqidagi tasavvurlar paydo bo‘lgan davrlardan boshlab fuqarolarning umumiy uyushmasi sifatida jamiyat tushunchasi yuzaga keldi. Bu tushuncha avvalo, Sharqda, jumladan, qadimgi Bobilda “Hammurapi qonunlari”, qadimgi Turonda “Avesto” siyosiy va huquqiy-axloqiy ta’limoti bilan bog‘liq otashparastlik, ya’ni zardo‘shtiylik davrida, keyinchalik qadim Ellada va Rimda paydo bo‘ldi.Demak, fuqarolik jamiyati – komil fuqarolardan, ya’ni uzviy bog‘liqlikda bo‘lgan hamda axloqiy madaniyatga tayanadigan huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyat. Fuqarolik jamiyati nafaqat davlatning kuchi bilan, balki uning a’zolari bo‘lmish fuqarolarning o‘zlari tomonidan boshqarilib turiladigan va qat’iy qaror topgan jamiyatdir. Bunday jamiyat o‘zini-o‘zi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fuqarolik jamiyatiga davlatning kuchli ta’siri talab etilmaydi. Aksincha, davlat bunday jamiyatning nazoratida bo‘lishi kerak, chunki davlat-fuqarolik jamiyatining “yollanma xizmatkoridir”. Bunday jamiyat nafaqat o‘zining siyosiy, madaniy hayotini, balki iqtisodiy, ijtimoiy hayotini ham o‘zi boshqarib turadi. Fuqarolik jamiyati - komil fuqarolardan, ya’ni uzviy bog‘liqlikda bo‘lgan hamda axloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir. Fuqarolik jamiyatida oila asosiy andoza va hal qiluvchi bo‘g‘in hisoblanadi. Oila, mulk, shaxs, erkinlik, huquq, ma’naviyat, axloq va davlatlatchilik – fuqarolik jamiyatida ta’sir etuvchi omillardir.Biz mustaqillik davrida oila institutini jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy tuzilmalari, yurtimizdagi ma’naviy o‘zgarishlar bilan uyg‘un tarzda rivojlantirish, uning nufuzini oshirish masalasiga davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo‘nalishi sifatida doimiy e’tibor berib kelmoqdamiz.Mamlakatimiz Konstitutsiyasida oilaning ijtimoiy maqomi aniq belgilab qo‘yilgani, shu asosda Oila, Fuqarolik, Uy-joy kodeksiari va boshqa zarur qonun hujjatlari qabul qilinib, bu borada tegishli huquqiy poydevor yaratilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. ISLOM KARIMOV (“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobidan)

Fuqarolik jamiyatini barpo etish, jamiyat hayotini tubdan isloh qilish va rivojlantirish oldimizdagi ulkan vazifa hisoblanadi.Hozirgi kunda olimlarning diqqat markazida turgan fuqarolik jamiyatini yanada takomillashtirish muammosi O‘zbekiston uchun alohida dolzarb ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini shakllantirish imkoniyatlari va uning o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilib ko‘raylik.Fuqarolik jamiyatini shakllantirish tashabbuslarining uyg‘onishi natijasida mamlakatimizda bunday jamiyatning shakllanayotganligini ko‘rsatuvchi belgilar tobora yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.Fuqarolik jamiyati, davlatning tazyiqisiz, qonun doirasida vujudga kelgan muayyan kishilik jamiyatining ixtiyoriy o‘zini o‘zi boshqarishi deb tushuniladi.“Shuni unutmaylikki, biz davlatning nazorat funksiyalarini qancha kuchaytirsak, nazorat bilan shug‘ullanuvchi davlat tuzilmalari va organlarini qancha ko‘paytirsak, amaldorlarning zo‘ravonligi va korrupsiya shuncha avj olaveradi. Shuning uchun biz jamoatchilik nazoratini, davlat faoliyati, shu jumladan, uning kuch ishlatuvchi tuzilmalari faoliyati ustidan ham jamiyat nazoratini har tomonlama kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Bu masalada bundan boshqa muqobil yo‘l yo‘q”. ISLOM KARIMOV

Mahalla odamlar yashaydigan muhit bo‘lib, bu yerda ularning ongi va xulq-atvoriga jamoatchilik fikri jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Munosabatlar adolat o‘zaro hurmat mehr-muruvvat, o‘zaro yordam asosida quriladi. Mohiyatan mahalla sharqiy demokratiyaning boshlang‘ich maktabi vazifasini bajaradi. Mahalla timsolida mavjud bo‘lgan fuqarolik jamiyatining ijtimoiy negizi — O‘zbekistonda bunday jamiyatni shakllantirishning tayanch nuqtasi bo‘lib xizmat qilishi lozim.Mustaqillik yillarida mahalla hayoti bilan bog‘liq ko‘plab qadriyatlar, udum va an’analarimiz qayta tiklanib, zamon talablari asosida boyib bormoqda. Shu bilan birga, mahallaning huquq va vakolatlari kengaytirilmoqda, ular bugun o‘zini o‘zi boshqarish idorasi, haqiqiy demokratiya darsxonasi sifatida keng ko‘lamli faoliyatolib bormoqda. Davlatchiligimiz tarixida birinchi marta “mahalla” tushunchasi Konstitutsiyamizga kiritilib, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va maqomi qat’iy belgilab qo‘yildi.



Abu Nasr Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida, “Talxis-u navomisi Aflotun” (“Aflotun qonunlari mohiyati”) nomli asarga asoslanib shunday deydi: “Aflotunning aytishicha, eng mushkul ish-qonunni joriy qilishdir. Qonunga shubha bilan qarash hamda qonun ustidan arz qilish esa eng oson ishdir. Xalq qonunlarga ehtiyoj sezishi va ularni o‘rganishi zarur, chunki ular keyinchalik xalqning o‘ziga foyda keltiradi”.


Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish