Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
II. O’rganilgan mavzuni takrorlash
Har qanday bolaning o‘z oilasida qanday huquqlari mavjud?
Agar voyaga yetmagan bolaning ota-onasi bo‘lmasa, uning huquqlari bajarilishi kim tomonidan ta’minlanadi?
Oilada voyaga yetmagan bolaning manfaatlariga taalluqli masala hal qilinadigan holda bolaning qanday huquqlari borligini ayting.
Bolaga ism qanday va kim tomonidan beriladi?
Necha yoshga to‘lgandan keyin voyaga yetmagan bolaning ismi va familiyasi o‘zgartirilishi uchun uning roziligi so‘raladi?
Ota-ona voyaga yetmagan bolasining yoki bola ota-onasining mulkiga egalik qilishga haqlimi?
Agar voyaga yetmagan bola va uning ota-onasi alohida mulklarga egalik qilishsa, ular bir-birlarining mulklaridan foydalana oladilarmi?
Qanday buyumlar voyaga yetmaganlarning xususiy mulki hisoblanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |