IV darsni mustahkamlash Savol va tppshiriqlar:
Jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish uchun nimalar talab etiladi?
Sobiq sho‘rolar davrida inson huquqlari va erkinliklariga zid qanday adolatsizliklar amalga oshirilgani to‘g‘risida oilangizdagi keksalardan eshitganmisiz?
Qonun ustuvorligi amal qilishi bilan mamlakatlar taraqqiyoti o‘rtasida qanday bog‘liqlik bor, deb o‘ylaysiz?
Huquqiy madaniyat nima?
Huquqning nazariy shakllari deganda nimani tushunasiz?
Uning amaliy shakllariga nimalar kiradi?
Inson huquqiy madaniyatga ega bo‘lmasa, qanday ahvolga tushishi mumkinligini misollar yordamida izohlab bering.
Mamlakatimiz ta’lim tizimida yoshlarning huquqiy dunyoqarashi va tafakkurini o‘stirish borasida
V. Baholash Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish
Sana: _____________________ 20__ yil.
Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Sinf: __8AB__
Mavzu: Internetdan foydalanish madaniyati (amaliy mashg`ulot)
Darsning maqsadi: O’quvchilarga Internet tizimining paydo bo`lish tarixi;bu tizimning cheksiz imkoniyatlari va undagi tezkorlik sabablari;mazkur tizim insoniyatning o`zaro axborot ayirboshlashi, iqtisodiy aloqalarning tezlashuvi, siyosiy va ijtimoiy sohalardagi yangiliklardan xabardor bo`lish, muassasalar hamda millionlab ishilar o`rtasidagi madaniy aloqalarning osonlashuvi singari ko`plab ijobiy imkoniyatlarni yaratgani;shu bilan birga, Internet tizimidan turli g`arazli maqsadlarda foydalanishga urinayotgan buzg`unchi kuchlar, ular tomonidan mazkur tizimga kiritib yuborilayotgan bo`htonlar, uydirma xabar va lavhalarning nihoyatda ko`paygani; haqida tushuncha berish .
Ta`limiy: Bolalarga MIG` va MA haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta’limiy ravishda yoritib berish: O’quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne’mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug’ maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo’shliq bo’lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo’shliq bo’lmasligini tushuntirish.
Tarbiyaviy: Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;
Do'stlaringiz bilan baham: |