Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism.
a) salomlashish.
b) davomatni aniqlash.
III. Yangi mavzuning bayoni Hurmatli o‘quvchilar, Yurtboshimiz siz-u bizga – yosh avlodga qarata shunday murojaat qiladi: «Har bir avlod tarixning o‘ziga tegishli sahifasini o‘zi yozishi kerak». Prezidentimizning bu chaqirig‘i zamirida nihoyatda katta, zalvorli ma’no-maqsad mujassamdir. Avvalgi darslarimizda ta’kidlaganimizdek, bizning o‘tmish mutafakkirlarimiz, ulug‘ allo malarimiz, buyuk sarkardalarimiz tarix o‘zlari uchun ajratgan sahifalarni oltin harflar bilan to‘ldirib, nafaqat bizga, balki butun insoniyatga asqotadigan buyuk kashfiyotlarni – ilmiy, madaniy, ma’naviy boyliklarni, davlatchilikni tashkil etish va uni boshqarish bilan bog‘liq noyob tajribalarni qoldirishgan. Bu nihoyatda boy meros bilan har qancha faxrlansak, g‘urur-iftixor qilsak arziydi, albatta. Biroq masalaning boshqa jihati ham bor. Bu borada Yurtboshimiz bugungi avlod, jumladan, o‘sib kelayotgan yoshlarimiz e’tiborini quyidagi muhim masalaga qaratadi: «O‘tmish bilan faxrlanish kerak, iftixor qilish zarur, lekin biz faqat shu bilangina chegaralanib qolishimiz mumkin emas. Sababi – faqat o‘tmish obrosi bilan yashab bo‘lmaydi» . Demak, har bir avlod o‘lmas qadriyatlarni asrab-avaylash, ularga sodiq bo‘lish bilan birga, bu qadriyatlarni yanada boyitish, millat va mamlakat rivoji uchun zarur bo‘lgan ko‘pdan-ko‘p yumushlarni bajarish yo‘lida jonbozlik, fidokorlik ko‘rsatishi talab etiladi. Zero, bugungi taraqqiyot, tezkor zamon bizning avlodiiniz oldiga ham ko‘plab muammolarni, talablarni qo‘ymoqda. Mana shu talablarga mos harakat qilish, mamlakatimiz iqtisodini, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy sohalarini rivojlantirish mas’uliyati ko‘plab vazifalar qatori vaqtdan, o‘tayotgan har bir kundan unumli foydalanishni dolzarb vazifa qilib qo‘ymoqda. «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» kitobining «Eng buyuk jasorat» deb nomlangan qismida Prezidentimiz ayni masalaga doir quyidagi muhim fikrni ilgari suradi: «Menga buyursa, har kuni, har soatda fidoiy bo‘lish, o‘zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish – haqiqiy qahramonlik mana shu, deb aytgan bo‘Iar edim». Akademik shoir G‘afur G‘ulom esa o‘zining «Vaqt» she’rida:
Aziz asrimizning aziz onlari
Aziz odamlardan so‘raydi qadrin.
Fursat g‘animatdir, shoh satrlar-la
Bezamoq onidir umr daftarin, –
degandi. Shoir «umr daflari» degan iborani bejizga ishlatmayapti. Zero, har bir avlod singari, har bir insonning ham umr daftari bo‘ladi. Ayni daflarni «shoh satrlar» – ezgu ishlar, yaxshiliklar bilan bezash o‘zimizning qo‘limizdadir. Bunda fursatni g‘animat bilmoq, vaqtni qadrlamoq nihoyatda muhim. Xo‘sh, shoir nega vaqtga – fursatga bu qadar urg‘u beiyapti, uni «aziz onlar» deya ta’riflayapti?Agar ochig‘ini aytadigan bo‘lsak, hozircha siz umrning qadri va qimmatini to‘la anglab yetishingiz qiyin. Buning iloji ham yo‘q. Chunki ayni pallada sizga umrning cheki-chegarasi bepoyondek, hali hamma narsa oldindadek tuyulishi tabiiy holdir. Shunday bo‘lsada, vaqt mezoni, umr lahzalarining nima ekani, undan qanday samarali foydalanish lozimligi to‘g‘risida fikrlashib olishimiz foydadan holi bo‘lmaydi. Shuni aytish kerakki, ma’naviyat insonni muayyan tartib-qoidalar asosida yashashini talab qiladi. Chunki tartib-intizom bor joydagina ma’no-mazmun bo‘ladi. Hayotni ma’lum tartib asosida tashkil yetish zarurati insonni vaqt biian hisoblashishga, uning qadriga yetishga uridaydi. Vaqtning qadriga yetish xalqimizning maqol va hikmatlarida ham o‘z aksini topgan. Jumladan, «Vaqting ketdi – naqding ketdi», «Fursat – oqar suv», «Yaqt – odil hakam» singari maqol va hikmatlar shular jumlasidandir. Bir o‘ylab ko‘ring: nega xalq vaqtning besamar o‘tishini insonning qo‘lida, imkonida turgan naqdning qo‘ldan boy berilishi bilan teng qo‘yayapti? Axir vaqtning cheki-chegarasi bo‘lmasa, biror ish bugun emas, ertaga bitsa, osmon uzilib yerga tusharmidi? Hamma gap shunda-da! Garchi vaqt chegarasiz, hech qachon tugamaydigandek tuyulsada, biroq inson umrining chegarasi – oxiri bor. Odamning orzulari esa cheksiz. Bu orzularning hammasiga yetishish qiyin bo‘lsada, iloji boricha ko‘prog‘i amalga oshishi uchun ham vaqtni boy bermaslik lozim. Siz yosh bola bilan kattalarning, ayniqsa, keksa odamning harakatlarini o‘zaro solishtirib ko‘ring. Hali yelkasida burch, mas’uliyat tuyg‘usi bo‘lmagani, asosan o‘z huzurini, vaqtini zavqli o‘tkazishni o‘ylagani tufayli, bolalar boshqalar dardiga beparvo, o‘yinqaroq bo‘ladi. Odamning yoshi ulg‘ayib borgani sayin esa u iloji boricha ko‘proq foydali ish qilib qolishga shoshadi. Unga har doim vaqt kamlik qiladi, xalq iborasi bilan aytganda, «bosh qashishga ham vaqti qolmaydi». Demak, vaqtning inson hayotiga, uning faoliyatiga, dunyoqarashiga ko‘rsatadigan ta’siri g‘oyatda kuchli. Binobarin, vaqtdan unumli foydalanish, vaqtga qarab, u bilan hisoblashib harakat qilish ma’naviy hayotning muhim omillaridan biridir. Vaqtdan to‘g‘ri foydalanish deganda, uning har bir daqiqasini maqbul ravishda taqsimlash tushuniladi. Umuman, ixtiyorimizdagi vaqtni ikki qismga ajratish mumkin: bandlik vaqti va bo‘sh vaqt. Bandlik vaqtida inson o‘zi, oilasi, jamiyat va xalq foydasiga biror-bir ish bilan mashg‘ul bo‘ladi.
Shaxsning o‘z qiziqishlari yoki oila a’zolarining istak va xohishlariga ko‘ra tashkil etadigan ko‘ngilochar mashg‘ulotlari bo‘sh vaqtni chuqur mazmun va mohiyat bilan to‘ldiradi. Aksincha, faqat uyqu va bekorchilik bilan o‘tkaziladigan bo‘sh vaqtni esa umrni shamolga sovurish bilan qiyoslash mumkin. Insonning kundalik hayoti qat’iy asosda tashkil etilgan taqdirdagina bekorchilikka, zerikishga o‘rin qolmaydi. Fransuz adibi Stendal «Bekorchilik – zerikishiiing onasidir», deya bekorga ta’kidlagan emas. Bekorchilik va zerikish esa odamni turli jinoyatlar sodir etishga, ichkilikbozlikka, kashandalikka ruju qo‘yishga, ma’naviy nopok ishlarga qo‘l urishga moyil qilib qo‘yadi. Demak, bo‘sh vaqt kim uchundir oltindan qimmat ahamiyat kasb etib, uning ma’naviy takomiliga xizmat qilsa, boshqa birov uchun esa ixtiyorini qo‘lidan olib, jarlik sari yetaklab ketuvchi falokatli onlarga aylanishi hech gap emas. Shu ma’noda vaqtni hech ish qilrriay, biror amal bilan band bo‘lmay o‘tkazish odam uchun jiddiy xavf tug‘diradi. IV darsni mustahkamlash Savol va topshiriqlar:
Qanday odamlar vaqtni o‘ziga bo‘ysundira oladi?
«Vaqting ketdi – naqding ketdi» maqoli zamirida qanday hayotiy haqiqat yashirin?
Bo‘sh vaqtni bo‘sh o‘tkazmaslikning qanday choralari bor?
Bekorchilik olib kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar to‘g‘risida hayotiy misollar yordamida gapirib bera olasizmi?
Siz bo‘sh vaqtingizning qancha qismini kitob mutolaasiga ajratasiz? Uni yetarli deb o‘ylaysizmi yoki yana ko‘paytirish imkoniyatingiz bormi?
To‘garaklarga, sport sektsiyalariga qatnashish shaxsiy hayotingizga qanday ijobiy o‘zgarishlar olib kiigan?
Safarda yurganingizda qanday qiziq voqealar sodir bo‘lgani haqida hikoya qilib bering.
Quyidagi suratlar asosida vaqtdan unumli foydalanish qanday samaralar berishi haqida gapiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |