IV darsni mustahkamlash Savol va topshiriqlar:
Komil inson g‘oyasi qanday g‘oya?
Xalqimizning komil inson haqidagi orzulari qanday qahramonlar siymosida o‘z ifodasini topgan?
Biz uchun komillik timsoliga aylanib ketgan buyuk ajdodlarimizdan kimlarni bilasiz?
Prezidentimizning Alisher Navoiyga bergan ta’rifi ma’nosini tushuntirib bera olasizmi?
Biz uchun avvalo kimlar komillik timsoli bo‘lib hisoblanadi?
Inson mukammal bo‘lishi uchun unga qanday sharoit zarur?
Komillik qanday fazilatlarda namoyon bo‘ladi?
Fuqarolik jamiyati barpo etishda komil inson g‘oyasi qanday ahamiyat kasb etishini tushuntiring.
Ushbu rasmlardagi insonlar narsa tanlashda qanday harakat qilayotganiga e’tibor bering va ularni sharhlashga harakat qiling:
V. Baholash Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. O`tilgan mavzuni konspektlab, o`qib kelish
Sana:.
Fan: Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari
Sinf: __8 ABV __
Mavzu: IJTIMOIY HAMKORLIK
Darsning maqsadi: O’quvchilarga Ijtimoiy hamkorlik g‘oyasi nimaga xizmat qilishi,«Birlashgan o‘zar, birlashmagan to‘zar» maqolining ma'nosini sharhlashga harakat qilishi,Shu mazmundagi yana qanday maqollarni bilishi,Bugungi kunda ijtimoiy hamkorlik asosida taraqqiy etgan davlatlardan qaysilarini bilishi,Xalqimiz o‘zaro ahillik, inoqlik va hamkorlikni qanday qadrlashini misollar asosida tushuntirish,Prezidentimizning, mutafakkir ajdodlarimizning hamkorlikka da’vat etib aytgan so‘zlarini ,Ijtimoiy hamkorlik har qanday jamiyat hayoti uchun hayotiy zarurat ekanini misollar asosida tushuntirish.
Ta`limiy: Bolalarga MIG` va MA haqida ma`lumot berish va darsni tushuntirish vaqtida ularga mavzuni ta’limiy ravishda yoritib berish: O’quvchilarga biz nima uchun istiqlolni buyuk ne’mat sifatida qadrlashimizni, Prezidentimiz Islom Karimovning eng ulug’ maqsadimiz, eng ulug’ g’oyamiz haqida aytgan fikrini sharxlashi, Yurt tinchligi , Vatan ravnaqi va Xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlarni amalga oshirish uchun avvalo nima qilish kerakligi, Ulug’ maqsadlarga intilib yashagan odam nima uchun adashmasligi, Tabiatda , jamiyatda bo’shliq bo’lmagani kabi , insonning qalbi va ongida ham bo’shliq bo’lmasligini tushuntirish.
Tarbiyaviy: Bilimli, sog’lom, barkamol insonni voyaga yetkazish. O’z yurtiga sadoqatli, mard va fidoyi, komil insonlarni tarbiyalsh, yaxshi va yomonning farqiga borishga, hayotda to’g’ri yo’l tanlash, xalqimiz va Vatanimizga halol xizmat qilish, bunyodkor g’oyalarning hayotbaxsh kuchini to’g’ri anglab, vayronkor g’oyalarga vaqtida zarba berishga o’rgatish . Guruh bilan “ bir yoqadan bosh chiqarib” ishlashga, “ hamma bir kishi uchun, bir kishi hamma uchun”, “ birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar “ maqolining hayotdagi isbotini ko’rsatish bilan o’quvchilarni birlashib, maslahatlashib, bir-birini fikrini hurmatlashga o’rgatish;
Do'stlaringiz bilan baham: |