Sana: 12,13,14,15 sentyabr 2011yil



Download 9 Mb.
bet142/175
Sana31.12.2021
Hajmi9 Mb.
#218301
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   175
Bog'liq
8-SINF Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari 2017 @sadikov uz

Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism.

a) salomlashish.



b) davomatni aniqlash.

III. Yangi mavzuning bayoni

Bundan millionlab yillar ilgari odamzod paydo bo‘libdiki, son-sanoqsiz insonlar shu Yerning bag‘rida unib-o‘sgan, umrguzaronlik qilgan, rizq-u ro‘z topgan. Odamlarni boqadigan, kiyintiradigan, ularga boshpana bo‘ladigan, yuvib poklaydigan yagona va shu tufayli ham nihoyatda mo‘tabar ona zamin bu. Hali hozirgacha insoniyat o‘zi uchun yashashga undan boshqa makon topgani yo‘q, balki topa olmas ham. Hali hozirgacha odamlar osmondan yomg‘ir yoqqanini, qor-u do‘l yoqqanini ko‘rganlar, lekin biror marta quymoq yoqqanini, non tushganini ko‘rgan emaslar. Ya’ni shu zamin, shu suv, shu havo – tabiat bo‘lmasa, inson bolasi u bilan «til topishib», o‘zi uchun rizq yaratmasa, bir burda ham non osmondan tushmaydi. Shunday ekan, siz-u bizga – jamiki insoniyatga boyliklarini beminnat berayotgan, saxiy bag‘rini ochib qo‘ygan tabiatni asrab-avaylash, uning ertangi taqdiri haqida qayg‘urish har bir kishining mas’uliyati, zimmasidagi qarzidir. Yurtboshimiz inson ma’naviyatining yuksalishida ona tabiat, unga mehrli munbsabatda bo‘lish, go‘zallikiaridan zavqlanish hissi katta ahamiyatga egaligini alohida ta’kidlaydi: «Tabiatga yaqinlik, jonajon o‘lkaning benihoya go‘zallikiaridan bahramand bo‘lish ma’naviyatga oziq beradi, kuchaytiradi» . Tabiatni asrash, ekologik madaniyat oddiy ko‘nikmalarni egallashdan boshlanadi. Ko‘chada ketayotganda konfet qog‘ozini yoki pista po‘chog‘ini maxsus qutiga emas, duch kelgan joyga tashlasak, yo‘lakdan yurmay, maysalar ustidan bosib o‘tsak, ikki-uchta dovuchcha uzaman deb daraxtlar shoxini sindirsak, qushlarning inini buzsak, ariqlarga axlat ag‘darsak, bularning hammasi bizning madaniyatsizligimiz, shafqatsizligimiz, farosatsizligimizdan darak beradi. «Ekologik madaniyat» degan tushuncha zamirida ayni shu holatlar oqibatini anglash, tabiat va jamiyat qonunlariga mos tarzda hayot kechirish talablari mujassamdir. Ekologik madaniyat ham umuminsoniy madaniyatning ajralmas qismi, uning muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Uningsiz insonni to‘la ma’noda madaniyatli, ma’naviyatli deb bo‘lmaydi. Buni bilib oling:Ekologiya yunoncha so‘z bo‘lib, «oykos» –uy va «logos» – fan so‘zlari go‘shilmasidan yasalgan. Ya’ni ekologiya – «tabiat uyi» bo‘lmish borliqda yashayotgan tirik jonzotlarni o‘rganuvchi ilm sohasidir.Garchi, «ekologik madaniyat» iborasi keyingi davrlarda urfga kirgan bo‘lsa-da, odamzod juda qadim zamonlardan boshlab tabiatni asrash, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini egallab borgan. Agar qadimiy diniy qarashlar tarixiga nazar tashlasak, ularda tabiat unsurlarining, hayvon va boshqa jonivorlarning muqaddaslashtirilgani, hatto ularga sig‘inilganiga guvoh bo‘lamiz. Jumladan, paydo bo‘lish tarixi bizning o‘lkamiz bilan bog‘liq bo‘lgan zardushtiylik dini va uning asosiy kitobi «Avesto»da dunyoning moddiy asosi hisoblangan tuproq, suv, havo muqaddaslashtirilgan, olovga esa sajda qilingan. Havoni, suvni bulg‘ash, hayvonlarninggina emas, odamlarning ham jasadini yerga ko‘mish, suvga oqizish, o‘tda yoqish gunoh hisoblangan. Marhumlar jasadi yerni, suvni, havoni ifloslantirmasligi uchun ularni maxsus sopol idishlarda ko‘mish tashkil etilgan. Undan keyingi davrlarda ham xalqimizning ona tabiatga bo‘lgan mehri ortsa-ortganki, aslo kamaygan emas. Masalan, hovli-joyni, ariq-hovuzlarni, quduq va sardobalarni doimiy toza saqlash, gul va nihollarni parvarishlab o‘stirish, atrof-muhitni ko‘lkalamzorlashtirish, bir gul uzsa o‘rniga o‘n gul o‘tqazish singari ishlar – hayotning oddiy talabi, hamma tomonidan bajariladigan qoidasi bo‘lgan. Yuksak dehqonchilik madaniyatiga ega bo‘lgan ajdodlarimiz qishloq xo‘jaligida suvni tejab-tergab ishlatishning, yer hosildorligini saqlash va ko‘paytirish maqsadida ekinlarni almashlab ekishning, yerni faqat tabiiy o‘g‘itlar bilan oziqlantirishning ilg‘or usullarini o‘ylab topganlar. Xalqimizda suvga axlat tashlash u yoqda tursin, unga tupurishning o‘zi katta gunoh sanalgan. Shu tufayli ham ko‘chalardan, hovlilar orasidan oqib o‘tadigan ariqlardan odamlar bemalol toza suv ichganlar, bolalar issiq kulchalarni oqiziq qilib yeganlar.
Islom dini ham tabiatni e’zozlash, uning ne’matlariga shukrona keltirish, isrofgarchilik, nopoklikdan saqlanish masalalariga alohida e’tibor qaratadi. Jumladan, Qur'oni karimning «A’rof» surasi 31-oyatidan shunday jumlalarni o‘qiymiz (ma’nolari tarjimasi): «Ey, Odam avlodi!... Yenglar va ichinglar, (lekin) isrof qilmangizlar! Zero, U (Olloh) isrof qiluvchilarni sevmaydi». Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) kelgan hadisi shariflarning birida esa, «Ertaga qiyomat degan kun ham daraxt ekingizlar» deyiladi. Bu hadisda mujassam etilgan ma’no naqadar ezgu! Unda ertangi kunga ishonch bilan qarashga chaqiriq ham, badbinlik, tarkidunyochilikka berilmaslikka da’vat ham, tabiatni doimiy boyitib borishga undov ham birdek yangramoqda. Bularning barchasi xalqimizning qadim o‘tmishdan o‘ziga xos ekologik tafakkur va madaniyat sohibi bo‘lganini ko‘rsatadi. Buni yodda tuting:Ekologik madaniyat gator omillar asosida shakllanadi. Tabiatga muhabbat, u hagdagi bilim va tasavvurlar, ekologik tarbiya, an’ana va qadriyatlar, ekologik targ‘ibot shular jumlasidandir. Yaxshi bilasizki, barcha mavjudotlar singari inson ham tabiatning farzandi, uning eng erka, siylangan bolasidir. Tabiat boyliklaridan, uning ne’matlaridan biror jonzot insonchalik ko‘p foydalanmaydi, bahramand bo‘lmaydi, Agar e’tibor bersangiz, aksariyat jonivorlar faqat bir kunlik yegulik topish bilan cheklanadi, ertaga yoki bir haftadan keyin iste’mol qilish uchun zaxira to‘plash ular uchun mutlaqo yot. Har kuni ko‘radiganingiz qushlarga nazar soling: ularning birortasi, masalan, kechqurun yeyish uchun don g‘amlab qo‘yganini ko‘rganmisiz? Ko‘rmagansiz, Qdamlar-chi?Bu savolga javobni hammamiz ham yaxshi bilamizki, hozir uni izohlab o‘tirmaymiz. Uning o‘rniga, tabiatdan shuncha rizq olayotgan, uning boyliklarini beminnat o‘zlashtirayotgan shu odamlarning hammasi ham ona tabiatni sevadimi, unga ehtiyotkor munosabatda bo‘ladimi, degan savollar ustida bosh qotirish muhimroqdir. Avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, aksariyat insonlarning muttasil tabiat bag‘riga talpinishi, uydan, shahardan tezroq chiqib, keng dasht-u dalalar, qir-adirlar, tog‘ va o‘rmonlar, soy va daryolar bag‘riga oshiqishining o‘ziyoq odam bolasining qon-qonida tabiat bilan birlik, u bilan uyg‘unlik borligidan darak beradi. Odamning uyda, ishxonada dimiqqan, toliqqan ruhi tabiat bag‘riga chiqqach birdan yengil tortadi, yangilanadi, yashnaydi. Uzoq vaqt onasini ko‘rmagan, sog‘inchdan yuragi siqilgan farzand mehribon volidasini ko‘rgach qanchalik sevinsa, uning issiq bag‘rida o‘zini unutsa, odam bolalari ham tabiat quchog‘ida o‘zlarini xuddi shunday his qiladilar. Chunki odamning butun borlig‘i, tan-u joni mana shu tabiatsiz, atrofdagi olamsiz mavjud bo‘lishi, usiz yashashi va kamol topishi mumkin emas. Shunga ko‘ra, insonning ona tabiatni sevmasligi, uni asrab-avaylashga urinmasligi ham aslida mumkin emasdek tuyuladi.

  IV darsni mustahkamlash  Savol va topshiriqlar:



  1. Insonni nima uchun tabiat farzandi deb ataymiz?

  2. Odamlarning tabiat bag‘riga talpinishi ularda qanday xususiyatlar borligini ko‘rsatadi?

  3. Ekologik madaniyat qanday bilim va ko‘nikmalar evaziga hosil bo‘ladi?

  4. Keyingi paytlarda ekologik muammolarning keskin ko‘payishiga nimalar sabab bo‘lyapti?

  5. Markaziy Osiyo mintaqasidagi eng dolzarb ekologik muammolar sifatida nimalarni ko‘satish mumkin?

  6. Tabiatga shafqatsizlarcha munosabatda bo‘lish holatlari aks ettirilgan badiiy asarlardan misollar keltira olasizmi?

  7. Orol dengizining qurishiga nimalar sabab bo‘lgan, deb o‘ylaysiz?

  8. Mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida gapirib bering.

  9. Ushbu rasmlar asosida tabiat va uni asrash to‘g‘risida hikoya tuzing.




Download 9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   175




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish