Musiqiy qobiliyatlar orasida quyidagilarni aniqlash mumkin:
1. texnik (berilgan musiqa asbobini chalish yoki qo'shiq aytish)
2. eshitish (musiqiy quloq).
Ikkala guruh ham alohida, ya'ni muvaffaqiyatli o'qish uchun zarur bo'lgan va musiqaning o'ziga xos xususiyati bilan belgilanadigan guruhlardir.
Topshiriq: Shaxsiy qobiliyatlari haqida ma’ruza yozish
Sana:
34- Mavzu: Maktab o’quvchilari jinoyatchilikka yo’l qo’ymaydi
“Yoshlar kelajagimiz”
Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish,Yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish uchun, ularning ruhiyatiga ta’sir qilib,tarbiyaviy ta’sir o’tkazish
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar:, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Ma’naviyat qalbim quyoshi, Ma’naviyat yulduzlari, Pedagogika, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar,
"2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasi"da koʻplab muhim masalalar qatori yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikning oldini olishga ham alohida eʼtibor qaratilgan
Xoʻsh, yoshlar oʻrtasida jinoyatchilikni oldini olish uchun nimalar qilish kerak? Eng avvalo, nasihatlarni kamaytirish lozim boʻladi, degan fikrdaman. Chunki bugun axborotlar ummonida yashayotgan yoshlarga "yaxshi boʻlsang yaxshi boʻladi, yomon boʻlsang – yomon", degan maʼnodagi nasihatlarning qizigʻi kam. Nafaqat kam, balki ularning jigʻiga tegib, teskarisini qilishga undaydi.
Buning uchun, avvalo, ularni jinoyat qilishga undaydigan sabablar, holatlarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini koʻrish kerak.
Yoshlar oʻziga xos joʻshqinlik bilan oʻzini namoyon etishni, orzulariga juda tez va oson erishishni istaydi. Ular kutishni yoqtirishmaydi. Sabr-qanoat faqat keksalarga xos. Yoshlar orasidagi jinoyatlarning ildizini ham xuddi shu jihatlardan qidirishga toʻgʻri keladi.
Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi tomonidan berib borilayotgan axborotlardan xulosa qiladigan boʻlsak, bugun yoshlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar sarasiga – oʻgʻrilik, talonchilik, bosqinchilik kiradi. Bularning esa tagzaminida mulkiy manfaatdorlik yotadi. kishining maʼnaviy qashshoqligini anglatadi. Bekorga yuqorida qayd etib oʻtilgan Harakatlar strategiyasida yoshlarning maʼnaviyatini oshirish masalasiga jiddiy eʼtibor qaratilayotgani yoʻq.
Yoshlarning bugungi kunda eng ojiz jihatlaridan biri bu — buyumga sigʻinish. Bu holat nafaqat yoshlar oʻrtasida, balki barcha avlodlarda ham mavjud, lekin yoshlar muammoni oʻz bilganicha hal etishadi-da.
Eʼtibor qaratilsa, yoshlar tomonidan sodir etilayotgan har uch-toʻrt jinoyatning birini qoʻl telefoni va shunga oʻxshash zamonaviy jihozlarga egalik qilish uchun urinishlar tashkil etadi. Bu nafaqat ushbu jihozlarning bozori chaqqonligidan, balki yoshlarning ularga mukkasidan ketishi sababli ham.
Maʼlumki, maʼnaviy qashshoqlikning oʻrnini toʻldirish uchun juda katta boylik kerak boʻladi. Shundayam uning toʻlishi gumon.
Yoshlarning maʼnaviy dunyosini boyitish masalasiga "2017-2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi"da jiddiy eʼtibor qaratilgan. Bu kitob oʻqishni targʻib qilish, sanʼatni rivojlantirish, yoshlarning iqtidorini namoyon etish imkoniyatlarni yaratish, sportni rivojlantirish, ular oʻrtasida har xil tanlovlar, musobaqalar oʻtkazish kabi masalalar.
Dasturda belgilangan tadbirlarning toʻliq amalga oshirilishi soʻzsiz ijobiy natijalarga olib keladi. Biroq, adabiyot, sanʼatning tarbiyaviy ahamiyatiga haddan ortiq berilib ketish va ularni faqat shu mezonlar orqaligini baholash oxir oqibatda yoshlarda ularga boʻlgan qiziqishni soʻnishiga, hech boʻlmaganda rasmiy va norasmiy sohalarga boʻlinib ketishiga olib kelishi mumkin.
Yoshlar nasihatni, ortiqcha ezmalikni yoqtirmaydi. Ularga yangilik, joʻshqinlik, oʻziga xoslik kerak. Adabiyot, sanʼatda nasihatga urgʻu beraverish yoshlarning ulardan sovishiga olib keladi. Bugungi kunda jamiyat hayotida buni koʻrish, ilgʻash qiyin emas. Deylik, davlat tomonidan maʼqullanadigan adabiyot deyardi oʻqilmaydi, davlat mablagʻlariga ishlanadigan filmlarning tomoshabini yoʻq. Ijodkorlar esa odamlarning aqliy salohiyatidan, sanʼatni, adabiyotni tushunmasligidan nolishdan oʻzgasiga yaramaydi. Shunday, rasmiy adabiyot, sanʼat xalqdan uzilib qolagan. Ular yoshlarni oʻz ortidan ergashtirolmaydi. Yoshlar kompyuter oʻyinlari, qoʻl telefoni va shunga oʻxshash narsalarning quliga aylanib qolgan.
Albatta, har qanday davlatda ham ommaviy oʻqiladigan yengil adabiyot va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan jiddiy adabiyot boʻladi. Davlat yengil yelpi asarlar, koʻrinishlarni qoʻllashi kerak ham emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |