Suriya. 1943-yili Suriya o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Bugun u shu qisqa tarix davomidagi eng chuqur siyosiy inqirozni boshdan kechirmoqda.
1970-yili harbiy to‘ntarish orqali hokimiyatga kelgan Hafiz Asad Suriyani 2000-yilgacha boshqardi. Shu davrda mamlakat katta taraqqiyot Yo`lini bosib o‘tdi. Neft va gaz zaxiralari ishga tushirildi, sanoat va qishloq xo‘jaligi rivojlandi, aholi soni ko‘payib, yashash darajasi yaxshilandi. Ammo 1990-yillarda iqtisodda turg‘unlik boshlandi. Buning sabablari shu davrda yuz bergan sotsialistik tizimning inqirozidan tashqari Suriyaning yangi tarixidagi eng dahshatli qurg‘oqchilik bilan ham bog‘liq edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |