Sana ” yil Ma’naviyat fani Sinf: 11


Shunday holatda 2000-yili H. Asad vafot etdi. Mamlakatda o‘tkazilgan referendum natijasida hokimiyatga H.Asadning o‘g‘li Bashar Asad keldi



Download 6,88 Mb.
bet83/98
Sana15.09.2021
Hajmi6,88 Mb.
#175215
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   98
Bog'liq
11 sinf jahon tarixi yillik dars ishl

Shunday holatda 2000-yili H. Asad vafot etdi. Mamlakatda o‘tkazilgan referendum natijasida hokimiyatga H.Asadning o‘g‘li Bashar Asad keldi.

B. Asad otasidan farqli ravishda tashqi siyosatda «yumshoq» kurs olib bordi. Isroil bilan Joian tepaliklari masalasida muzokaralarni tikladi. 30 yildan beri Livanda turgan Suriya qo‘shinlarini u yerdan olib chiqdi. Iroq diktatori Saddam Husayn bilan yarashdi.

Ichki siyosatda siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berdi, korrupsiyaga qarshi juda keskin choralar qo‘lladi. Ayni paytda otasi hukmronlik qilgan davrni tanqid qilgan amaldorlarni ham jazoladi.

Iqtisoddagi turg‘unlikni B. Asad savdo va moliya sohasini liberallashtirish orqali yengib o‘tishga urindi. Ammo bu faqat Damashq va Halab singari yirik shaharlarda iqtisodning jonlanishiga olib keldi. Qishloqlar va kichik shaharlarda esa ishsizlar soni ortib ketdi. Bundan tashqari, shu davrda qo‘shni davlatlardan kelgan qochoqlar ham Suriyaning katta muammosiga aylandi. 2011-yili Suriyada yarim millionga yaqin falastinlik va bir milliondan oshiq iroqlik qochoqlar bor edi.



2000-yillari arab mamlakatlarida boshlangan «Arab bahori» nomli inqilobiy jarayonlar Suriyani ham qamrab oldi. 2011-yili mamlakatning janubidagi Dar’ya shahrida juma namozidan so‘ng boshlangan g‘alayonlar «Juma inqilobi» nomini oldi. Isyonchilar B.Asad rejimini ag"darish, demokratik islohotlar o4tkazishni talab qildilar.

Mojaroda amaldagi prezident B.Asad tarafida Suriya arab armiyasi va unga qarshi bo‘lgan Suriya «mo‘tadil» muxolifatining Suriya ozodlik armiyasi, kurdlar otryadlari, shuningdek, turli xil terrorchi tashkilotlar — «Iroq va Shorn islom davlati» (ISHID), Jibhat an-Nusra va shu kabilar ishtirok etdi. Shu tariqa mamlakatda fuqarolar urushi boshlanib, arab mamlakatlaridan, butun dunyodan kelgan turli xil terrorchi guruhlar hukumat qo‘shinlari bilan jang olib bormoqda.

2013-yili Iroq va qisman Suriya hududida terrorchi guruhlar «Iroq va Shorn islom davlati» deb ataluvchi davlatni tuzdi. 2014- yili u «Umumjahon xalifati» deb e’lon qilindi. Bu hoi AQSH va uning ittifoqchilarini harbiy intervensiyani amalga oshirishga undadi. Ular 2014-yil sentabrdan boshlab Suriyadagi terrorchilar pozitsiyalarini bombardimon qilmoqda. 2015-yil sentabrdan xuddi shunday harbiy operatsiyani o‘tkazishda Rossiya harbiy-kosmik kuchlari ham ishtirok etmoqda. Mojaroda Turkiya, Eron, Saudiya Arabistoni, Iordaniya, Iroq, Livan, Isroil kabi davlatlarning ham manfaatlari namoyon bo‘lmoqda. Shu tariqa Suriya hududi juda katta, har biri o‘z manfaatini ko‘zlagan xalqaro kuchlarning to‘qnashuv maydoniga aylandi.

Urush oqibatida 2017-yil sentabr oyigacha mamlakatni 4 mln dan oshiq kishi tark etgan. 2017-yil oxiriga kelib, Suriya armiyasi Rossiya harbiy-kosmik kuchlari va AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya yordamida mamlakat hududini jangarilardan deyarli to‘liq ozod qildi. Aholining bir qismi o‘z uylariga qaytmoqda. Dekabr oyida V. Putin Suriyadagi Rossiya harbiy-kosmik kuchlarining asosiy qismini o‘z hududiga qaytarish to‘g‘risida buyruq berdi.

AQSH hukumati, jumladan, prezident B. Obama AQSHning Iroqqa nisbatan siyosati xato ekanligini tan oldi. Ko‘pchilik mutaxassislar aynan Amerika siyosati Yaqin Sharqda vaziyatning keskinlashuviga, ISHID singari terrorchi tashkilotlarning paydo boiishiga sabab bo‘ldi, deb hisoblashmoqda. 2016-yil dekabrda AQSH prezidenti etib saylangan D. Tramp Yaqin Sharqdagi o‘z siyosatini qayta ko‘rib chiqishga va’da berdi.

XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:

1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?

2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.

XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.

XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: JAHON TARIXI 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.



O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil JAHON TARIXI fani Sinf: 11_______
Mavzu: 24-MAVZU.1991-2017-YILLARDA ISROIL DAVLATI VA FALASTIN MUAMMOSI


Download 6,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish