keldi. Natijada 2004-yil may oyida bo‘lib o‘tgan saylovlarda Hindiston milliy kongressi (H M K) so‘llar bilan hamkorlikda g‘olib chiqdi.
Hukumatni Manmoxan Singx boshqardi. Yangi hukumat mayda ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlashga, ishsizlikni kamaytirishga, aholining kamdaromad qismini oziq-ovqat bilan ta’minlashni yaxshilashga, qashshoqlar sonini kamaytirishga, inson manfaatlari yo‘lida iqtisodiy islohotlar o‘tkazishga va’da berdi.
Hindiston — X X I asrda dunyoning iqtisodiy yetakchi laridan biriga aylanishga da’vo qilayotgan mamlakat. 2006-yili e’lon qilingan Jahon bankining prognozlariga qaraganda, 2025-yilga kelib, Hindiston iqtisodiyoti dunyoda Xitoy va AQSHdan so'ng uchinchi o‘ringa chiqishi mumkin. Hindiston hozirdanoq barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan sektorni rivojlantirish, shuningdek, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish yo‘lidan bormoqda. 2014-yili Hindiston bosh vaziri bo‘lgan Narendra Modi ham islohotlar siyosatini davom ettirmoqda.
Hindistonning ichki va tashqi siyosati shakllanishiga, X X I asrda uning iqtisodiy yuksalishiga ta’sir ko‘rsatgan va ko‘rsatayotgan hal qiluvchi omil mamlakatning demokratik yo‘ldan rivojlanishi bo‘ldi. Unda hokimiyatning rahbar organlarida jamiyatning turli qatlamlari vakillari ishtiroki uchun imkoniyat yaratildi.
Ushbu qiyinchiliklarga qaramasdan, Hindiston demokratik rivojlanish yo‘lidan jadal ketmoqda. Bu mamlakatning yangi davr da’vatlariga munosib javob berishi uchun kuchli asos hisoblanadi.
Tashqi siyosatda Hindistonning bosh maqsadi dunyoning yetakchi davlatlaridan biriga aylanishdir. Iqtisodiyotni jadal rivojlantirish asosida davlatning iqtisodiy va siyosiy qudratini oshirish, yadro quroliga va zamonaviy texnikaga ega bo‘lgan kuchli armiyani yaratish shu maqsadga qaratilgan edi. Hindiston BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi boiish uchun tinimsiz harakat qilib kelmoqda.
X X I asrda ham Hindiston tashqi siyosati an’anaviy yo‘nalishda davom etmoqda. Bu siyosatning asosini jamiyatda demokratik qadriyatlar ustuvor bo‘lgan sharoitda mamlakatning tashqi xavfsizligini ta’minlash kursi tashkil qilib, bu kurs jamiyatning katta qismi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda.
XI.Yangi mavzuni mustahkamlash:
1. Fanning metodologik poydevori, nima tashkil etadi?
2. Fanning maqsadini ta’riflab bering.
XII.Uyga vazifa: Mavzuni o`qib o`rganib kelish.
XIII.Foydalanilgan adabiyotlar: JAHON TARIXI 11-sinf darsligi, qo`shimcha adabiyotlar.
O’quv tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari: _____ __________.
Sana ___ ______”_________-yil JAHON TARIXI fani Sinf: 11______ Mavzu: 20-MAVZU. 1991 -2017-YILLARDA TURKIYA RESPUBLIKASI
Do'stlaringiz bilan baham: |